Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet49/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

6.3-jadval

Ekskavator­
lar

Tog’ jinslarida transheyalarning chuq kengligining (m) katta

urligi (m) va asosi

maydalangan

yarim qoyali

qoyali

Hm

В
m

Hm

В
m

Hm

В
m

EKG-2U

5

11

7

11

10

15

EKG-3.2U

5.5

11

8

11.5

9

13

EKG-4U

8

13

10.5

13

13

19







EKG-6.3U

13

18

16.5

18

19

28




Ishchi a’zosi uzaytirilgan ekskavatoming mavjud bo’lmaganida yoki kapital transheyaning katta chuqurligida uni o’tish qatlamsimon holda amalga oshiriladi (6.14-rasm.). EKG-5 va EKG-8 ekskavatorlari uchun qatlam balandligi mos ravishda 3-3.3 va 4.7-5m ni tashkil qiladi.


Transheyani avtomobil transportidan foydalangan holda o’tishda ko’plab hollarda pastdan yuklash amalga oshiriladi, bunda ekskavatorlarning harakatchanligi ekskavatorlardan unumli foydalanish imkonini beradi. Transheyalarni o’tishda avtomobil transportidan foydalanish davrida foydalanilmaganda ham maqbul hisoblanadi. Avtosamosvallar yuklashga quyidagi sxemalar bo’yicha qo’yiladi (6.15-rasm.): xalqasimon, oxiri berk va cho’ntakli oxiri berk (cho’ntaklar bir biridan 50-60m oraliqda hosil qilinadi). Transheya asosining kengligi bunday hollarda (m) quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
• Avtosamosvallarni uzatishning xalqasimon sxemasida:
Вт = 2 (Ra + С) + Ва (6.20)


6.14-rasm. Transheyani mexanik kuraklar bilan qatlamli o’tish sxemasi:
a, b, v, g - mos ravishda birinchi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi qatlamni qazib olish





6.15-rasm.. Transheyani o’tishda avtosamosvallarni yuklashga uzatish sxemalari:
a - xalqasimon; b - oxiri berk; v - cho’ntakli oxiri berk




  • Avtosamosvallarni uzatishning oxiri berk sxemasida

Вт = R. +1 (B, + La) + 2C (6.21)

  • Cho’ntakli oxiri berk sxemada

В = R +1B + C (6.22)
та а
Bunda, R. - avtosamosvalning burilish radiusi, m;
S=2-3 - avtosamosval va transheya borti orasidagi masofa, m;
Ba - avtosamosval kuzovining kengligi, m;
A - avtosamosvalning uzunligi, m.
BT qiymati 25-30, 25-20 va 16-20m oralig’ida qabul qilinadi, bu esa mos ravishda xalqasimon, oxiri berk va cho’ntakli oxiri berk sxemalarda qo’llaniladi.
Rotorli ekskavatorlardan foydalangan holda transheyalarni o’tishda tog’ jinsini tashish uchun lentali konveyerlardan foydalaniladi (6.16-rasm.).


6.16. rasm. Transheyani rotorli ekskavatorlar bilan o’tish sxemasi:
1 - rotorli ekskavator; 2 - o’tish konveyeri; 3 - o’rnatiladigan zaboy konveyeri; 4 - zaboy konveyeri; 5 - qayta yuklagich.



Transheyani transportsiz o’tish usuli asosan transheyalaming nisbatan turg’un bortlarida va ularda tog’ jinslarini joylashtirish imkonini beruvchi hollarda qo’llaniladi. Bu usulda eng unumli uskunalardan biri draglayndir. Draglaynning bo’shatish radiusi va transheyaning ko’ndalang kesim yuzasiga ko’ra draglaynning harakatlanish o’qi ishlash vaqtida transheyaning o’qi bilan bir ko’rinishda bo’lishi, uning bitta bortiga yaqin bo’lishi va bortda joylashgan bo’lishi mumkin. Transheya parametrlarini hisoblashning asosiy asoslaridan biri draglaynning aniq parametrlarida transheya bortlarining qabul qilish qobiliyatining va transheyadan chiqariladigan tog’ jinsi hajmining tengligi hisoblanadi. Draglaynni transheya o’qi bo’ylab harakatlantirishda (6.17-rasm.) ag’darmaning qabul qilish qobiliyati (м3) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
V0 = n6 ^Rp - В -HTctgae j tga0 (6.23)
Bunda, п - ag’darma uchun band qilingan transheya bortlari soni;
Rp - draglaynning bo’shatish radiusi, m;
В - transheya asosining kengligi, m;
H - transheya chuqurligi, m;
a0 - ag’darmadagi tog’ jinsilari qiyalik burchaklari, daraja; ae - tog’ jinslarining tabiiy qiyalik burchaklari, daraja.
Transheyadan qazib olinadigan (м3) tog’ jinsi hajmi (м3)
Vn = (В + HTctgaT)H (6.24)
Bunda, aT - transheya bortlari qiyalik burchaklari, daraja.
Transheyani transportsiz o’tish usulida Vo > Vnkpo holatiga rioya qilish kerak (kpo - ag’darmadagi tog’ jinsining maydalanish koeffitsiyenti), ya’ni:
Пв ^ Rp - YHTCtgae ^ tga0 = kp.o (ВТ + HTCtgaT ) HT (6.25)
(6.25) tenglamasi ekskavator parametrlari, tog’ jinsining fizik-texnik
xususiyatlari va transheyaning ko’ndalang kesim yuzasini bog’lagan holda ikkita
aniq o’zgaruvchanlarda uchinchisini topish imkonini beradi. Shunday
257
ko’rinishda boshqa ikkita draglaynlar bilan tashish variantlari uchun ham qoldirish mumkin.


6.17-rasm.. Transheyani draglayn bilan o’tish sxemasi:
a - draglaynning transheya o’qi bo’ylab harakatlanishida; b - draglaynning transheya borti bo’ylab harakatlanishida; 1 - birinchi zaxodka; 2 - ikkinchi zaxodka.

Draglaynni transheya bortiga yaqinroq holda ko’chirishda (transheya bunday holatda ikkita zaxodka bilan qazib olinadi) transheyaning ko’ndalang kesimi bir qancha oshadi (rasm. 6.17) va draglaynning transheya bortida harakatlanishida maksimumga yetadi.


Uncha katta bo’lmagan kesimga ega transheyalar uzaytirilgan ishchi a’zoli to’g’ri mexanik kuraklar bilan yoki teskari mexanik kuraklar bilan o’tilishi mumkin. Agar ekskavatorlarning parametrlari kerakli transheya ko’ndalang kesimini o’tish imkonini bermasa, unda transheya qayta ekskavatsiya bilan o’tiladi. Bu uchun transheya o’tishda ishlaydigan ekskavator va qo’shimcha ekskavatordan foydalanish mumkin.
Tog’ yonbag’rida yarim transheyalar asosan mexanik kuraklar bilan o’tiladi. Tog’ jinsi bunday holda bevosita qiyalikka tashlanadi.
Transportsiz transheya o’tishda ekskavatoming vaqt bo’yicha ishlatilish koeffitsiyenti 0.85-0.95ni tashkil qiladi, bu esa ularning yuqori unumdorligini, katta harakatlanish tezligini va ishlarning arzonligini ta’minlaydi.
Transheyani o’tish uchun ishchi reja tuziladi, unda ishlar grafigi va hajmi, shuningdek rejaviy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar ko’rsatiladi. Loyihani bajarilishining nazorati karyer marksheyderi tomonidan bajariladi.
Transheya o’tishning boshlanishidan oldin uning o’qi va chegaralari maxsus belgilar bilan belgilanadi, ularda tartib raqam, transheya chuqurligi, balandlik nuqtasi va transheya asosi ko’rsatiladi. Transheyani transportsiz o’tishda ag’darmaning pastki qismi holati o’lchanadi.
Transheyalarni o’tish uchun shuningdek o’tilish uchun portlatishlar, gidromexanizatsiyalash vositalari va g’ildirakli skreperlar qo’llaniladi. Transheyani otilishga bo’lgan portlatish bilan o’tish katta xarajatlarni talab qiladi va kerakli bo’ylama profil va ko’ndalang kesim hosil qilish imkonini bermaydi. G’ildirakli skreperlar va gidromexanizatsiyalash uskunalri maydalangan tog’ jinslarida transheyalar o’tishda qo’llaniladi.
Transheya o’tishning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari 6.4-jadvalda keltirilgan.

Qo’Haniladigan uskuna

Transheya asosining kengligi, m

T ransheya- ning
ko’ndalang
kesim yuzasi,
2
м

Transheya o’tishning tezligi, m/oy

Avtomobil transportidan foydalanganda

Avtosamosvallarni xalqasimon usulda uzatishda

Ekskavator EKG-4.6 va BelAZ-540A avtosamosvallari

29

350

200-210

Ekskavator EKG-8I va BelAZ- 548A avtosamosvallari

29

460

250-300

Avtosamosvallarni oxiri berk sxema bo’yicha uzitishda

Ekskavator EKG-4.6 va BelAZ-540A avtosamosvallari

25

280

200-220

Ekskavator EKG-8I va BelAZ- 548A avtosamosvallari

25

420

240-280







Avtosamosvallarni oxiri berk cho’ntakli uzatishda

Ekskavator EKG-4.6 va BelAZ-540A avtosamosvallari

23

260

220-240

Ekskavator EKG-8I va BelAZ- 548A avtosamosvallari

24

400

280-320

Yuqoridan yuklash bilan temiryo’l transportidan foydalanganda
EKG-6.3U ekskavatori va VS- 105 dumpkarlari

20-22

240-300

220-260







  1. KARYER QURILISHIDA KON - KAPITAL ISHLAR

Kon - kapital ishlariga (kon-qurilish) karyeming qurilish vaqtida bajariladigan ishlarga (karyer qurilishi boshlanishidan uni foydalanishga topshirishgacha), kapital va qirqim transheyalar o’tish bo’yicha ishlar, shuningdek foydalanishga topshirish vaqtidagi karyer chegarasi bilan aniqlanuvchi chegaragacha pog’onalarni olinishi bo’yicha ishlar kiradi. Karyeming foydalanishga topshirilishining tayyorligi maxsus komissiya tomonidan o’matiladi va hujjatga qayd etiladi. Karyerni foydalanishga topshirish vaqtidagi kon ishlarining holati loyiha tomonidan o’matiladi va har bir pog’ona bo’yicha loyihada qirqimlarda qayd etiladi (karyeming bortlari va pog’onalarining aniq belgilanishida, ishchi maydonlar va bermalar kengigiga rioya qilinishi, shuningdek topshirilish vaqtida foydali qazilmalarning normativ ochilgan zaxiralarining ma’lumotlari).
Qoplovchi tog’ jinslarini tashqi ag’darmalarga tashish bilan qazib olishda ochilgan foydali qazilma zaxiralari qoplovchi tog’ jinslarini qazish ishlarining ilgarilab borilishi bilan hosil qilinadi. Foydali qazilmaning turiga ko’ra ochilgan zaxiralar hajmi karyeming loyiha unumdorligi bilan 6-10 oyda ta’minlashi kerak. Ochilgan tog’ jinslarining kengligi (m) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
В,. = Q,Jt„ / [ 12A,V(1 - k)]
Bunda, Qz u - karyerning foydali qazilma bo’yicha yillik loyihaviy unumdorligi, t;
ky - pog’ona balandligi, m; L - pog’ona uzunligi, m;
Г - foydali qazilma zichligi, т / м3;
£и - sanoat yo’qotishlarning koeffitsiyenti.
Kon - kapital ishlarning hajmini kamaytirish maqsadida ishchi va ishchi bo’lmagan maydonlaning (berma) karyer qurilish davrida minimal qilib qabul qilinadi. Ba’zida ularni karyer bortini tekislash uchun kattalashtiriladi, bu esa ularning turg’unligini oshirish va kon ishlari rejimini nazorat qilish uchun kerak.
Kon - kapital ishlarning hajmi quyidagi formula bilan aniqlanadi (м3):

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish