Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralarining aniqlanishi va uning o'ziga xos jihatlari Reja: kirish



Download 226,12 Kb.
bet8/17
Sana31.05.2022
Hajmi226,12 Kb.
#623059
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2

Milliy hisoblar (Yalpi ichki mahsulot (ishlab chiqarish va yakuniy iste`mol usullari bo`yicha))11
2021-yil uchun dastlabki ma'lumotlar

Ko‘rsatkichlar

2017

2018

2019

2020

2021

Joriy narxlarda ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot, milliy valyutada, mlrd. so`m

317 476,4

424 728,7

529 391,4

602 193,0

734 587,7

Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati

282 684,4

379 152,9

484 128,7

557 831,5

681 423,7

Qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi

90 983,9

113 660,7

130 306,9

151 279,6

183 518,5

Sanoat

59 570,4

95 803,8

136 103,1

153 187,9

189 606,8

Tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash

10 433,7

20 057,0

31 337,8

22 618,6

28 868,9

Ishlab chiqaradigan sanoat

43 861,9

68 971,8

46 734,1

43 861,9

68 971,8

Elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash

4 772,8

5 869,9

9 055,0

11 220,4

12 632,5

Suv bilan ta`minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig`ish va utilizatsiya qilish

502,0

905,2

960,7

1 098,2

1 371,3

Qurilish

15 228,6

22 101,1

30 595,4

37 548,5

45 802,1

Savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar

21 540,6

26 747,9

32 501,8

37 341,3

47 577,5

Shu sаbаbli, 20–аsrning 30 - yillаrigа kеlib rivоjlаngаn kаpitаlistik mаmlаkаtlаrdа mаmlаkаtning iqtisоdiy–sоsiаl rivоjlаnish hоlаtini ifоdаlоvchi tizim – MHTni yarаtishgа kirishildi. Uni yarаtishdаn mаqsаd, uning yordаmidа mаmlаkаt iqtisоdiyotini iqtisоdiy usullаr bilаn tаrаqqiyotgа yo‘nаltirish vа kеlаjаkdа bo‘lishi mumkin bo‘lgаn bo‘hrоnlаrni оldini оlishdаn ibоrаt. Shu dаvrdаn bоshlаb, bu mаmlаkаtlаrdа MHTni yarаtish, uni tаkоmillаshtirish vа ахbоrоt bаzаsini yarаtish dаvlаt miqyosidаgi vаzifа dаrаjаsigа ko‘tаrildi.


O‘zbekiston mustaqillikga erishgach, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar tez suratlar bilan rivojlandi. Xalqaro aloqalar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqqoslanish zaruriyatini tug‘dirdi. Sobiq SSSR davrida xalq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari xalq xo‘jaligi balanslarida (XXB) ifodalanar edi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimida XXB lari faqat moddiy ishlab chiqarish soha tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olar edi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarining asosini davlat korxonalari tashkil etgan, nima ishlab chiqarish va kimga sotish oldindan reja – buyruq bilan kafolatlangan iqtisodiyotda XXBlar xizmat qildi. Lekin bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida turli mulkga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish lozimligi hisob va statistika ishlarini xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan hisoblar tizimiga o‘tish zaruriyatini taqazo etdi.
O‘zbekistonda 1994 yilda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tishning Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi.

  • Davlat statistika va hisobning uslubiy asoslarini qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga moslashtirish;

  • Xalq xo‘jaligi balanslari bilan milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini taqqoslash darajasiga keltirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblar tizimini yaratish;

  • Milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan me’yorlarga muvofiqlashtirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha MHT hisoblamalarini ishlab chiqish;

  • Boshlang‘ich hisob shakllarini, buxgalteriya, moliyaviy va bank tizimi hisoblarini xalqaro talablarga moslashtirish;

  • Aholi va mehnat, narx va tashqi savdo statistikasini xalqaro qoidalarga moslashtirish;

  • Xalqaro andozalarga mos keladigan yagona tasniflashlar va kodlashtirish tizimini yaratish;

  • Mulkning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar yagona davlat registrini tashkil etish;

  • Xalqaro statistika organlariga beriladigan ma’lumotlar tarkibi, davri va berilish tartibini aniqlash va shu kabi ishlardan iborat.

Davlat Dasturi asosida xalq xo‘jaligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari xalqaro andozalarga mos keladigan milliy hisoblar tizimiga (MHT) asta – sekinlik bilan o‘tkazila boshlandi.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) bozor iqtisodiyoti sharoitida makrodarajadagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini muvofiqlashtirishda hamda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda foydalaniladi.
«Milliy hisoblar» atamasini dastlab Gollandiyalik statistik olim Edvard Van Kliff 1941 yilda ilmiy maqolada qo‘llagan. Uning paydo bo‘lishiga bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, davlat boshqaruvi uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni to‘plash ehtiyoji sabab bo‘ldi.50 yillarda BMTning statistika byurosi topshirig‘iga asosan bir guruh ekspert – statistiklar milliy hisoblar tizimini qo‘llash bo‘yicha uslubiyot tayyorladilar. Natijada Angliya va AQSH hamda bir qancha Yevropa mamlakatlari MHTni qo‘llay boshladilar. BMTning statistika byurosi milliy hisoblar tizimini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirdilar va nihoyat 1968 yilda MHTning standartlari qabul qilindi.
1993 yil fevral oyida Nyu – Yorkdagi statistika komissiyasining navabatdagi sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi. Ushbu standart asosida «O‘zbekiston Respublikasi hisob va statistikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga o‘tkazish» to‘g‘risidagi Davlat dasturi ishlab chiqarildi va asta-sekinlik bilan dastur vazifalari amalga oshirilmoqda.
MHT ikki tomondan iborat balans ko‘rinishdagi jadvallardan tuzilgan. Bir tomonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kirimi ko‘rsatilsa, ikkinchi tomonida ularning iste’moli, ishlatilishi ko‘rsatiladi. Tomonlar jami summalari teng bo‘lib, balans ko‘rinishini oladi.
Milliy hisoblar – bu xalq xo‘jaligi bo‘yicha milliy daromad va pirovard mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda foydalanish jarayonlarini xarakterlaydigan jamlanma iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimidir.
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi hamda bu operatsiyalar tomonlarining hisoblarida qiymat ko‘rinishida daromad (kirim) yoki harajat (chiqim) sifatida ko‘rsatiladi.
MHTda barcha operatsiyalar 3 sinfga ajratiladi.
Bular:

  • tovar va xizmat operatsiyalari;

  • ayirboshlash operatsiyalari;

  • moliyaviy operatsiyalar.

Tovar va xizmat operatsiyalariga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, bozor va nobozor xizmatlar, asosiy kapital va moddiy aylanma mablag‘lar o‘zgarishi, tovar va xizmatlar eksporti kiradi.
Ayirboshlash operatsiyalari xodimlarning mehnat haqqi, soliqlar, olingan daromadlar, sug‘urta va subsidiya to‘lovlarini o‘z ichiga olib, sektorlar o‘rtasidagi daromadlarni o‘zaro ayirboshlash operatsiyalarini bildiradi.
Moliyaviy operatsiyalar mavjud pul mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar, kredit va zayomlar bo‘yicha bo‘lgan moliyaviy aktivlar va passivlar, hamda fondlarning o‘zgarishini o‘z ichiga oladi.
Demak, MHTning XXBdan asosiy farqi , MHTda ishlab chiqarish tarmoqlari ham, noishlab chiqarish sohalari (fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar va shu kabilar) natijalari ham hisobga olinadi.
MHT - jahonning barcha mamlakatlarida qo‘llanilayotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o‘rganishda foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu tizimning ko‘rsatkchilari va tasniflari o‘zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat mexanizmini aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, xozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.
MHTda buxgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, operatsiyalarni ikki yoqlama yozish printsipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan ta’minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. Shuning uchun u ma’lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi.
MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida har xil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: korxonalar xom ashyo va materiallar sotib oladilar, har xil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, xodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan qarzlar oladilar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga investitsiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korxonalardan tashqari quyidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy xo‘jaliklari, har xil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va xizmatlar, pullar, kreditlar, aktsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan har xil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, xizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida avvalo xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar haqqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqqidagi ma’lumotlarni tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maxsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oxirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish, ixtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k.
MHTni o‘z funktsiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qaerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi.
MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko‘rsatkichini
hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Xiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi.
MHTning yana bir yo‘nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat yaratadi deb qaralgan bo‘lsa, MHT ta’limotiga asosan yer va kapital ham xuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi.
MHT yangi standartida barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar quyidagi 5 ta sektorlarga guruhlangan :

  • nomoliyaviy korparatsiyalar sektori (tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi);

  • moliyaviy muassasalar sektori;

  • davlat muassasalari sektori;

  • uy xo‘jaligi sektori;

  • uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektori;

  • Tashqi iqtisodiy aloqalar sektori.

Nomoliyaviy korxonalar guruhi turli mulkga (davlat, jamoa, aksioner, xususiy va shu kabi) asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ular mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi turli korxonalardir.
Moliyaviy tashkilotlar guruhiga markaziy va boshqa tijorat banklari, kredit hamda sug‘urta muassasalari kiradi.
«Uy xo‘jaligi» guruhi mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilarni ya’ni ishchi va xizmatchilarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, turli xunarmand – kosiblarni o‘z ichiga oladi.
Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar guruhiga fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, dam olish uylari sanatoriylar hamda jamoa tashkilotlari kiradi.
Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga - sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo‘lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg‘arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi.

Download 226,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish