Konsullik schet-fakturasi– schet-fakturaning yukni qabul qilayotgan davlat tilidagi nushasi.
Upakovka varaqasi–tovar bilan jo‘natiladigan asosiy hujjatlardan biri hisoblanib, unda bir yuk o‘rniga joylashtirilgan barcha tur va navdagi yuklar bo‘yicha ma’lumotlar kiritilgan. Upakovkaga moslashtirilgan cho‘ntakka solib qo‘yiladi. Upakovka varaqasida har bir tovarning navi, soni va tartib raqami ko‘rsatiladi.
YUk manifesti – transport vositalarida tashilayotgan barcha tovarlarni hisobga oluvchi hujjat. YUk manifesti tovar haqidagi quyidagi ma’lumotlardan tashkil topadi: transport hujjatlari tartib raqami, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchining nomi; tovarning markirovkasi, soni, massasi.
Bordero – huddi yuk manifesti kabi hujjat bo‘lib, u avtomobillarda tashishni amalga oshirishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |