Moliyaviy risklarni boshqarish


 Moliyaviy risklarning yuzaga kelishi



Download 284,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.09.2021
Hajmi284,12 Kb.
#175692
1   2   3   4   5   6   7
2. Moliyaviy risklarning yuzaga kelishi 

 

Risklarni o’rganish jarayonida, bir tomondan, risk-menejmenti imkoniyatlari birmuncha 



orttirib ko’rsatilishi moliyaviy risklar nazariyasi yaratilishigabo’lgan talabni oshirgan bo’lsa, 

boshqa  tomondan,  shu  kunga  qadar  «moliyaviy  risk»tushunchasining  mohiyati  to’laligicha 

ochib  berilmaganligi,  bu  yo’nalishda  tadqiqotlar  olib  borilishi  kerakligini  ta’kidlash 

lozim.Moliyaviy risk tushunchasiga berilgan turli talqinlarga asoslanib va tadqiqotchilarning 

nazariy qarashlariga muvofiq risklarni quyidagi3 guruh kesimida turkumlash mumkin : 

Moliyaviy risklar guruhlanishi: 

— birinchi guruh riski. Tadqiqotchilarning talqiniga ko’ra, risk keng ma’noda noma’lum 

voqelik  bo’lib,  uning  yuz  berishi  oqibatida  faoliyatga  ijobiyyoki  salbiy  ta’sir  yetkazilishi 

mumkin; 

—  ikkinchi  guruh  riski.  Olimlarning  qarashlariga  ko’ra,  risk  faoliyat  sifatida  yutuqli 

natijaga erishish maqsadida amalga oshirilgan sa’y-harakat hisoblanadi



—  uchinchi  guruh  riski.  Tadqiqotchilar  bu  riskni  muqobil  variantlardanbirini  tanlash 

jarayonida yutuqqa erishish yoki xatoga yo’l qo’yish ehtimoli sifatida talqin etishadi. 

Bunday  qarashlar  doirasidagi  tadqiqotlar  salmoqli  bo’lib,  mualliflarningasosiy  qismi 

moliyaviy  risk  -  bu  moliyaviy  instrumentlarga  egalik  bilan  boqliq,  shuningdek,  moliya 

institutlari aktiv va passivlarining parametrlari o’zaromos emasligi oqibatida yo’qotish(zarar 

ko’rish)  ehtimoli  ekanligini  ta’kidlashadi.  Keyingi  vaqtda  tadqiqotchilar  «ehtimol» 

tushunchasining  o’rniga  «imkoniyat»  so’zini  ko’proqqo’llanilayotganligini  ma’qullab 

bo’lmaydi. 

Riskning mohiyati foyda olish yoki zarar ko’rish, mol-mulkni yo’qotish, joylashtirilgan 

investitsiyadan  olinadigan  daromadning  kutilganidan  farqlanishikabi  ehtimol  bo’lgan 

natijalarga asoslanadi. Xususan, moliya sohasida risk nisbatan keng talqinda tushuniladi. SHu 

bois risk nafaqat daromadni qo’ldan chiqarish, uning kutilganidan pastligi, ya’ni salbiy natija, 

balki  foydaning  kutilganidan  yuqoriligi,  ya’ni  ijobiy  ko’rsatkich  sifatida  ham  namoyon 

bo’lishimumkin. 

Yuqoridagi  mulohazalarga  asoslanib,  moliyaviy  risklarining  asosiy  belgilarini  ajratib 

ko’rsatish mumkin: 

—  mazkur  risklar  noaniqlik  holatida  yuzaga  keladi  va  ularning  asosiy  mezoni 

ehtimollikka asoslanadi; 

—    riskning    pirovard    natijasi    (oqibati)    mol-mulkni    yo’qotish,  foydani  qo’ldan 

chiqarish hisoblanishi moliya institutlari faoliyati bevosita risk qamrovida kechishini anglatadi. 

Yuqorida keltirilgan belgilarga asoslanib, qayd etish lozimki, moliya institutlari risklari 

ehtimolikka ko’ra, asosiy faoliyatidan kutilgan darajadagifoydaga erisha olmaslik yoxud uni 

yo’qotish hisoblanadi. Bu o’rinda ta’kidlashlozimki, moliyaviy risklarni tasniflashga bo’lgan 

yondashuvlar xilma-xildir. 

SHu  o’rinda,  moliyaviy  risklarning  yuqoridagi  turlariga  alohida  to’xtab  o’tishnilozim 

topdik. Xususan, bozor riski hamda kredit riski tegishli moliyaviy instrumentlarga egalik qilish 

jarayonida yuzaga keladi. Bu ikki turdagi risklar,ayni vaqtda o’ziga xos, alohida yoki tizimli 

hodisa sifatida nafaqat aniq birmoliya institutining sa’y-harakati, balki bozordagi o’zgarishlar 

ta’sirida kechishini ham ta’kidlash o’rinlidir. 

Bozor riskining moliya instituti faoliyatiga ta’siri mahsulot narxi yokibozor segmentlari 

(masalan, fond indeksi yoki qimmatbaho metallar narxi) o’zgarishlari holatida tizimli kechadi. 

Moliya institutining investitsiyaga yo’naltirgan mablag’lari narxi keskin o’zgarishi sharoitida 

bozor riskining ta’siri o’zigaxos tarzda ham kechishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, kredit riski 

ham shu yo’sindanamoyon bo’ladi. SHu bilan birga, yo’qotish(zarar ko’rish)lar riski bankning 

kredit  portfeli  optimal  shakllantirilmaganligi  yoki  iqtisodiy  agentning  kreditga  layoqatliligi 

pasayishi oqibatida yuzaga kelishi ham mumkin. 

Likvidlik  hamda  valyuta  risklari  ehtimollikka  ko’ra,  mohiyatan  alohida,yakka  tartibda 

namoyon  bo’luvchi  risklar  hisoblanadi.  Mazkur  risklar  moliya  institutining  aktivi  va 

majburiyatlari  ko’lami  nisbatan  o’zaro  mos  emasligi  oqibatida  yuzaga  keladi.  Bu  toifadagi 

risklar  moliyainstitutining  aktiv  va  majburiyatlari  optimal  balanslashgan  hollarda  deyarli 

kuzatilmaydi. 

Foiz riskining tabiatini aniqlash birmuncha murakkab kechadi. Bu holat mablag’larni jalb 

etish  va  ularni  joylashtirish  stavkasining  to’liqsiz  korrelyatsiyasinatijasi  sifatida  foiz  riski 

namoyon  bo’lishi  bilan  izohlanadi.  Ushbu  risklarmoliya  instituti  foiz  stavkalari 

balanslashmaganligi jarayoniga o’z ta’sirinio’tkaza olmaydi. SHu bois, bu toifadagi risklarni 

minimallashtirishni to’liqhajmda ta’minlab bo’lmaydi, chunki stavkalar to’liq balanslashgan 

hollarda  hamfoiz  riski  tizimli  riskning  «qoldig’i»  sifatida  saqlanib  qoladi.  Foiz  riskikelib 

chiqishiga ko’ra o’ziga xos, alohida tarzda namoyon bo’lsa-da, u tizimli kechadi. 

Yuqorida  keltirilgan  risklarning  keyingi  3  turi  (likvidlik,  valyuta  vafoiz  risklari) 

moliyaviy vositachilikning asosiy funktsiyalaridan biri  - aktivlar transformatsiyasi natijasida 




yuzaga  keladi.  Moliya  instituti  aktiv  vapassivlarining  valyuta  bo’yicha  hamda  muddatlarga 

ko’ra  balanslashganligi  darajasi  aktivlar  transformatsiyasi  ta’sirida  o’zgarishi  mumkin.  Bu 

o’rinda,  iqtisodiyilmiy  adabiyotlarda  kategoriyalar  talqini  mazmunan  o’zaro  aralashib 

ketganligikuzatiladi. Buning izohi sifatida foiz stavkasining oshishi hisobiga obligatsiya narxi 

pasayishi  riski  ham  foiz  riski  sanalishini  keltirib  o’tish  mumkin.,Mazkur  risk  aynan  bozor 

riskidan  boshqa  narsa  emas.Bu  jarayonda  foiz  riski  aktsiya  kursi  pasayishi  riskidan  o’zaro 

farqlanmaydi.Foiz  stavkasi  esa  obligatsiya  narxi,  moliyaviy  holat  o’zgarishi,  korporativ 

bosharuv sifatini aniqlashning muhim omillaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.Stavka ta’siri 

sezilarli  bo’lgan  talab  va  majburiyatlar  nomutanosibligi  sharoitida  moliya  institutining 

majburan qabul qilgan qarori natijasi sifatidafoiz riskini talqin qilish mumkin. 

Valyuta  riski  mohiyatini  aniqlashda  ham  xuddi  shunday  holat  kuzatilmoqda.Masalan, 

xorijiy  valyutada  joylashtirilgan  moliyaviy  instrumentlar  kursidagi  salbiy  o’zgarishlar 

oqibatidagi  yo’qotishlar riski bozor riski hisoblanadi.Keyingi yillarda iqtisodchi olimlarning 

ilmiy  ishlarida  almashinuv  kursining  salbiy  tebranishi,  ya’ni  valyutalar  bo’yicha  aktiv  va 

passivlar mos emasligi oqibatida zarar ko’rish ehtimoli valyuta riski sifatida talqin etilmoqda. 

Valyuta  kursi  foiz  stavkalari  harakati  bilan  belgilanadi.  Foiz  stavkalariharakati  esa, 

asosan  kredit  riski  ta’sirida  kechadi.  Bu  holat  valyuta  riski  transferi  va  transformatsiyasini 

aynan  kredit  riski  belgilab  berishini  anglatadi.  Aniq  bir  valyutaga  bo’lgan  talab  uning 

jozibadorligi  orqali  aniqlanganda,mazkur  mamlakat  riski  yuzaki  baholanganligi  namoyon 

bo’ladi. Investorlar kamriskli deb, hisoblagan valyutalar misolida shunday baholashning salbiy 

oqibatlari yaqqol kuzatilganligini qayd etish mumkin.Iqtisodiy adabiyotlarda xorijiy valyutada 

aks ettirilgan talab va majburiyatlar o’zaro mos emasligi sharoitida yuzaga keladigan risklarni 

ifodalash uchun «translation risk» (riskni ko’chirish) termini mohiyatan cheklanganligi bois, 

uningqo’llanilayotganini samarali deb bo’lmaydi. 

Keyingi  yillarda  moliyaviy  instrumentlar  uchun  likvidlik  riski  ajratib  ko’rsatilmoqda. 

Ammo,  ularni  har  qanday  narxda  sotish  imkoniyati  cheklanganyoki  narxi  ijobiy  kattalikda 

bo’lmagan holatlarda kuzatiladigan ushbu riskstandart bozor riskining xususiy bir ko’rinishi 

ekanligini  qayd  etish  o’rinlidir.  Bizning  nazarimizga  ko’ra,  moliyaviy  instrumentlarning 

likvidlikriskidan farqli ravishda riskning alohida boshqa turini ajratib ko’rsatishasosli emas. 

 


Download 284,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish