Moliyaviy risklarni boshqarish


Moliyaviy risklarini boshqarish - risk darajasini pasaytirishning muhim omili



Download 284,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.09.2021
Hajmi284,12 Kb.
#175692
1   2   3   4   5   6   7
4. Moliyaviy risklarini boshqarish - risk darajasini pasaytirishning muhim omili. 

 

Bozor 



iqtisodiyoti 

sharoitida 

investitsiyalarni 

loyihaviy 

moliyalashtirish 

– 

moliyalashtirishning  eng  taraqqiy  etgan  zamonaviy  shakllaridandir.  Bunda  loyiha  risklarini 



uning  ishtirokchilari  o’rtasida  mos  taqsimlash  imkoniyati  mavjud  bo’lishini  ko’zda  tutishi 

zarur. Loyihaviy moliyalashtirishda yuqori darajali risklarning bo’lishini hisobga olgan holda 

kreditorlar risklarni samarali boshqarishni ta’minlashga harakat qiladi. Har qanday investitsiya 

loyihalari turli noaniqliklar va risklar bilan bog’liq. Har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, 

risk turlarining vujudga kelish sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish 

bo’yicha  tadbirlar  haqida  aniq  ma’lumotlarga  ega  bo’lishlari  lozim.  SHundagina  ular 

investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shishlari mumkin. 

Ayni vaqtda bir qator rivojlanayotgan 

mamlakatlarda 

loyihaviy 

moliyalashtirish 

mexanizmining samarali ishlamasligiga bu mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy omillarining 

ta’siri yaqqol seziladi. Inflyatsiya darajasining yuqoriligi, korxonalarning to’lovga layoqatlilik 

darajasining pastligi, banklarning resurs bazasining yetarlicha mustahkam emasligi loyihalarni 

moliyalashtirishga salbiy ta’sir etuvchi umumiy sabablardir. 

Mustaqil respublikamizdagi tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish faoliyati davr 

talabiga  mos  ravishda  asta-sekin  rivojlanmoqda.  Tijorat  banklarining  resurs  bazasining 

yetarlicha  mustahkam  emasligi  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  imkoniyatini 

cheklaydi. Mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi ham loyiha 

risklarini  oshiradi.  SHuningdek,  respublikimizda  horijiy  sarmoyalarni  keng  jalb  etish  uchun 

qulay  huquqiy  shart-sharoit,  kafolat  va  iqtisodiy  omillarni  yanada  kuchaytirish  zarur. 

Loyihalarni moliyalashtirishda risk turlarini aniqlash, tahlil qilish, ularni loyiha ishtirokchilari 

o’rtasida  taqsimlash  hamda  risklarni  kamaytirish  bo’yicha  tadbirlar  ishlab  chiqish  loyiha 

samaradorligiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Har  bir  muvaffaqiyatli  amalga  oshgan  loyiha  esa 

respublika iqtisodiyotining taraqqiyotiga ijobiy hissa qo’shadi. 

SHuni hisobga olgan holda, investitsiya risklarini boshqarishning mazmuni, mohiyati, 

boshqarishdagi vazifalar, risklarni pasaytirish yo’larini hamda usullarini bilish har bir loyiha 

qatnashchilari va investorlar uchun juda muhim hisoblanadi. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  risklarni  boshqarish  -  bu  risk  va  foyda  miqdorini  oqilona 

qo’shilmasini aniqlashga qaratilgan harakatlardir, deb ta’rif beriladi. Risklarni boshqarishning 

asosiy maqsadi esa ularni pasaytirish hisoblanadi. 

Loyiha  risklarini  boshqarishning  u  yoki  bu  turdagi  vositalarining,  mexanizmlarining 

qo’llanilishi  amalga  oshirilayotgan  investitsiya  loyihalari  risklarining  aniq  turlari  va  ularni 

keltirib  chiqaruvchi  omillar  ko’lamiga,  shuningdek,  ularning  loyihani  amalga  oshirish 

natijalariga ta’siriga bog’liqdir. Risklar barcha loyihalar uchun umumiy bo’lgani kabi har bir 

investitsiya loyihasining o’ziga xos xususiyatlariga, muayyan tasniflariga qarab maxsus risklar 

ham bo’lishi mumkin. Bunday sharoitlarda risklarni tahlil etish, ularni boshqarish vositalarini 

ishlab chiqishda kuchli va tajribali mutaxassisning malakali bilimiga tayaniladi. Bunda loyiha 

risklarini boshqarish bir martalik yoki bitta jarayondan iborat bo’lmasdan, balki u bir qancha 

bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi. Bu jarayonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishdagi 

risklarni  pasaytirish  yoki  bartaraf  etishnigina  emas,  balki  loyihaning  ijobiy  natijalarini 

ta’minlash yoki oshirishga ham bo’ysundirilgan bo’ladi. 

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda aniqlanuvchi, hisobga olinuvchi risklarni tahlil 

qilish  va  ularni  loyihani  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  jarayonlaridagi  boshqarish 

tizimining bosqichlari quyidagicha ifodalanadi: 

  risklarni boshqarishni rejalashtirish; 




  risklarni tasniflash

  risklarni sifatli baholash; 



  risklarni miqdoriy baholash

  risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash; 



  risklarning monitoringini olib borish. 

Loyiha  risklarini  boshqarishning  yuqoridagi  barcha  bosqichlari  bir-biri  bilan  o’zaro 

bog’liqlikka ega. Har bir bosqich har bir loyihada bir marta bajariladi. 

SHuni  e’tiborga  olish  lozimki,  investitsiya  loyihalari  risklarini  boshqarishda  ularning 

tahlil qilinish natijalariga asoslanib, boshqarish usullari tanlanadi. 

Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi tashqi omillarni (moddiy 

resurslarga  bo’lgan  narxning  tebranishi,  iqtisodiy  o’sish  va  kelgusi  mahsulotga  bo’lgan 

talabning o’sishi, inflyatsiya, bank foiz stavkasining o’zgarishi, texnologiyaning rivojlanishi, 

siyosiy  holat,  iqtisodiy  siyosat,  shu  jumladan,  soliq  siyosati,  ekologik  qonunchilik,  tabiiy 

omillar va boshq.) hamda ichki omillar (loyihalashtirilayotgan ob’ektning qurilish grafigi, joriy 

va ekspluatatsion xarajatlar, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zlashtirilishi va boshq.) inobatga 

olish lozim bo’ladi. 

 


Download 284,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish