JPK. Sharh 1. Жиноий йўл билан орттирилган мол-мулк пулдан, буюмлар ва бошқа бойликлардан иборат бўлиши мумкин.
2. Шарҳланаётган моддада жиноий йўл билан орттирилган мол-мулк суднинг ҳукмига биноан биринчи галда жиноят натижасида етказилган мулкий ва маънавий зарарни ундиришга қаратилиши ва ундан ортиб қолгани эса давлат фойдасига ўтказилиши зарурлиги белгиланган.
3. Жиноят нарсаси бўлмиш мол-мулк учинчи шахс томонидан арзон нархда сотиб олинган бўлиб, дастлабки тергов ёки суд муҳокамаси жараёнида бу шахсдан қайтариб олинганда, ушбу мол-мулкни сотиш йўли билан орттирилган пул, буюмлар ва бошқа бойликлар суд ҳукми билан давлат эгалигига ўтказилади.
4. Жиноят нарсаси бўлган мол-мулкни ҳалол йўл билан сотиб олган шахс, уни эгасига қайтарилиши натижасида ўзига етказилган зиённи ундириш ҳақида маҳкумга нисбатан фуқаровий суд ишларини юритиш тартибида даъво қўзғатиш ҳуқуқига эга. Унга бу ҳуқуқ тушунтирилиши керак (ЖПКнинг 64-моддаси шарҳига қаранг).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi.
Agar jabrlanuvchi pora talab qilinganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan bo‘lib, tezkor tadbir davomida jabrlanuvchining mulkidan pora predmeti tariqasida foydalanilgan bo‘lsa, ushbu mulk Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasining 4-bandiga asosan jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim, boshqa holatlarda pora predmeti sud hukmi bilan davlat egaligiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-son “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 31-bandi,
JPKning 471-moddasi talabiga ko‘ra, ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni, qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’vo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash to‘g‘risidagi qarorni, ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar to‘g‘risidagi qarorni, protsessual chiqimlar to‘g‘risidagi qarorni, shuningdek hukm ustidan apellatsiya va kassatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi va muddatlarini o‘z ichiga olishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof muhitni muhofaza kilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 14-bandining birinchi xatboshisi,
Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish haqidagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlanuvchiga tegishli jinoyat qurollari, shu jumladan, avtomashina, motosikl va qayiqlar, agar jinoiy harakat ular yordamida amalga oshirilsa yoki sodir etilishi osonlashtirilsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq musodara qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 37-bandining uchinchi xatboshisi,
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘rilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini o‘ziga olgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 31-bandi,
Amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan yoki tugatilgan hollarda fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari, ashyoviy dalillar taqdiri to‘g‘risidagi masalalar sud tomonidan JPK 401-moddasi birinchi qismi, 211-moddasi 1 — 4, 6-bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hal etiladi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 12-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 39-bandining uchinchi xatboshisi,
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘rilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini o‘ziga olgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 22-bandining birinchi xatboshisi.
Aqli noraso yoki jinoyat sodir etilganidan so‘ng ruhiy kasallikka chalingan deb topilgan shaxslarga doir ishlar bo‘yicha ashyoviy dalillar masalasi sudlar tomonidan JPK 211-moddasi talablariga monand hal etilishi lozim.
JPK. 5391-modda. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish
Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalar fuqarolik protsessual qonunchiligida hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |