Bog'liq OYBEK AKA 22aka tayyor O\'zbekistonda pul-kredit siyosati. Reja Kirish O‘zbekiston pul- 2222
5-rasm. Banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari qoldig’i tarkibining o’zgarish dinamikasi5
Majburiy zaxiralash instrumentini takomillashtirishning ikkinchi bosqichida, 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab:
Banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari qoldig’i tarkibining o’zgarish dinamikasi
majburiy rezervlar faqat milliy valyutada shakllantirilishi joriyqilindi;
majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan o’rtachalash koeffitsienti nol qilibbelgilandi;
yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bo’yicha me’yorlaribirxillashtirildi;
yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari uchun majburiy zaxira me’yoripasaytirildi;
jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi depozitlari bo’yicha majburiy zaxira me’yorlari oshirildi.
Mazkur o’zgarishlar tijorat banklarining Markaziy bankda depozitga o’tkaziladigan milliy valyutadagi majburiy rezervlar miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsatmagan bo’lsa-da, milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligini oshirishga xizmat qildi.
Bundan tashqari, majburiy zaxiralash faqat milliy valyutada shakllantirilishi bank tizimidagi likvidlilikni samarali boshqarishga imkon bermoqda.
Shuningdek, xorijiy valyutadagi majburiyatlar uchun majburiy rezervlar normasining yuqori qilib o’rnatilishi natijasida iqtisodiyotda devalvatsion bosim vujudga kelganda almashuv kursining oshishi hisobiga tijorat banklari majburiy zaxiraga ko’proq mablag’ o’tkazishga majbur bo’ladilar va bu, o’z navbatida, devalvatsion bosim zanjirsimon tus olishining oldini olishga xizmat qiladi.
Qayta moliyalash stavkasining pul-kredit siyosati ko’rsatkichlariga ta’siri2017 yil va 2018 yilning 10 oyida iqtisodiyotda shakllangan makroiqtisodiy holat hamda inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarga ta’sir etuvchi omillar bo’yicha tahlillar pul-kredit siyosatini uning barcha instrument va vositalaridan samarali foydalangan holda doimiy ravishda qat’iylashtirib borishni taqozoqildi.
2018 yilning ikkinchi yarim yilligida iqtisodiyotdagi joriy holat oldindan qayd etilgan inflyatsion xatarlar ro’yobga chiqayotganligidan dalolat berdi.
Xususan, tashqi omillar ta’sirida so’m almashuv kursi qadrsizlana boshladi. Hamkor davlatlar milliy valyutalari keskin qadrsizlanishi hisobiga mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishiga milliy iqtisodiyotning aks javobi sifatida iqtisodiyotda devalvatsion bosim kuchaya boshladi.
2018 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo’yicha aholi va tadbirkorlik sub’ektlari qisqa muddatli inflyatsion kutilmalarining pasayishi bilan bir qatorda uzoq muddatli kutilmalarning barqarorlashuvi qayd etilgan bo’lsa-da, yilning ikkinchi yarmida tashqi sektordagi holat va uning ta’sirida ichki bozordagi o’zgarishlar natijasida qisqa va uzoq muddatli kutilmalarning o’sishi kuzatildi.
Bunday sharoitda bank tizimida ortiqcha likvidlilikning vujudga kelishi, iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining pasayishi hamda “arzon pullar”ning paydo bo’lishi ushbu jarayonlarga Markaziy bank tomonidan o’z vaqtida munosabat bildirish, ya’ni pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish zarurligini taqozo etadi.
Markaziy bank iqtisodiyotdagi joriy holat tahlili va prognozlaridan kelib chiqib pul-kredit siyosatini qat’iylashtirishga majbur bo’ldi va, aytish mumkinki, bu iqtisodiy agentlar tomonidan kutilayotgan eng to’g’ri qaror edi. 2018 yilning 25 sentyabridan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi.
Qayta moliyalash stavkasining oshirilishi, birinchi navbatda, ushbu inflyatsion kutilmalar va tashqi inflyatsion omillarning kuchayishi bilan bog’liq xatarlarni minimallashtirishga qaratildi.
Muomaladagi naqd pullar miqdori o’zgarishining likvidlilikka ta’siri 2018 yilda muomaladagi naqd pulga bo’lgan talabning o’zgarishi mavsumiy omillar bilan izohlanadi.
Aholi tomonidan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo’lgan talabning oshishini milliy valyuta kursining joriy yil boshidan avgustga qadar mustahkamlanib borishi bilan ham izohlash mumkin.
Xususan, 2018 yil may-iyun oylarida qariyb 3,6 trln. so’m naqd pul muomalaga chiqarildi(6-rasm).