“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Foiz stavkasi va inflyatsiya



Download 6,94 Mb.
bet134/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Foizstavkasi va inflyatsiyadarajasi (2000-2019)

Yil

3 oylik g’azna cheklari %

30 yillik g’azna obligatsiyalari %

30 yillik korporativ obligatsiyalari %

inflyatsiya darajasi %

2000

3.43

7.67

8.14

3

2001

3

6.59

7.22

3

2002

4.25

7.37

7.97

2.6

2003

5.49

6.88

7.59

2.8

2004

5.01

6.71

7.37

2.9

2005

5.06

6.61

7.27

2.3

2006

4.78

5.58

6.53

1.6

2007

4.64

5.87

7.05

2.2

2008

5.82

5.9

7.62

3.4

2009

3.4

5.49

7.08

2.8

2010

1.61

5.43

6.49

1.6

2011

1.01

4.93

5.66

2.3

2012

1.37

4.86

5.63

2.7

2013

3.15

4.51

5.23

3.4

2014

4.73

.91

5.59

3.2

2015

4.36

4.8

5.56

2.9

2016

1.37

4.28

5.63

3.8

2017

0.15

4.08

5.31

-0.4

2018

0.14

4.25

4.94

1.6

2019

0.05

3.91

4.64

3.2

Mablag’

3.85

6.14

7.00

2.92
Quyidagi ma’lumotlar berilgan:

  • bir necha ko’rsatkichlar orqali ifodalangan tenglama uchun 30 yillik G’azna obligatsiyalar 5.43 foiz, 30 yillik “AAA”ni korporativ obligatsiyalari 6.71% hamda inflyatsiya 2.33 % berilgan.

    Nominal foiz stavkasi

    =

    erkin real foiz stavkasi + inflyatsiya mukofoti + mukofot riskini bajarmaslik +
    yetilgan risk mukofoti + likvidlilikning risk mukofoti

  • real risk- daromadning real darajasi 3 oylik g’azna cheklari va inflyatsiya darajasiga qaraganda turlicha.

  • belgilangan risk mukofoti “AAA” kompaniya va 30 yillik G’azna obligatsiyalari o’rtasidagi farqqa ko’ra baholandi.

  • ao’ndirish riski mukofoti esa 30 yillik g’azna obligatsiyalar va 3 oylik gazna cheklari o’rtasidagi farqqa ko’ra baholandi.

  • “Lolazor” obligatsiyalari Nyu York obligatsiyalar birjasida sotiladi, shunday qilib likvidlik riski mukofoti yengil bo’ladi. u noldan balanroq bo’ladi. Firma obligatsiyalari uchun o’rta bozor boshqa taqinchoq sotuvchilariga qaraganda ancha ishonchsizdir, u asosiy 4 punkt bo’yicha baholandi. Har bitta punkt yuz foizdan bir foiz ni tashkil qiladi.

  • endi o’z ma’lumotlaringizni tenglamaga qo’ying, shu tarzda nominal foiz stavkasi baholanib, har bir o’zgaruvchi o’lchami “Lolazor” bilan maslahatlashib diqqat bilan ko’rib chiqilishi mumkin.



MOLIYAVIY BOSHQARUV




    1. EKSPERTDAN SO’RANG

Faraz qilamiz, siz juda ham ko’pchilik foydalanadigan “Moliya savollari: Ekspertdan so’rang” moliyaviy blogi mualliflaridan birisiz. Sizning vazifangiz foydalanuvchilarning moliyaviy sohasi bo’yicha savollariga javob berishdan iborat. Bu hafta siz o’quvchilaringizdan dividendlarga bog’liq 2 savol murojaatini oldingiz.



  1. savol: Men “YUKSALISH” korporatsiyasining 8 foiz oddiy aksiyalariga egaman, yaqinda uni har bir aksiyaga $ 98 to’lab sotib oldim. Korporatsiya 1 aksiyaga 2 ta aksiya (split) tarzida bo’linishini reja qiliganini e’lon qildi.

  1. aksiya splitidan so’ng mening moliyaviy holatim hozirgiga nisbatan qanday bo’ladi? (ishora: faraz qilamiz aksiya narxi ham proporsional tarzda tushadi)

  2. moliya bo’yicha ijrochi vitse prezidentning fikricha aksiya narxi splitga mutanosib tushmaydi va 45 foizga tushib splitdan avvalgi optimal narx darajasidan yuqori bo’ladi. Agar u haq bo’lib chiqsa, splitdan mening daromadim qanchaga teng bo’ladi?

  1. savol: Siz “LIVE” korporatsiyasi direktorlari kengashidasiz va $550000 dividend to’lashni e’lon qildingiz. Hozirda 275000 aksiya amalda va har bir aksiyadan daromad $6ga teng. Sobiq dividend sanasidan so’ng aksiyani $45ga sotishingiz mumkin. Dividendni to’lab berishning o’rniga menejment aksiyani qayta sotib olmoqchi.

  1. agar qayta sotib olish narxi taklif etilgan dividendga teng bo’lsa nima qilish kerak? (Ishora: soliq ta’sirini hisobga olmang)

  2. kompaniya qancha aksiya sotib olishi zarur?

Siz kichik aksiyadorlarni chiqarib tashlamoqchisiz. Agar kimdir 100 aksiyaga ega bo’lsa, u kompaniya dividend to’lashi yoki aksiyani qayta otib olishdan qaysi birini afzal ko’rar edi?
    1. Masalalar




  1. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning bo’lajak qiymatini (FV) aniqlang.

n

i

PV

FV

PMT

5 yil

12 %

0

?

150




  1. Suhrob bankka 22500000 so’mni ma’lum muddatga yillik 13% dan omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1309613 so’m hisoblangan foizlarni taqdim etdi. Berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda quydagilarni aniqlang:

  1. murakkab foiz formulasidan foydalangan holda omonat muddatini aniqlang;

  2. Suhrob har oy 125657 so’mdan olish uchun yillik necha foizdan o’z mablag’ini bankka omonatga qo’yish zarur.

  1. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning keltirilgan qiymatini (PV) aniqlang.




n

i

PV

FV

PMT

13 yil

7 %

?

0

275 $




  1. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitet to’lovini aniqlang (PMT) aniqlang.




n

i

PV

FV

PMT

25 yil

3 %

0

265423 $

?




  1. Quyidagi pul tushumlarining sof keltirilgan qiymatini hisoblab chiqing: Siz bugun 30000 dollar investitsiya qilasiz va bir yildan keyin 2000 dollar, ikki yildan keyin 8000 dollar va joriy yildan boshlab 7 yil davomida har yili 10000 dollardan olib turasiz. Faraz qiling, foiz stavkasi yiliga 8%ni tashkil etadi.

  2. Jahongirning bankdagi omonati bo’yicha foizlar har yili o’zgaradigan “suzuvchan” foiz stavkalari asosida yoziladi. Jahongir bankdagi hisob raqamiga

uch yil avval 20000 dollar qo’ygan. U vaqtda yillik foiz stavkasi 7% ni tashkil etgan. O’tgan yili foiz stavkasi atigi 6% bo’lgan va joriy yili stavka yana tushdi – bu safar 5% gacha pasaydi. Joriy yilning so’ngida uning hisob raqamida qancha pul bo’ladi?

  1. Nozimjonning bankdagi omonati bo’yicha foizlar har yili o’zgaradigan “suzuvchan” foiz stavkalari asosida yoziladi. Jahongir bankdagi hisob raqamiga besh yil avval 30000 dollar qo’ygan. U vaqtda yillik foiz stavkasi 8% ni tashkil etgan va ikki yil amal qilgan. Keying ikki yil davomida foiz stavkasi 6% bo’lgan va joriy yili stavka yana tushdi – bu safar 4% gacha pasaydi. Joriy yilning so’ngida uning hisob raqamida qancha pul bo’ladi?

  2. Faraz qilaylik, ikki yildan keyin mashina sotib olish uchun birinchi badalni to’lashga Sizga 2500 dollar kerak bo’lishini bilasiz.

  1. “ABC” bank ikki yillik omonat bo’yicha yiliga 4%, “XYZ” bank esa ikki yillik omonatlar bo’yicha yiliga ikki marta hisoblash sharti bilan 2 % taklif etayapti. Agar ikki yildan keyin Sizga 2500 dollar kerak bo’lishini bilsangiz, oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun “ABC” bankka qancha pul qo’yish kerak? Shuningdek, “XYZ” bankka qancha pul qo’yish kerak? Qaysi bankni tanlaysiz?

  2. Sizga pullar uch yildan keyin kerak. Bugun “ABC” bankka qancha pul qo’yish kerak? XYZ” bankka qancha?

  1. Hisob-kitoblarga ko’ra Alisher Navoiyning tadbirkorlik faoliyatidan kunlik topgan mablag’i taxminan 11,25 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan. Agar u bu mablag’ini 30 % ini xayriya va 20 % ini soliq uchun ajratgan bo’lsa, qolganini reinvestitsiya qilgan. Endi siz Alisher Navoiyni tadbirkorlik faoliyati bilan 20 yil shug’ullanganini hisobga olib, 20 yil davomida to’plangan mablag’ni aniqlang. Faraz qiling, 1500-yilda bank mavjud bo’lsin. Agar Alisher Navoiy to’plangan pulni yiliga 3% evaziga bankka qo’ygan bo’lganda, 2018-yilga kelib, ya’ni 518 yildan keyin murakkab foizlarni inobatga olgan holda buyuk shoirning hisob raqamida qancha pul bo’lar edi?

  2. To’rt yil davomida har yili Sizga 1500 dollar kelib tushishini ta’minlaydigan va shu muddat oxiriga kelib mablag’i umuman tugaydigan jamg’arma tashkil etishingiz lozim. Agar foiz stavkasi yiliga 13% bo’ladigan bo’lsa, bugun bankka necha pul qo’yishingiz kerak?

  3. Buvangiz Sizga 25 mln.so’m miqdorida meros qoldirdi. Siz shu pullarni yiliga 14% evaziga investitsiya qilishingiz mumkin. Agar olingan merosdan har yili 3,65 mln.so’mdan sarflaydigan bo’lsangiz, meros qoldirilgan pullar necha yilga yetadi?

  4. Siz “Omad-lotto” o’yinidan 42 mln. so’m jekpot yutib oldingiz. Siz shu pullarniyiliga 22 % evaziga investitsiya qildingiz. Agar investitsiya qilingan

mablag’dan har yili 2,7 mln.so’mdan sarflaydigan bo’lsangiz, pullar necha yilga yetadi?

  1. Siz Toshkent moliya institutiga o’qishga kirganinggiz uchun buvingizdan 750 dollar miqdorida sovg’a oldingiz va bu pullarni o’qishni to’rt yildan keyin tugatishingizgacha saqlab qo’ymoqchisiz. Siz bir yillik omonat bo’yicha yillik 8% to’laydigan “A” bank va bir yillik omonat bo’yicha yarim yillik 4 % to’laydigan “B” bankdan birini tanlashingiz kerak. Ikkala bank har yili murakkab foizlar yozadi.

  1. Pullaringizni “A” bankka qo’ysangiz, omonatingizning bo’lajak qiymati to’rt yildan keyin qancha bo’ladi? “B” bankka qo’ysangizchi? Qaysi qaror ko’proq foyda keltiradi?

  2. Ko’pchilik odamlar omonat borasida qanday qarorga keladilar? Ular “B” bankka qanday munosabatda bo’ladilar?

  1. Faraz qilaylik, har yil bankka 1000 dollardan omonat qo’yasiz. Agar foiz stavkasi yillik 10 %ga teng bo’lsa, ikki yildan keyin pulingiz qancha bo’ladi? Uch yildan keyinchi? Yetti yildan keyinchi?

  2. Faraz qilaylik, har oy 100 dollardan omonat qo’yasiz. Agar foiz stavkasi yillik 8 %ga teng bo’lsa, ikki yildan keyin pulingiz qancha bo’ladi? Uch yildan keyinchi? Yetti yildan keyinchi?

  3. Yilda hisoblanadigan foiz stavkasi 12% bo’lishi va foizlar har oy yozilishi sharti bilan qarz oldingiz. Amaldagi yillik foiz stavkasi qanday bo’ladi?

  4. Ahror bankka 23103000 so’mni ma’lum muddatga yillik 13% dan omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1298613 so’m hisoblangan foizlarni taqdim etdi. Berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda quydagilarni aniqlang:

  1. murakkab foiz formulasidan foydalangan holda omonat muddatini aniqlang;

  2. Ahror har oy 121657 so’mdan olish uchun yillik necha foizdan o’z mablag’ini bankka omonatga qo’yish zarur.

  1. Faraz qilaylik, ijtimoiy ta’minot shartlariga muvofiq 3% miqdoridagi real daromadlilik stavkasi 40 yil davomida o’zining 30000 dollar miqdoridagi bir yillik maoshining 10 foizini shu maqsadga yo’naltiradigan fuqarolar uchun belgilangan. Agar pensiya to’lovi 20 yil davomida amalga oshiriladigan bo’lsa, u holda pensionerlarga har yillik to’lovlar miqdori qancha bo’lishi kerak?

  2. G’ani bankka 26000000 so’mni ma’lum muddatga yillik 20% dan omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1309613 so’m hisoblangan foizlarni taqdim etdi. Murakkab foiz formulasidan foydalangan holda omonat muddatini kunlarda aniqlang.

  3. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning bo’lajak qiymatini (FV) aniqlang.

n

i

PV

FV

PMT

12 yil

11 %

0

?

270




  1. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning keltirilgan qiymatini (PV) aniqlang.




n

i

PV

FV

PMT

22 yil

3 %

?

0

610 $




  1. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitet to’lovini aniqlang (PMT) aniqlang.




n

i

PV

FV

PMT


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish