Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet47/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

L „ = L k (6.18)

OPEN - PIT MINING TECHNOLOGY, MECHANIZATION AND MANAGEMENT 2
(m - Вд ) tgpH 21
E hyCtga + E bn + E bm + E bK 21
t t t t 68
v,, = £ S,L,+ VRI 262

Yumshatilgan balandlikda 1.2-1.3
Gorizontal maydonlarda. 1.4-1.6
Kapital transheyalarning trassalari rejada oddiy va murakkablarga bo’linadi (6.11-rasm.). Kapital transheyaning trassasi agar u bitta yo’nalishga ega bo’lsa odiiy deb ataladi. Bir nechta uchastkalarga ega, turli harakatlanish yo’nalishigi ega trassalar murakkab deb ataladi. Karyer konturida bu trassalarning joylashuviga ko’ra va ularning ulanish usuliga ko’ra trassalar oxiri berk, tugunli, spiralli va aralash bo’ladi. Tashqi joylashadigan kapital transheyalar doim oddiy shaklga ega bo’ladi. Karyerlarni ichki kapital transheyalar bilan ochishda trassaning tuzilishi karyer bortining uzunligiga L6 va uning haqiqiy uzunligiga
Lm0 bog’liq bo’ladi. Agar Lmd < L6bo’lsa, trassa oddiy shaklga ega bo’ladi, agar Lm.d > L bo’lsa, trassa murakkab shaklga ega bo’ladi. Trassaning tuzilishini tanlashga qaratilgan asosiy faktorlarga, foydali qazilmaning yotish holati, yer yuzasi relyefi, karyer maydonining rejadagi joylashuvi, karyer transportining turi kiradi. Oxiri berk trassa asosan temiryo’l transportida qo’llaniladi, avtomobil transportida esa tugunli.


6.11-rasm. Kapital transheyalar trassasi tuzilishi:
a - tugunli; b - oxiri berk; v - spiralli; 1 - tugun; 2 - oxiri berklik




    1. KARYER MAYDONINI OCHISH USULINI TANLASH

Ochiq kon ishlarida karyer maydonini ochish eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi, bu masalani to’g’ri yechish karyer ishining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bog’liq bo’ladi. Ochishning turini tanlashda quyidagi talablar inobatga olinadi: tanlangan usul bo’sh tog’ jinslari va foydali qazilmalarni tashishni eng qisqa holatini ta’minlashi kerak, kon-kapital ishlarining minimal hajmi va karyer maydonini qazib olishning butun davrida bo’sh tog’ jinslarini ratsional joylashtirish (ochish ishlarining katta qismi keyingi yillarda amalga oshirilishi kerak). Ko’plab ochish usullarini taqqoslaganda optimal variant bo’lib karyer qurilishiga va birinchi davrda foydalanishga minimal xarajatlarni inobatga oladi (birinchi 10-15yil).
Ochish usullarining 6.2-jadvalda keltirilgan turlari uchun quyida ularni gorizontal, yotgan, qiya va tik qiya konlar uchun qo’llanilishi keltirilgan.
Gorizontal va qiya konni qazib olishdagi (qazilma yotish burchagi <10°) o’ziga xos jihatlaridan biri karyerning chuqurlikda va rejadagi uncha katta bo’lmagan o’lchamlari. Ko’plab hollarda bunday karyerlarda qoplovchi tog’ jinsi qazib olingan maydonlarga joylashtirish bilan qazib olinadi (pastki ochish gorizontlari). Bunday karyer maydonlarini ochish aralash usul bilan amalga oshiriladi, bunda ochish pog’onalarining transportsiz ochilishi (qayta tashlash bilan) va qazib olish gorizontlarini kapital transheyalarni qo’llagan holda ochish (bitta qanotli kapital transheya bilan, ikkita qanotli, markaziy yoki markaziy va qanotli birgalikda) qo’llamladi. Gorizontal konlarni qoplovchi tog’ jinsini tashqi ag’darmalarga tashish bilan ochishda, karyer maydonini ochish alohida, umumiy va guruhli kapital transheyalar bilan ochish mumkin.
Tashqi joylashgan alohida kapital transheyalar tizimi (6.5-rasm.) karyerning uncha chuqur bo’lmagan holatida (2-3 pog’ona) qo’llaniladi va yuklar alohida tashiladi. Uncha chuqur bo’lmagan kapital transheyalar uncha katta hajmga ega bo’lmaydi, yuklarni alohida tashishni qo’llash ishlarni oddiy tashkil qilish va karyerning yuqori unumdorligini ta’minlaydi.
Tashqi joylashgan umumiy kapital transheyalar tizimi bilan ochish (rasm. 6.6) 2-3 ochuvchi pog’onalarda qo’llaniladi va yuklarning alohida qilishning kerakliligini talab qilmaydi (yuk aylanmasi uncha katta emas, yuqoridagi qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilma yuk aylanmasi yo’nalishi bo’yicha mos keladi). Bu usulning asosiy qulayligi kapital transheyalar hajmining birmuncha kamligi. Bu usul shuningdek katta chuqurlikdagi karyerlarni ochishda ham qo’llaniladi (4-8 pog’ona), lekin bu holatda kapital transheyalar ichki va aralash joylashuvga ega bo’ladi (yuqori 2-3 pog’ona tashqi joylashgan transheyalar bilan ochiladi).
Guruhli kapital transheyalar tizimi (6.7-rasm.) 4-6 pog’onalarda qo’llaniladi. Bitta transheyalar guruhi ochish pog’onalariga, ikkinchisi esa - qazib olish pog’onalariga xizmat qiladi, shu bilan yuklarning alohidaligi ta’minlanadi.
Gorizontal konlarni ochish asosan qanotli va markaziy joylashgan kapital transheyalar bilan amalga oshiriladi. Kapital transheyalarning markaziy joylashuvi qanotli bilan aralashuvda karyer maydonining katta uzunligida qo’llaniladi, bu esa karyerni ikkita maydonga bo’lish va ishlarni bir birdan mustaqil holda olib borish imkonini beradi.
Chuqurlikda joylashadigan qiya va tik qiya konlarni qazib oladigan karyerlarning o’ziga xos tomonlari ularning oxirgi chuqurligi (100-150m va undan yuqori), karyer chuqurligining bir maromda oshib borishi (kon ishlarining borishi bilan) va ochuvchi pog’onalar soni, yuk aylanmasi hajmining bir tekisda emasligi, kon massasini karyer konturidan tashqariga tashish (qoplovchi tog’ jinsi ag’darmalarga, foydali qazilma esa omborxona va boyitish fabrikalariga tashiladi), bortlarning katta turg’unligini ta’minlovchi qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslarini mavjudligi hisoblanadi. Bunday konlar, umumiy yoki guruhli kapital transheyalar bilan tashqi va aralash joylashuvli holda ochiladi, alohida hollarda esa - yer osti kon lahimlari bilan.
Qazilmaning yotish burchagiga ko’ra kapital transheyalarning trassasi (uning ichki tomoni) turg’un va turg’un bo’lmagan (siljuvchi) bo’ladi. Yotish burchagi karyerning ishchi bo’lmagan bortiga yaqin bo’lgan qiya qazilmalarni qazib olishda kapital transheyaning trassasi asosan karyer ishchi bo’lmagan bortiga qazilmaning yotgan tomonidan tashlanadi va turg’un hisoblanadi. O’tkiz burchakli qazilmalarni qazib olishda (yotish burchagi >35°) kapital transheyalarning trassasi siljuvchi bo’ladi, buning sababi ular karyerning bitta yoki ikkita ishchi bortida joylashadi. Pog’onalarning oxirgi holatigacha harakatidan keyin trassa uchastkalari shu pog’ona ichida turg’un bo’lib qoladi. Siljuvchi trassalardan (siljuvchi s’ezdlar) foydalanish kichik hajmdagi kon kapital ishlarni bo’lishini ta’minlaydi, lekin bu holda qo’shimcha foydalanish qiyinchiliklari hosil bo’ladi. Siljuvchi trassalarda balandlikning kattaligi boshqaruvchi trassaga nisbatan 35% ga kamayadi. Siljuvchi syezdning kengligi unda joylashadigan ekskavatorning holatiga ko’ra, portlatilgan tog’ jinsi uyumiga va yo’llarga ko’ra aniqlanadi.
Tik qiya kon uyumlarini qazib olishda asosan trassaning oxiri berk (temiryo’l transportida) va tugunli (avtomobil transortida) ko’rinishlari qo’llaniladi. Trassaning spiralsimon ko’rinishini shtoksimon chuqur qazilmalarda kichik o’lcham va rejadagi aylanasimon tuzilishida qo’llash mumkin. Trassaning spiralsimon tuzilishi asosan avtomobil transorti uchun maqbul hisoblanadi. Tik qiya kapital transheyalar karyerda konveyer transporti, kletli transport va skipli ko’targichlardan (asosan chuqur gorizontlar uchun) foydalanilganda qo’llaniladi. Ular karyerning ishchi bo’lmagan bortida nisbatan turg’un tog’ jinslarida joylashtiriladi. Tik qiya kapital transheyaning trassasining tuzilishi oddiy (skipli ko’targichlar va konveyerlar uchun) va murakkab (lentali konveyerlar uchun) bo’ladi. Agar karyer bortining qiyalik burchaklari tik qiya transheya qiyaligidan oshmasa, unda kapital transheya karyer bortiga perpendikulyar joylashadi. Aks holda kapital transheyani karyer bortiga qanaqadir burchak ostida joylashtirish kerak, bu esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
4» = arcsin (6.19)

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish