Молия ва молиявий муносабатларнинг характерли белгилари


Davlatdan tashqari moliyaviy nazorat ikkiga bo'linadi



Download 48,71 Kb.
bet2/2
Sana30.11.2022
Hajmi48,71 Kb.
#875617
1   2
Bog'liq
faqat 64-19 talabalari uchun

Davlatdan tashqari moliyaviy nazorat ikkiga bo'linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik)1M . Moliyaviy nazoratning davlat va davlatdan tashqari sohalari nazoratni amalga oshirish metodlari o'xshashligiga qaramasdan, pirovard maqsadlariga ko'ra bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushirishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatiarini minimallashtirish bo'lsa, bunga qarama-qarshi ravishda davlatdan tashqari moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatiarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o'zida moJiyaviy nazorat
Молиявий назоратни ташкил этишнинг асосий принциплари.
Ana shu asosiy prinsipiardan amaliy yo'nalish kasb etuvchi quyidagi boshqa moJiyaviy nazorat prinsipiari kelib chiqishi mumkin: • natijalilik; • nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi; • nazorat sub'ektlarining sotib olinmasligi; • tekshirish va taft ish hujjatlarida keltirilgan ma'lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi; • preventiviik (moliyaviy buzilmaiar ehtimolining ogohlantiruvchanligi); • moliyaviy jinoyatlar bo'yicha shubhalaniiayotgan shaxsiarning sudgacha aybsizlik prezumpsiyasi; • turli nazorat organiari faoliyatiarining muvofiqiashtiruvchaniigi; • va boshqalar.



  1. Молиявий назоратни амалга ошириш бўйича турлари.

Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub'ektlarga ko'ra uning quyidagi turlari mavjud': • umumdavlat moliyaviy nazorati; • idoraviy moliyaviy nazorat; • xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat; • jamoatchilik moliyaviy nazorati; • mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'rnitasi, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlar tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo'yicha davlat va jamiyat manfaatlarini ta'minlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan am alga oshirilib, shu idoraga bo'ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o'tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob'ekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo'jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati davlatdan tashqari tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat ob'ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o'tkaziladi.


Молиявий назоратни амалга ошириш жараёнида фойдаланиладиган методлар.


Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida quyidagi metodlaridan foydalaniladi: • tekshiruv; • tadqiq etish; • nadzor (nazorat); • moliyaviy holat tahlili; • kuzatish (monitoring); • taftish. Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatJari asosida moIiyaviy faoliyatining alohida masalalari bo'yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularga barham berish choralari belgilanadi. Tekshiruv korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg'i va energiyalarning sartlanish hajmlari nazorat tarzida o'1chanadi. Shuningdek, tadqiq etish so'rash, kuzatish va inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma'lum bir turiga (masalan, sug'urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub'ektlar ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U qoidalar va normativlarning buzilishi litsenziyaning bekor qilinishiga olib keladigan u o'rnatilgan holatlar ustidan nazorat qilishni ko'zda tutadi. Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo'jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o'rganishni ko'zda tutadi. Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatIi usullarini qo'llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliyaxo'jalik faoliyatini o'zaro bog'langan umumiy tekshiruvidan iboratdir. Taftish tekshirilayotgan ob'ekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilishlarni topish uchun, ya' ni sodir etilgan xo'jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma'lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.



  1. Молиявий ва хўжалик операцияларининг қамралиб олиниши даражасига кўра тафтишларнинг турлари.

MoJiyaviy va xo'jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko'ra taftishlar quyidagi uch guruhga bo'linadi: • yoppasiga taftish; • tanlanma taftish; • kombinatsiyalashtirilgan taftish. Yoppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida faoliyatning ma'ium bir qismidagi barcha operatsiyalar tekshirilishini taqoza etadi. Tanlanma taft ish u yoki bu vaqt oraJig'ida birlamchi hujjatlar bir qismini tekshirishdan iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi, kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga o'tiladi. Kombinatsiyalashtirilgan taftishning bir qismi yoppasiga, boshqa bir qismni esa tanlanma metod bilan tekshirilishini nazarda tutadi. Bu narsa yuqori darajadagi hujjatlarning aylanishi va yirik xo'jalik operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub'ektlar faoliyatini taft ish qilishga imkon beradi O'tkazilgan taftish asosida hujjat rasmiylashtiriladi. Unda kamchiliklami bartaraf etish, moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralari belgilanadi.

  1. Президент админитрацияси, Вазирлар Маҳкамаси, Ҳисоб палатасининг молиявий назоратни амалга ошириш борасидаги вазифалари.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, awalambor, respublika va mahalliy byudjetlami, davlatning maqsadli byudjetdan tashqari fondlarining loyihalarini ko'rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasi 78- moddasining 8-bandiga rriuvofiq O'zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo'yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o'matadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqaiarga ajratiladigan byudjet mabiag'iaridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetiarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohaiarda byudjet mabiag'laridan foydalanish ustidan nazoratni amaiga oshirish yuklatilishi mumkin. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga daviat va ijroiya hokimiyat boshlig'i sifatida katta vakoiatlar beriigan. Respublika Konstitutsiyasi 93- moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob paiatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi. Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan21 • U mustaqil va ob'ektiv organ bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi



  1. Молия вазирлиги, Марказий банк, Давлат солиқ қўмитаси, Давлат божхона қўмитаси ва бошқа давлат органларининг молиявий назоратни амалга ошириш борасидаги вазифалари.

Daviat moliyaviy nazorati tizimida Q'zbekiston Respublikasi MoIiya Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soIiq qo'mitasi va ularning quyi organiari alohida o'rin tutadi. MoIiya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi belgiJangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Moliya organlarining ko'p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko'rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini to'plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi.


O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo'yicha quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan: I) respublika vazirliklari, qo'mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qo'yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa choratadbirlarning moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 2) qimmatli qog'ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog'ozlar emissiyasi va harakatini nazorat etish, moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish; 3) respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan, shuningdek barcha ko'rinishdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda ulardan boshqa maqsadlar Uumladan eksport) uchun foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviyxo'jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish
Davlat soliq qo'mitasi o'z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqlidir: 1) Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq boshqa tekshiruv va nazorat organlarini jalb etgan holda, mulkchilikning barcha shakllaridagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviyxo'jalik faoliyatini tekshirish; 2) coliq to'lovchilarda Uumladan soliq to'lovchilar bilan bog'langan qarshi sub'ektlarda) moliyaviy hujjatlar, shartnomalar, smetalar, soliqlarni hisoblab yozish va to'lash hamda eksport-import bilan bog'liq bo'lgan hujjatiami hujjatiar asosida tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha zarur bo'lgan tushuntirish, ma'lumotnoma va ma'lumotlarni olish; 3) savdo, tovarlami sotish va xizmat ko'rsatish, aksiz spirtli ichimlik vd tamaki mahsulotiarini realizatsiya qilish va markalash qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mabJag'larining to'liq kirim • qilinishi, nazorat-kassa apparatiarini qo'llash qonunchiligiga rioya etilishi va boshqalarni nazorat qilish.



  1. Ички фирмавий (корпоратив) назорат, тижорат банклари томонидан мижоз-ташкилотлар устидан назорат, аудиторлик назоратлари.

Ichki firmaviy moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma" korporatsiyalar o'zining iqtisodiy xizmatlari, ya'ni buxgalteriya, moliya bo'limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tomonidan o'z korxonasi, filiallari va shu'ba tuzilmaIarining moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pui mablag'iari (shaxsiy, qarziy, jail> etilgan) ishiatilishidagi samaradorlik va maqsadga muvofiqlikni kuzatadi, rejaiashtirgan moJiyaviy natijaiar bilan haqiqiy moliyaviy natijalarni qiyoslab, tahlil qiladi, investitsion loyihalar natijalariga moliyaviy baho beradi, korxonaning moliyaviy holatini nazorat qiladi. Ichki nazorat kapitalni investitsiyalashtirishga bog'liq barcha jarayonlarni kuzatib boradi. Ichki nazorat ko'rinishlaridan biri bo'lgan va «post-audit» nomini oigan nazorat biznes-rejaning moliya bo'limidagi ishlab chiqarish-investitsiya faoliyatidagi har bir bosqichda rejalashtiriigan moliyaviy natijani haqiqiy holat bilan taqqoslash, ulami nomuvofiq kelish sabablarini aniqlash va bartarar etish, chiqimlarni kamaytirish va moliyaviy rejaiashtirish metodlarini yaxshilash yo'llarini qidirishni anglatadi.





  1. Давлатнинг молиявий салоҳияти ва унинг хўжалик юритувчи субъектлар молияси билан ўзаро боғлиқлиги.



Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub'ektlari va aholining pul daromadlari hamda jamg'armalari asosida shakllanib o'zaro bog'langan quyidagi bo'g'inlardan tashkil topadi: • respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat unitar Xo'jalik yur:ituvchi sub'ekt (XYuS)lari va davlatning ishtirpkidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag'lar, uyro'zg'or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati - inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko'rinishidagi milliy boylik hajmini kiritish mumkin; • xususiy XYuSlarning moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlari yig'indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli qo'yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar, pul mablag'lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog'liq.
Download 48,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish