MU
A
= P
A
. MU
M
Keling endi talab egri chizig‘ini keltirib chiqarish orqali talabda uchraydigan bir
necha muammolarni va Marshallning bu muammolarga yechimini ko‘raylik. Agar biz
naflilikni maksimallashtiruvchi odam bilan boshlab va keyinchalik bir tovarning
narxini pasaytira boshlasak, biz talab miqdori va narx o‘rtasidagi bog‘liqlikni hosil
qilishimiz mumkin. (9.1) va (9.2) tenglamalardan foydalanib, biz A tovarning narxini
tushirish talab miqdorining o‘sishiga ma’lum holatdagina sababchi bo‘lishini
kuzatishimiz mumkin. A tovar narxining tushishining ikki ta’siri bor. Almashtirish
ta’siri A tovar narxi uning o‘rnini bosuvchilariga nisbatan arzonroq, shuning uchun
odamlar A tovar iste’molini oshiradilar. Almashtirish ta’siri har doim arzon narxda
ko‘proq istemol qilishni va qimmat narxda kamroq iste’mol qilishni boshlashiga
ta’sir qiladi. Narx o‘zgarishi orqali yuzaga keladigan daromad ta’siri murakkabroq. A
tovarning narxining pasayib ketishi odamning real daromadini oshiradi. Arzon narx
bilan odam A tovarning oldingi miqdorini sotib olishi mumkin va undan tashqari A
tovarga yoki boshqa tovarlarga ishlatilishi mumkin ortiqcha daromad paydo bo‘ladi.
Masalan, agar A tovarning narxi 1$ bo‘lsa va avval 10 ta dona sotib olinayotgan
bo‘lsin, A tovarning narxi 0.90$ ga tushishi real daromadni 1.00$ ga oshiradi. Kishi
daromadining oshishi bilan tovar iste’molining oshishi Normal tovarlarga hos. Agar
A tovar normal tovar bo‘lsa, uning talab egri chizig‘i pastga va o‘ngga siljiydi. Uning
narxining tushishi unga bo‘lgan talab miqdorining almashtirish ta’siri va daromad
ta’sirida ko‘tarilishiga olib keladi.
Agar A tovar darajasi past tovar bo‘lsa, boshqa murakkabliklar kelib chiqadi.
Daromadning oshishi bilan istemol miqdorining tushishi past darajadagi tovarlarga
hos. Gamburger iste’molchilar budjetida darajasi past tovar bo‘lishi mumkin.
177
Daromad oshsa, gamburgerning iste’mol qilinish soni tushadi. Agar A tovar past
darajadagi tovar bo‘lsa, unda uning narxining tushishi almashtirish ta’siri sababli
uning iste’molini oshishiga olib keladi, ammo daromad ta’siri ostida uning iste’moli
tushadi. Agar almashtirish ta’siri daromad ta’siridan kuchli bo‘lsa, talab egri chizig‘i
kamayib boradi ammo agar daromad ta’siri almashish ta’siridan kuchliroq bo‘lsa,
talab egri chizig‘i oshib boradi. Talab egri chizig‘ining o‘sishi talab nazariyasiga
biroz ziddir. Bu nazariy jihatdan ehtimoldan holi emas, ammo hech qanday empirik
asoslangan ma’lumot ta’lab egri chizig‘ini o‘sishini kuzatmagan.
Marshall birinchi bo‘lib talab qonunini ta’riflab o‘tdi: “Narx tushishi bilan talab
miqdori ko‘tariladi va narx o‘sishi bilan esa kamayadi”. Keyinchalik u Robert Giffen
tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlardan kelib chiqib kambag‘al odamlarning non uchun
talab egri chizig‘i o‘sib boruvchi egri chiziq bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, non narxining ko‘tarilishi go‘sht va boshqa qimmat
tovarlar iste’molining kamayishiga va non iste’molining ko‘payishiga olib keladi.
Shu sababdan, past darajadagi tovarlar almashtirish ta’siriga qaraganda daromad
ta’siri kuchli bo‘ladi va bu nazariy adabiyotlarda Giffen tovarlari deb ataladi. Giffen
paradoxi haqida juda ham ko‘p adabiyotlarda ma’lumot keltirilgan bo‘lsa ham, uning
o‘sib boruvchi talab egri chizig‘i haqida aniq statistik ma’lumotlar keltirilmagan.
Keling endi talab egri chizig‘i hosil bo‘lishining nazariy muammolariga
qaytamiz va Marshall ularga qanday yechim topganini o‘rganib chiqamiz. U naflilik
funksiyasining yig‘indi shaklidan foydalanganligi uchun o‘zining rasmiy matematik
urinishlarida o‘rnini bosuvchi va bir birini to‘ldiruvchi mahsulotlar ta’sirini e’tiborsiz
qoldirgan, lekin ularning hususiyatlari haqida gapirib o‘tadi. Kam narx o‘zgarishida
daromad ta’siri ahamiyatsiz kichkina deb hisoblaydi. Shuning uchun agar biz (9.1)
formulasida A tovarning narxini tushirsak, talab narxi oshadi va A tovarning
me’yoriy nafliligi MUA /PA nisbatiga qadar tushib boradi va boshqa tovarlar
me’yoriy nafliligining narxga nisbatiga tenglashadi. Marshallning usulini boshqa
nuqtai nazardan ham o‘rganish mumkin. (9.2) formuladan foydalanib, A tovar
narxining tushishi me’yoriy naflilikning kamayishi hisobiga uning iste’molini
ko‘payishiga olib keladi.
Marshall pulning me’yoriy nafliligi o‘zgarmas deb qabul qilishi va boshqa
nazariyalarni rad yetishining ikki sababi bor: birinchidan, unda daromad ta’siri va
almashtirish ta’sirini aniq ajratib oladigan usul yo‘q edi, ikkinchisi, narxning kichik
o‘zgarishlarida daromad ta’siri juda ham kichik bo‘lib, uni e’tibordan chetda
qoldirish tahlilga ta’sir qilmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |