Moyli ekinlar Reja. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot



Download 135,5 Kb.
bet8/8
Sana10.03.2022
Hajmi135,5 Kb.
#488017
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moyli ekinlar Reja. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot

Botanik xususiyatlari. Maxsar murakkabguldoshlar-Asteraceae oilasiga, Carthamus tinctorius D. avlodi va turiga mansubdir. Bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi rivojlangan, uzunligi 1,5-2 m ga yetadi. Poyasi tik o‘sadi, dag‘al, oq rangda, sershox, tuksiz, balandligi 40-100 sm bo‘ladi. Poyasi pastdan yoki yarmidan boshlab shoxlaydi. Bargi bandsiz, tuksiz, cho‘zinchoq, ponasimon, cheti tishchali yoki tekis, tikanli yoki tikansiz bo‘ladi. Barglar yuqoriga borib maydalashib borib, to‘pgulning tashqi barg o‘ramasiga aylanadi. Gulto‘plami-savatcha, diametri 2-3 sm. Bitta o‘simlikda 10 dan 40-50 gacha savatcha hosil bo‘ladi. Savatchasi ko‘p gulli. O‘rtacha bitta savatchada 30-70 ta gul bo‘ladi. Guli ikki jinsli, naysimon, beshta gultojibargdan iborat bo‘lib, sariq, zarg‘aldoq, qizil ranglarda bo‘ladi. Chetdan changlanadi, hasharotlar orqali changlanadi. Mevasi-urug‘, kungaboqarning urug‘iga o‘xshaydi. 1000 ta urug‘ining og‘irligi 25-50 g.
Biologik xususiyatlari. Issiqsevar o‘simlik, ayniqsa gullash va yetilish fazasida issiqlikni ko‘p talab qiladi. Turli tuproqlarda o‘sadi, hatto sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘sadi. Lekin uning uchun eng yaxshi tuproq qoratuproq va boshqa unumdor tuproqlardir.
Maxsarning urug‘i 3-50 C unib chiqadi, maysasi 3-50 C sovuqqa chidaydi, optimal harorat 22-250 C hisoblanadi. Maxsarning o‘suv davri 90-150 kundan iborat. Lalmi yerlarda Milutinskiy-114 navi ekilmoqda.
Asosiy o‘tmishdoshlar -kuzgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar, texnika ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Maxsar erta bahorda don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Uni kuzda ham ekish mumkin, ammo hosildorlik kamayadi. Ekish usuli keng-qatorlab, qator orasi 45-60 sm, ekish chuqurligi bahorda 4-6 sm, kuzda 5-7 sm ni tashkil etadi. Ekish meyori bahorda ekilganda 6-8 kg, kuzda 8-10 kg.
O‘g‘itlash. Ekinlarni parvarishlashda-borona qilinadi, qator orasiga ishlov beriladi, 2-4 marta sug‘oriladi, sug‘orish meyori-600-800 kub.m.ga. O‘g‘itlash meyori: azot-50-100 kg, fosfor 100-150 kg, kaliy 50-70 kg sof modda hisobida solinadi. Maxsar to‘la yetilganda don kombaynlar yordamida yig‘ib olinadi.


Sinov savollari.
1. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot bering?
2. Kungaboqarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting?
3. Kunjuning agrotexnikasi ayting?
4. Yeryong‘oqning botanik ta’riflab bering ?
5.. Maxsarning biologik xususiyatlari ayting


Aim.uz



Download 135,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish