Doimiy xarajatlar
|
O‘zgaruvchan xarajatlar
|
Temir yo‘l transporti
|
YUqori (infratuzilma ta’minoti tashuvchi zimmasida bo‘ladi)
|
Past (yuk tashish ko‘lamining kattaligi va yonilg‘i iqtisodi)
|
Avtomobil transporti
|
Past (yo‘llarni ta’mirlash byudjet hisobidan, avtomobillar amortizatsiyasi va ta’mirlash)
|
O‘rtacha (yonilg‘i sarfi nisbatan katta, tashish ko‘lami kichik)
|
Suv transporti
|
O‘rtacha (kemalar amortizatsiyasi va ularga xizmat ko‘rsatish)
|
Past (tashish ko‘lamiga qarab)
|
Quvuryo‘l transporti
|
Katta (boshlang‘ich kapital xarajatlar)
|
Juda past (nasos stansiyalari elektr ta’minoti, quvuryo‘llarga xizmat ko‘rsatish)
|
Havo transporti
|
O‘rtacha (aeroportlar infratuzilmasi, samolyotlar amortizatsiyasi)
|
YUqori (katta yonilg‘i sarfi, kichik tashish ko‘lami, qimmat texnik xizmat ko‘rsatish)
|
YUklarni etkazib berishda transport turini tanlashga ta’sir etuvchi omillarning ahamiyati ekspert so‘rovlari orqali aniqlanganda quyidagi natijalar olingan
Transport turini tanlashga ta’sir etuvchi omillar
Transport turi
|
Etkazish vaqti
|
YUk jo‘natish
chastotasi
|
Grafikka amal
qilish ishonchliligi
|
Har xil yukni
tashiy olish
|
Istalgan joyga
tashiy olish
|
Qiymati
|
Temir yo‘l
|
3
|
4
|
3
|
2
|
2
|
3
|
Suv
|
4
|
5
|
4
|
1
|
4
|
1
|
Avtomobil
|
2
|
2
|
2
|
3
|
1
|
4
|
Quvuryo‘l
|
5
|
1
|
1
|
5
|
5
|
2
|
Havo
|
1
|
3
|
5
|
4
|
|
|
Iste’molchilarga transport xizmatini ko‘rsatish sifati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar taqsimoti samaradorligini echish muammosi hamda transport xizmati iste’molchilariga xizmat ko‘rsatish darajasi xizmat ko‘rsatish sifati bilan chambarchas bog‘liqdir. Faqat yuqori darajada sifatli xizmat ko‘rsatishgina transport korxonalari uchun ishonchli sotuv bozorini ta’minlashi mumkin. YUqori darajadagi sifat va xizmat ko‘rsatish samaradorligi moddiy-texnik ta’minot, shuningdek, avtostansiyalar, avtovokzallar, bosh va oraliq bekatlar, omborlar va konteynerlar terminallari, zamonaviy ortish-tushirish texnikasi, axborotlashtirish va boshqarishning kompyuter vositalari bilan mustahkamlanib boradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishda optimal xarajatlarga erishish muhim hisoblanadi. Transportning faoliyati mijozlarning talablariga asoslanishi kerak. Iste’molchini transport korxonasining xarajatlari qiziqtirmaydi. Tashish sifati yo‘lovchi va yuklarni etkazib berish tezligi va muntazamligi, trasnport vositasining qulayligi, tashish davomida but saqlanishi, yo‘lovchilarni imkoni boricha bir transport yordamida ko‘zlagan manzillariga etib olishlari, ortiqcha qayta ortish operatsiyalari bo‘lmasligini taqozo etadi.
Transport xizmatiga talabni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, iste’molchilar yuklarni o‘z vaqtida etkazib berish masalasini birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
Iste’molchilar tomonidan transport xizmatiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- tashish ishonchliligi;
- qisqa muddatlarda etkazib berish;
- tashish muntazamligi;
- kafolatlangan tashish muddati;
- tashish xavfsizligi;
- tashish davomida yuklarning saqlanishi;
- yuklarni qabul qilish va topshirish qulayligi;
- qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi;
- mijozlarning talablariga moslashish;
- axborot tizimi va hujjatlashtirish ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi;
- yuklarni oxirgi qabul qilish punktigacha etkazib borish;
- yuklarni “eshikdan-eshikkacha” etkazishni tashkil etish;
- tashishning maqbul narxi;
- bojxona to‘lovlarini to‘lash imkoniyati;
- tariflar, tashish shartlari va yukning joylashishi haqida etarli ma’lumotlar olish;
- kerakli transport taralarining etarliligi;
- qayta yuklash punktlarida etarli jihozlarning mavjudligi;
- oraliq ortish-tushirish punktlarining bo‘lmasligi.
Yo‘lovchi tashuvchi transportda aholiga trasnsport xizmatini ko‘rsatish sifati 1- rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |