Milliy hunarmandchilik va kulolchilik fakulteti



Download 100,62 Kb.
bet2/3
Sana25.06.2021
Hajmi100,62 Kb.
#101516
1   2   3
Bog'liq
Abduraxmonova Farzona

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O„zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g„oyasi Respublika Konstitutsiyasida e‟tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko„tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o„rin egallashga yo„naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo„lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o„rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko„lamini hosil qilish, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta‟limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog„liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug„ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta‟minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog„liqdir.

Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya‟ni, uzluksiz ta‟lim tizimi xodimlari, pedagog-o„qituvchilar tomonidan zamonaviy ta‟lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta‟lim jarayonida samarali qo„llay olishlari, shuningdek, ta‟lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.

    1. Pedagogik texnologiyalarning konseptual rivojlanishivauni o„quv-tarbiya jarayonida qo„llash zaruriyati


XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur‟ati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g„oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta‟minladi. Xizmat ko„rsatish sohalarining paydo bo„lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o„z navbatida ularni qisqa muddatda va sifatli qondirilishini ta‟min etuvchi faoliyatning yo„lga qo„yilishini taqozo etdi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo„lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig„ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. Moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo„jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko„rsatish va boshqalar)da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondoshuv an‟anasi yuzaga keldi. Texnologik yondoshuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich)dan mahsulotni iste‟molchiga yetkazib berishgacha bo„lgan (so„nggi bosqich) davrni o„z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida e‟tirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondoshuv muayyan sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta‟minlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo„ladi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilg„or, yuksak texnologiyalarning tadbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan, ilm- fan hamda texnikaning so„nggi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaviy mablag„lar va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxasssislarning mavjudligi bu boradagi yutuqlarni kafolatlaydi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg„or texnologiyalarni qo„llash shartlaridan biri - malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligidan ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida yetakchi o„rin tutgan g„oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojiga o„z ta‟sirini o„tkazsa, o„z navbatida, iqtisodiy o„sish aholining madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi.

Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko„lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur‟atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o„quvchiga yetkazib berishni yo„lga qo„yish ta‟lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta‟lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.

XX asrning 50-yillarida ta‟lim jarayonida texnik vositalarni qo„llash «ta‟lim texnologiyasi» yo„nalishini belgilab beruvchi omil deya e‟tirof etildi, asosiy e‟tibor o„quvchilar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig„imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta‟lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob‟ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o„quv jarayonini «texnologiyalashtirish»ning tashkiliy jihatlarini o„rganishga alohida urg„u berildi.

60-yillarning boshlarida ta‟limni dasturlash asosida ta‟lim jarayonini tashkil etish «texnologiya» tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko„rila boshlandi. Dasturiy ta‟lim o„quvchilarga muayyan bilimlarni alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta‟lim jarayonini yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQShda faoliyat

yurita boshlagan «Dasturiy ta‟lim va o„rgatuvchi mashinalar bo„yicha birlashgan Qo„mita» tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta‟lim o„zida ta‟lim maqsadlari, ularni o„zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta‟lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi.


    1. Pedagogik texnologiyalar tendensiyasining dolzarbligi


Bizga yaxshi ma‟lumki, har bir nazariya o„zining metodologik asoslariga ega bo„ladi. Ta‟lim texnologiyasi nazariyasining ilk g„oyalari ilgari surilgan davrlardayoq mazkur nazariyaning asoslari ham yaratila boshlangan. Ta‟lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslarini uning maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, ob‟ektiv (tashqi) hamda sub‟ektiv (ichki) omillari, ob‟ekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi.

Ta‟lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslari mohiyati xususida so„z yuritish uchun «ta‟lim texnologiyasi» tushunchasining tub ma‟nosini anglash talab etiladi.«Texnologiya» yunoncha so„z bo„lib, «techne»-mahorat, san‟at hamda

«logos»-tushuncha, ta‟limot so„zlarining birikmasidan hosil bo„lgan. «Ta‟lim texnologiyasi» tushunchasi esa lug„aviy jihatdan (inglizcha «an educational technology») ta‟lim (o„qitish) jarayonini yuksak mahorat, san‟at darajasida tashkil etish borasida ma‟lumotlar beruvchi fan (yoki ta‟limot) ma‟nosini anglatadi.

Alohida qayd etib o„tish joizki, ayni vaqtda ta‟lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g„oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.Yuqorida qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o„tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo„lsada, aynan «pedagogik texnologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondoshuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani «amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi» deya ta‟riflaydi hamda asosiy diqqatni o„quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. So„nggi o„n yil davomida nutqimizda «pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik texnologiya», «o„qitish texnologiyasi» kabi tushunchalar keng qo„llanmoqda.

Aksariyat pedagoglar «ta‟lim texnologiyasi» hamda «pedagogik texnologiya» tushunchalari mazmunan bir ma‟noni anglatishini ta‟kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda bunday yondoshuv u qadar to„g„ri emas hamda bu borada yagona to„xtamga kelish muhimdir.

Yuqorida qayd etib o„tilganidek, ta‟lim jarayonini texnologiyalashtirish g„oyasi G„arbiy Yevropa hamda AQShda yaratilgan edi. Bizga ma‟lumki, G„arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda «Pedagogika» fani mavjud emas, shu bois

«pedagogik faoliyat», «pedagogik tizim», shuningdek, ularga bog„liq ravishda yuzaga keluvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasi ham iste‟molda yo„q.

Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni «ta‟lim jarayoni» sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma‟lumotini oshirish, ta‟lim samaradorligini ta‟minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui «Metodika» deb yuritiladi. Metodika fanlarini o„qitishda asosiy e‟tibor ta‟lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta‟minlashga qaratiladi.

O„zbekiston Respublikasi (shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta‟lim tizimi amaliyotida o„qitilib kelinayotgan «Pedagogika» fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta‟minlashga yo„naltirilgan ta‟limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya‟ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat-ta‟limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi natijasi sifatida namoyon bo„ladi. Ayni o„rinda «pedagogik texnologiya» hamda «metodika» tushunchalarining tavsifi, o„ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir.

Rivojlangan mamlakatlar ta‟lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini

ta‟minlovchi yetakchi omil sifatida ta‟lim jarayoni e‟tirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida ta‟lim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg„u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu borada ustuvor bo„lishi lozim, chunki o„zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishni ta‟minlaydi, axloqli insongina ta‟lim (bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning asosiy kategoriyalaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g„oyani

ilgari suramiz. Shunday ekan, bu o„rinda «pedagogik texnologiya» tushunchasining qo„llanilishi, shuningdek, asosiy e‟tiborni faqat ta‟lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham ta‟lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta‟minlashga birdek qaratish lozimdir.

O„qituvchining samarali faoliyat ko„rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o„laroq, ta‟lim texnologiyasi o„quvchilar faoliyatiga nisbatan yo„naltirilgan bo„lib, u o„quvchilarning shaxsiy hamda o„qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o„quv materiallarini mustaqil o„zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Xalq xo„jaligining moddiy ishlab chiqarishga asoslangan sohalarida qo„llanilayotgan texnologiyalar mohiyatini o„rganish hamda muammo doirasida nashr etilgan risolalar mazmuni bilan tanishish «pedagogik texnologiya» ta‟lim- tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to„g„risidagi fan ekanligini e‟tirof etish imkonini berdi. Bizga yaxshi ma‟lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo„lib, u o„ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta‟lim texnologiyasi o„quvchining ta‟lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo„lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo„lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta‟lim texnologiyasidan farq qiladi.

Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o„ziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g„oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik:

  1. tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;

  2. tarbiyani tashkil etishga bo„lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag„bat);

  3. tarbiya maqsadi;

  4. tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);

  5. o„qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;

  6. o„quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;

  7. tarbiya samarasi (natija).

Pedagogik texnologiya o„zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

  1. Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish, optimallashtirishga bo„lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.

  2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta‟lim-tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo„ladi.

  3. Pedagogik texnologiya ta‟lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir.

  4. Pedagogik texnologiya yo„naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya‟ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.

  5. Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo„lib, muayyan

texnologiyalarni ta‟lim-tarbiya jarayonida qo„llashga nisbatan yagona, qat‟iy, me‟yoriy (standart) talablar qo„yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta‟lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart- sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

  1. Pedagogik texnologiya o„zida ta‟lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi.

Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo„lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o„quvchining mustaqilligini ta‟minlash, o„qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.

    1. Pedagogiktexnologiyalar – pedagogik faoliyatning ustuvor omili ekanligi


«Pedagogik texnologiya» doirasida aniqlanib olinuvchi maqsadlarning empirik tahliligina beriladi. Ta‟lim maqsadlari borasida olib borilgan tahlil empirik tavsifda «texnologik» ishlanmalarning didaktik jihatdan to„laqonligi bo„lmasligini ko„rsatadi. Umumiy didaktik maqsadlarning «texnik» deduksiyasi «pedagogik texnologiya»ning didaktik imkoniyatlarini ko„rsatuvchi muhim jihat hisoblanadi.

Ta‟lim maqsadlarining tahliliy bayonidan tashqari muayyan o„quv jarayoni uchun ta‟lim uslublarini tanlashning muhim sharti sifatida o„quvchilarning bilim darajalarini oldindan tashhislash, ularning ko„nikma va malakalarini mavjud me‟yoriy talablar bilan taqqoslash e‟tirof etiladi.

Ta‟lim jarayonining borishi o„quvchilarning belgilangan maqsad yo„lida harakat qilishlarini uzluksiz nazorat qilishni ko„zda tutadi. Mazkur jarayon texnologik ta‟lim tizimining yuqori darajali imkoniyatlarini ochib beradi.

Pedagogik texnologiya ta‟lim maqsadiga tashkiliy-uslubiy vositalar yordamida erishish mumkinligini ifodalaydi. Agar texnologik tizimlarda asosiy e‟tibor bilimlarni uzatish va o„quvchilar tomonidan o„zlashtirilgan bilimlar darajasini aniqlash maqsadida nazoratni yo„lga qo„yish borasidagi harakatlar tizimini ishlab chiqishga yo„naltirilgan bo„lsa, uslublar majmuasini tanlash asosan empirik asosda amalga oshiriladi.

Texnologik yondashuvning yana bir xususiyati bo„lgan davriy ketma-ketlik pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini yoritishga xizmat qiladi va rejalashtirilgan standart natijalarga erishish imkonini beradi. Ta‟limning to„laligicha standartlashtirishga yo„naltirilganligi texnologik yondashuvga xos bo„lib, u didaktikada ta‟limning asosiy jihatlaridan biri sifatida e‟tirof etiluvchi va keyingi yillarda butun jahon pedagogikasining tadqiqot ob‟ektiga aylangan o„qituvchi hamda o„quvchi o„rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar mazmunini ifodalaydi.

Bosqichlar ketma-ketligining mohiyati o„qituvchi harakatlarining davriy, takrorlanuvchanligini ifodalaydi. Bosqichlarning bir-biriga muvofiq ravishda



ketma-ket kelishi o„qituvchi harakatining muayyan maqsad, aniq nazorat usullari hamda ta‟lim shakli asosida bir necha marotaba takrorlanib borishi hisobiga nihoyasiga yetkazilishini anglatadi.

Bunday yondoshuv ta‟lim samaradorligiga erishish, ta‟lim jarayonining mazmunini, o„quvchiga ilmiy bilimlarni turli vositalar yordamida yetkazib berishni nazarda tutadi. Umumpedagogik tamoyil nuqtai nazaridan ta‟lim natijasi samarali ravishda o„zlashtiriladigan bilim, o„qituvchi va o„quvchilarning birgalikdagi tadqiqotchilik faoliyati, bu borada orttirilgan tajriba hamda o„quvchilarda axloqiy- hissiy sifatlarning shakllanganligi bilan belgilanadi.

Ta‟lim maqsadlari, baholash mezonlari hamda ta‟limiy sharoitlarni takroriy hosil qilish asosida tarbiyaviy faoliyat jarayoniga ham pedagogik texnologiyalarni samarali tadbiq etish mumkin. Shu tarzda pedagogik texnologiyaning asl mohiyati namoyon bo„ladi, shuningdek, o„quv va tarbiyaviy faoliyat o„rtasidagi tafovut barham topadi. Ta‟lim texnologiyasi ta‟lim maqsadlarini aniqlashtirish, yaxlit jarayonni qismlarga ajratish, ta‟lim natijalarini standartlashtirish, ta‟lim jarayonidagi samarali teskari aloqa, avtomatlashtirish imkoniyatlarini takomillashtirish kabi muhim ta‟limiy muammolarni ijobiy hal qilish imkonini beradi. Mazkur muammolarni hal etishda mavjud pedagogik (avtomatlashgan va avtomatlashmagan) tajribani inobatga olish, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo„lish maqsadga muvofiqdir.

Pedagogik texnologiyaning rivojlanish istiqbollari uning nazariy asoslarini tanqidiy ravishda tahlil qilish, ta‟lim jarayoniga nisbatan samarali yondashuvning qaror topishi hisobiga ta‟minlanadi. Ya‟ni, ma‟lum vaqt oralig„ida pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini o„zgartirish bilan birga uning «muammo maydoni»ni ham o„zgartirish mumkin bo„ladi.

Ta‟lim jarayonini texnologik yondoshuv asosida tashkil etish bir qator didaktik vazifalarni ijobiy hal etishni taqozo qiladi. Chunonchi, didaktik maqsadlar ro„yxatini ishlab chiqish, ularga muvofiq ravishda ta‟lim jarayonini loyihalash, ta‟lim jarayonini loyihalashda yaxlit jarayon hamda uning bosqichlari o„rtasidagi muvofiqlikni ta‟minlash, o„quvchilar tomonidan ijtimoiy tajribaning to„laqonli

o„zlashtirilishi, barcha o„quvchilar bilim, ko„nikma va malakalari darajalarining tenglashuviga erishish va hokazolar.



Ma‟lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta‟limni rivojlantiruvchi tamoyillarga asoslangan bo„lib, o„quvchi shaxsini tarbiyalashga yo„naltirilmog„i lozim. Pedagogik texnologiya nazariyasining markazida ta‟lim jarayonining rahbari, ayni vaqtda, ushbu jarayonning ham sub‟ekti, ham ob‟ekti bo„lgan o„qituvchi va o„quvchilar turadilar. Shunday ekan, ushbu sub‟ektlar o„rtasidagi o„zaro hamkorlik, o„zaro muloqot, ularning bir-birlariga nisbatan ko„rsatadigan aks ta‟sirlari eng zamonaviy talablarga javob bera olishi zarur. Buning uchun o„qituvchi, eng avvalo, ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan qo„yiluvchi talablar, ta‟limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo„llari, o„quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u bilan hamkorlik qilish, uni o„qish va o„rganishga yo„naltirish, o„quvchi shaxsi faoliyatini to„g„ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va kelishmovchiliklarni birgalikda bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini hosil qilish, o„quvchi faoliyatini aniq va to„g„ri baholashga imkon beruvchi metodlar bilan qurollangan bo„lishi lozim.

Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jarayon borasida aniq tasavvurga ega bo„lishimizga imkon yaratadi. Shu bois biz quyida pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyati xususida so„z yuritmoqchimiz.

Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo„lishi bilan birga, quyidagi aynan o„zigagina xos bo„lgan tamoyillarga ham egadir.

Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili. Ushbu tamoyil ikki jihatni o„zida aks ettiradi:

  • ta‟lim, tarbiya hamda shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi;

  • pedagogik texnologiyaning muayyan, qat‟iy tizimga egaligi, «tizimlilik» tushunchasi bu o„rinda ham ma‟lum o„quv fanini o„qitish jarayoniga, ham umumiy ta‟lim jarayoniga xoslikni anglatadi.

Asoslilik (fundamentlik) tamoyili. Mazkur tamoyil fanlarning o„rganish ob‟ekti, ichki mohiyati va xususiyatlariga ko„ra turli yo„nalish (blok)larga bo„lib o„rganish afzalliklarini ifoda etadi. O„quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir o„quv fani uning uchun «yadro», «o„zak» sanaluvchi ma‟lumot (axborot)larga ega bo„lib, ushbu ma‟lumot (axborot)lar shaxs tomonidan fanlar asoslarining o„rganilishi, aniq mutaxassislik bo„yicha mustaqil bilim olish, o„zlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yo„lida tayanch tushunchalar bo„lib xizmat qiladi.

Bunday mohiyatli yondoshuv ma‟lum yo„nalish bo„yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi. O„quv fanlarining muayyan yo„nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan zo„riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini ta‟minlaydi.

Mohiyatli yondoshuv asoslantirishning muhim omili sanaladi. U, shuningdek, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlarni umumlashtirish tarzidagi sinergetik yondashuvni ham ko„zda tutadi.

Ta‟lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Tilga olingan har ikki tushuncha ham lug„aviy jihatdan (yunoncha humanus - insoniylik, humanitas -insoniyat), bir o„zakka ega bo„lsa-da, ularning har biri o„ziga xos ma‟nolarni ifodalaydi. Insonparvarlashtirish ta‟lim muassasalarida o„rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish - bu inson va jamiyat o„rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadr-qimmati, sha‟ni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jarayoni bo„lsa, insoniylashtirish «barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti) uchun» degan g„oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni sanaladi.

Ta‟lim jarayonini loyihalashtirishda har bir o„qituvchi ushbu tamoyilga qat‟iy amal qilishi lozim yoki o„z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda

uni jamiyat manfaatlari bilan uyg„un bo„lishiga e‟tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda pedagog o„quvchilar faoliyatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki ta‟limiy hamkorlik g„oyalariga sodiqlik asosida ta‟lim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytsak, ta‟limni insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta‟minlaydi. Ushbu holat o„z navbatida yuksak ma‟naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.

O„qitib tadqiq etish, tadqiq etib o„qitish tamoyili. Ushbu tamoyil quyidagi ikki jihatni yoritishga xizmat qiladi:

      1. ta‟lim muassasalarining har bir o„qituvchisi o„z fani sohasiga o„quvchilarni jalb qilgan holda tadqiqotlarni olib borishi lozim;

      2. o„qituvchi ta‟lim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliyotda sinab ko„radi, kuzatadi va tuzatishlar kiritadi, ya‟ni, u ta‟lim jarayonini tadqiq etadi.

O„qitish jarayonining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega bo„lib, u o„qituvchining kasbiy hamda pedagogik mahoratini oshirib borishga va o„quvchilarni bo„lajak mutaxassislik faoliyatiga puxta tayyorlash uchun zamin yaratadi.

Ta‟limning uzluksizligi tamoyili. Mazkur tamoyil o„quvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo„lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo„lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero, mavjud bilimlar har besh- o„n yil mobaynida o„zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak, mazkur tamoyil o„qituvchining o„z faoliyatida mustaqil ta‟limni tashkil etishga e‟tibor berishi, pedagog yetakchiligini ta‟minlagan ta‟limdan o„quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.

Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog„liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma‟noda izohlanadi:

  1. o„quvchilar o„zlashtirishi lozim bo„lgan bilimlar;

  2. ular tomonidan o„zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo„llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar.

Bilimlar faoliyat yuritish jarayonidagina mustahkamlanadi, shu sababli o„quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo„llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotdagi tadbiqiga ega bo„lmagan bilimlar tez orada unitilib yuboriladi.

Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari, ya‟ni, dastlabki qoidalari ana shulardan iborat. Ularga amal qilgan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish o„qituvchining pedagogik mahoratini oshib borishi, o„quvchilarning aqliy va axloqiy sifatlarni egallashlari, shuningdek, ularda shaxsiy tajribalarning hosil bo„lishiga zamin yaratadi.

Pedagogik texnologiyani o„quv jarayoniga faol tadbiq etish hisobiga ta‟lim jarayonining rag„bati (motivatsiyasi) kuchaytirilishi mumkin. Ma‟lumki, tayyor holda olingan bilimlar, odatda, ularni amaliyotda qo„llashni qiyinlashtiradi, bu ayniqsa, aniq masalalarni yechishda namoyon bo„ladi. Shuning uchun bilim, ko„nikma va malakalarni o„zlashtirishda o„quvchilarning bevosita faoliyat ko„rsatishlari talab etiladi. Bu muammoning yechimi boshqaruvga asoslangan pedagogik texnologiyaning qo„llanishi bilan bog„liqdir.


    1. Ta‟limni tashkil etishga nisbatan texnologik yondoshuv mazmuni


Zamonaviy ta‟limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta‟lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta‟lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo„llaniladigan an‟anaviy kategoriyalar bo„lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma‟lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo„yicha o„quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo„naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.

Uzoq yillar mobaynida qayd etilgan pedagogik kategoriyalar jamiyat

ijtimoiy talabi darajasidagi maqsadlarni ro„yobga chiqarish uchun yetarli bo„lib kelgan. Muayyan davrlarda bir guruh pedagoglar tomonidan barcha davrlarda amalga oshirilgan pedagog faoliyatning darajasi qoniqarsiz deya baholaganlar.

Ular, xususan, pedagogik tushunchalarga berilgan ta‟rif va tavsiflarning noaniqligi, ta‟lim jarayonlarini tavsiflovchi ba‟zi kategoriyalarning yetishmasligi, ta‟lim maqsadi, mazmuni, shakli, uslubi va o„qitish vositalari o„rtasida o„zaro uzviylikning mavjud emasligi kabi holatlarni doimiy ravishda tanqid qilib kelganlar. Ular tomonidan «metodika» tushunchasi yuqori darajadagi sub‟ektivlikka ega ekanligi ta‟kidlanadi. Haqiqatda esa ta‟lim natijalari o„quvchining pedagogik jarayonlaridan muvaffaqiyatli «o„tganligi» bilan belgilanadi.

Pedagogik jarayonning mohiyati - o„qituvchi hamda o„quvchining birgalikdagi faoliyati mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda pedagog o„quvchiga yuzaga kelgan qiyinchliliklarni yengishga yordam beradi. Pedagogik yordamning asosiy mohiyati pedagogik jarayonning tavsifi, uning ma‟lum maqsadga yo„naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalandi. Pedagog axborotlarni e‟lon qilish, ko„rsatish, eslatish, tushuncha yoki maslahat berish, yo„naltirish, haqqoniylashtirish, kengashish, bartaraf etish, hamdardlik qilish, ilhomlantirish, qiziqish va hurmatni izhor qilish, talabchanlikni qo„llab-quvvatlash kabi ko„rinishlarda yordam beradi.

Bu o„rinda ta‟lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va ishlab chiqish (nima?), ta‟lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), ta‟lim metod va vositalarining belgilanishi (nimalar yordamida?), shuningdek, o„qituvchilar malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo„l bilan?) inobatga olinishi lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy tarzda qo„llanilishi o„quv jarayonining mohiyati va texnologiyasini belgilab beradi.

Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta‟minlovchi o„qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan o„qituvchi faoliyatining mazmuni metod, shakl va vositalar asosida shakllantiriladi.

O„qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkil etish quyidagi mantiqiy ketma-ketligini asoslash mumkin: dastlab o„quv materiali mazmunining tavsifi, uni o„rganishdan ko„zlangan maqsad

(o„zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo„yilish shartlari tahlil etiladi. So„ngra, o„qitishning mos ravishdagi metodlari hamda o„quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish tizimi ishlab chiqiladi. Shu asosda o„qitish vositalarining ro„yxati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan metod va ta‟lim vositalarining yaxlit tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg„unlashtiriladi, ya‟ni, muayyan texnologiya ishlab chiqiladi.

Umumlashgan pedagogik texnologiyalar ma‟lum psixo-pedagogik asoslarda qurilgan «sintetik nazariya» sifatida qaraladi.

Tadbiqiy pedagogik texnologiyalar oldindan rejalashtirilgan natijaga erishishga yo„naltirilgan kasbiy tayyorgarlik jarayonini loyihalash muammosini metodik jihatdan hal etishga yo„naltiriladi.

Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tadbiqiy asosini shaxsiy faoliyatli yondoshuv, tanqidiy-ijodiy fikrlash, muammolarni hal etish, qaror qabul qilish va jamoada hamkorlikni qaror toptirishga oid pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga kelmoqda.

Shunday qilib, avvaldan loyihalashtirilgan ta‟lim-tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o„zida metodlar tizimi, ta‟lim metodik usullari, maqsad, vositalari, o„qituvchi va o„quvchilarning birgalikda faoliyat ko„rsatish imkoniyatlari hamda yakuniy natijalarga erishish borasidagi majmuani mujassamlashtiradi.

Download 100,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish