Motivatsiya. F. Gersberg motivatsiya nazariyasi. Kutish nazariyasi



Download 81,25 Kb.
bet20/32
Sana31.12.2021
Hajmi81,25 Kb.
#231317
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
kurs ishi SHAMSHODBEK

 

Marshall xochi. 

173 


 

Iqtisodchilar o‘rtasida XIX asrning  oxirgi choragi davomida narx yoki baxoga 

talab  va  taklifning  ahamiyati  ustida  baxs  ko‘tarildi.  Klassik  iqtisodchilardan 

J.S.Milning  tamoyili  taklifga  urg‘u  berardi,  biroq,  Jevons,  Menger  va  Valraslar 

talabni  asosiy  o‘ringa  qo‘ydi.  Jevons  va  boshqalar  baho  butunlay  talabga  bog‘liq 

degan  fikrni  uzoq  ma’qullashdi.  Mavzudagi  bu  baxs  munozaraning  ta’sirini 

Marshallning  qiyosiy  narxlar  nazariyasi  orqali    ifodalash  qiyin  ish  edi.  Baho  va 

taqsimlashga oid o‘zining qarashlarini 1870-yilgacha ishlab chiqgan edi, ammo “agar 

u o‘zining o‘ziga xosligiga talab qilsa bu ahmoqonalikdir”. Marshall o‘zining klassik 

va me’yoriy naflilik maktablarining vaziyatlarini murosaga kelitirshga harakat qilgan 

talab va taklif tahlillariga bo‘lgan tanqidlardan xafa bo‘ldi. Uning fikricha u faqatgina 

tinchlikni  emas  balki  haqiqatni  ham  izlagan.  Bundan  tashqari  uning  talab  va  taklif 

tahlillari  Jevons,  Menger  va  Valras  bu  mavzuda  yozishni  boshlashidan  oldin 

shakllantirilgan edi.  

Marshall  mahsulotning  narxini  me’yoriy  naflilik  belgilab  beradimi  yoki  ishlab 

chiqarish  harajatlari  degan  savol  ustidagi  baxs-munozaralarni  vaqtning  ta’siri  va 

iqtisodiy  omillarning  o‘zaro  bog‘liqligi  haqida  aniq  tushunchaga  ega  bo‘lish  orqali 

hal  qilanadi  degan  fikrda  edi.  Pirovard  tovarlarning  talab  egri  chizig‘i  pastga  va 

o‘ngga siljib boradi, yani odamlar ko‘p miqdordagi tovarlarni arzon narxlarda sotib 

oladi.  Taklif  egri  chizig‘ining  shakli  tahlillar  ostidagi  vaqt  davriga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Qancha vaqt qisqa bo‘lsa, narx aniqlashdagi talabning ahamiyati shunchalik muhim 

boladi,  qancha  vaqt  uzunroq  bo‘lsa,  taklifning  ahamiyati  ko‘proq  muhim  bo‘lib 

boradi.  Uzoq  muddatda  o‘zgarmas  harajatlar  sharoitida  taklif  butunlay  egiluvchan 

bo‘ladi, shuning uchun narx faqatgina ishlab chiqarish harajatlariga bog‘liq bo‘ladi. 

Shunday  bo‘lsada  narxni  talab  aniqlaydimi  yoki  taklif  degan  mavzuda  bahslashish 

foydasizdir.  Marshall  omil  oddiy  narsa  emasligini  va  har  qanday  o‘zgarishga 

faqatgina bitta omil ta’sir etadi deyish noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatish uchun quyidagi 

o‘xshashlikni keltirdi:

 

“Biz  tovarning  qiymatini  naflilik  shakllantiradimi  yoki  ishlab  chiqarish 



harajatlarimi  degan  muammoni  bir  bo‘lak  qog‘ozni  qaychining    tepadigi  tig‘i 

kesadimi yoki pastdagisi degan muammoga o‘xshatishimiz mumkin. Qaychining bir 

tig‘i  ushlab  turilgan  holda  kesish  boshqa  tig‘i  tomonidan  ta’sir  qilishi  aniq,  biz 

ehtiyotsizlik  bilan  kesish  ikkinchi  tig‘i  tomonidan  bajarilyapti  deyishimiz  mumkin, 

ammo  bu  holat  qat’iy  to‘g‘ri  emas  va  bu  shunday  bo‘lgandagina to‘g‘ri  hisoblanadi 

lekin ilmiy jihatdan faqatgina bir tig‘i qog‘ozni kesyapti deyish noto‘g‘ri”. 

Marshall  o‘zining  me’yoriy  tahlili  ko‘p  iqtisodchilar  tomonidan  noto‘g‘ri 

qo‘llanishini ta’kidlagan. U boshqa iqtisodchilar go‘yo meyoriy qiymat (narx, foyda 

yoki  unumdorlik)  butun  qiymatning  hammasini 

belgilab  beradi  deb  hisoblaydilar  deb  yozadi. 

Masalan, 

pirovard 

tovarning 

narxini 

tahlil 

qilayotganda, me’yoriy naflilik yoki me’yoriy harajat 

bahoni  belgilaydi  deyish  to‘g‘ri  emas.  Meyoriy 

tahlilchilar  “biz  butun  bahoni  keltirib  chiqaruvchi 

kuchlarning  harakatini  o‘rganish  uchun  me’yoriy 

tahlildan foydalanishimiz kerak” deb taklif bildiradi. 

Me’yoriy  naflilik  yoki  me’yoriy  harajatlar  narxni 

174 


 

belgilamaydi, ularning qiymati narx bilan birga me’yoriy miqdorlarga ta’sir  etuvchi 

omillar  tomonidan  aniqlanadi.  Bu  yerda,  Marshall  yana  o‘zining  nazarini  to‘g‘ri 

o‘xshashlik bilan ko‘rsatib berdi. Jevons narx aniqlaydigan elementlarni ya’ni foyda, 

narx va bahoni alohida o‘rganishga harakat qildi. Lekin u yagona omil topaman deb 

adashdi.  U  jarayonni  zanjirli  jarayon  deb  bildi,  ya’ni  ishlab  chiqarish  harajatlari 

mahsulot  taklifini  keltirib  chiqaradi,  taklif  me’yori  naflilikni  aniqlaydi  va  me’yoriy 

naflilik narxni belgilaydi deb o‘ylagan. Marshall bu elementlar o‘zaro bir-biriga ta’sir 

qilishini  e’tibordan  chetda    qoldirdi  deb  o‘ylab  adashganligini  ta’kidlaydi.  Agar  biz 

kosaga uchta koptokni joylashtirsak, biri me’yoriy naflilik, ikkinchisi ishlab chiqarish 

harajatlari  va  yana  biri  narx  bo‘lsa,  har  qaysi  koptokning  vaziyati  boshqalarining 

vaziyatini  keltirib  chiqaradi  deyish  noto‘g‘ri.  Ammo,  koptoklar  o‘zaro  biri 

boshqasining  vaziyatini  aniqlashi  to‘g‘ri.  Shuning  uchun,  talab,  taklif  va  narx  bir 

biriga me’yoriy miqdorlarda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi va bir-biriga nisbatan o‘zlarining 

tegishli bahosini aniqlaydi. 

Marshall  o‘zining  narx  nazariyasini  Rikardoning  qiymat  nazariyasi  hamda 

me’yoriy naflilik yoki ishlab chiqarish harajatlari mahsulot narxini aniqlaydimi kabi 

munozaralarni  solishtirishga  I  ilova  hamda  V  kitobning  oxirgi  paragrafida  harakat 

qildi.  Marshall  o‘zining  narx  nazariyasini  tubdan  Rikardonikiga  o‘xshaydi  deb 

ta’kidlaydi.  Marjinalistlar  norozi 

bo‘lishiga qaramasdan, u Rikardo 

talabning 

ahamiyatini 

anglab 

yetgan  ammo  unga  kam  etibor 

bergan  chunki  uning  ta’sirini 

tushunish  oson  deydi,  u  o‘zini 

narxni  aniqlashda  taklif  tarafini 

tahlil  qilishga  bag‘ishlagan  deb 

aytadi. 

Marshall 

Rikardoning 

qiymatning  ishlab  chiqarish  harajatlari  nazariyasida  ishchi  kuchi  va  kapital 

harajatlariga  bo‘linganligini  topdi.  Iqtisodiy  nazariyaning  ko‘p  tarixchilari  buni 

Rikardo hususidagi sahovatli talqin deb hisoblaydilar. Marshallning fikricha, qiymat 

nazariyasida  Rikardoning  asosiy  kamchiligi  vaqtning  ta’sirini  ochib  bera 

olmaganligidadir,  o‘zining  fikrlarini  aniq  ifoda  qila  olamsligi  esa  bu  muammoni 

yanada  kuchaytirgan.  Marshall  Jevons  va  boshqa  marjinalistlarning  Rikardoning 

qiymat nazariyasini to‘liq tor mor ettik, faqatgina talabga e’tibor berish orqali to‘g‘ri 

nazariyani ishlab chiqdik degan ta’kidlarni rad  etgan. U o‘zining qo‘shgan hissasini 

Rikardo  fikrlarining  davomi  va  kengaytirilgan  varianti  sifatida  ko‘rdi,  Marshall 

o‘zining  ishlanmalarida  Rikardoning  qiymat  nazariyasining  asosiy  tamoyillarini 

o‘zgarishsiz  qoldirganligini  his  qildi.  Biz  Marshallning  qiymat  nazariyasini 

baholashga uning boshqa fikrlarini ko‘rib chiqqandan keyin qaytamiz. 

 


Download 81,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish