ск.тех ск ц. р \ /
bunda, Тц. p - skreperning ish jarayoni davomiyligi, daq;
Т = t + tA +1 + tA +1 (3.23)
ц. p н о.г p д.п в \ /
tH =0,7-1,5 - cho’michni to’ldirish davomiyligi, daq;
tdr, tdn - skreperning mos ravishda yuk bilan va yuksiz harakatlanish davomiyligi, daq;
tp =0.3-1 - bo’shatish davomiyligi, daq;
te=1-1.5 - qo’yimcha ishlar davomiyligi (qayirilish, uzatmalarni
o’zgartirish), daq;
tdr = 1 /
1r - skrepening yuk bilan harakatlanish masofasi, m;
=6-50 - skreperning yuk bilan harakatlanish tezligi, m/daq;
L = 1 / v
д.п n n
1n - skreperning yuksiz harakatlanish masofasi, m;
=10-80 - skreperning yuksiz harakatlanish tezligi, m/daq.
G’ildirakli skreperning almashinuv ekspluatastion unumdorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
П = 60ЕТ k k /Т (3.24)
ск.см см ск и.ск ц.р \ /
bunda, Тсм - almashinuv davomiyligi, soat;
К.ск =0.7-0.85 - skreperni vaqtda foydalanish koeffitsiyenti.
G’ildirakli skreperlar boshqa mashinalardan tuzilishining oddiyligi, xavfsizligi, uncha katta bo’lmagan og’illigi va narhi bilan farq qiladi.
Kuchli g’ildirakli skreperlarning unumdorligi tashish masofasiga bog’liq bo’ladi. 15 м3 cho’mich hajmiga ega skreperlarning almashinuv unumdorligi 200m tashish masofasida 1000-1500 м ni tashkil qiladi (1000m ga tashishda 300 м ga kamayadi).
Bir cho’michli yuklagichda qisqa o’qli o’zi yurar shassi, uni oxirida sharnir yordamida cho’mich qotirilgan bo’ladi. Tog’ jinsini qazish o’qning tushurilgan holatida harakatlanish mexanizmi yoki to’xtatilgan harakat mexanizmida gidravlik bosim bilan amalga oshiriladi. Cho’michni to’ldirishdan keyin yuklagichning cho’michi ozroq ko’ratiladi va yuklagich bo’shatish joyiga qarab harakatlanadi. Yuklash oldingi, orqa va yon tomondan bo’lishi mumkin.
Yuklagichlar qaytadigan, qaytmaydigan (yuklashda cho’mich qaytmaydi) va yarim qaytadigan bo’ladi. Yuklagichlar pnevmog’ildirakli va zanjirli harakatda bo’ladi, ular ham avtosamosvallarni yuklashga xizmat qilishda va o’zi harakatlanadigan transport vositalari sifatida bo’lgani uchun yaxshi tezlikka ega. Ularning qoplovli yo’llardan harakatlanish tezligi mos ravishda yuk bilan va yuksiz holda 25 va 45km/soatni tashkil qiladi, karyer yo’llarida esa tezligi 10-15 km/soatni tashkil qiladi. Zanjirli harakatdagi yuklagichlar transport vositalarini yuklashga xizmat qiladi, transport vositalari zaboydan 10-15m uzoqlikda joylashadi.
Yuklagichlar dizel, dizel-elektrik va dizel gidravlik boshqaruvga ega bo’lishi mumkin. tortish kuchiga ko’ra yuklagichlar kichik quvvatli (75 kVt gacha), o’rtacha (75-150 kVt gacha) va katta quvvatli (150 kVt dan yuqori) bo’ladi. Yuklagichni boshqarish kanat - blokli yoki gidravlik bo’lishi mumkin.
Yuklagichning zaboy balandligi uning qazish balandligi bilan chegaralanadi va l-5m gacha bo’ladi. Cho’mich hajmi 5 м3 dan yuqori bo’lgan yuklagichlar uchun zaboy balandligi 9m dan yuqori bo’lishi mumkin. Kuchli yuklagichlar uchun bo’shatish balandligi 5m ga etishi mumkin.
Yuklagichning soatli texnik unumdorligi (м ) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
П = 60Ek /Т (3 25)
Do'stlaringiz bilan baham: |