Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni



Download 0,54 Mb.
bet7/12
Sana03.03.2020
Hajmi0,54 Mb.
#41422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Òqitiw metodikasi


Aqliy hujum usuli

Dars jarayonda “Aqliy hujumdan” maqsadli foydalanish ijodiy andozasiz tafakkurlashni rivojlantirish manbai hisoblanadi. Aqliy hujumni uyushtirish sodda bo‘lib, undan ta'lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida,ishlab chiqarish muammolarini yechimini topishda ham foydalanish mumkin. Dastlab guruh yig‘ilib, ular oldiga muammo qo‘yiladi. Bu muammo yechimi to‘g‘risida ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirishadi bu bosqichda hyech kimning o‘zgalar g‘oyasiga hujum qilishi yoki baholashga haqqi yo‘q. Demak, aqliy hujumda qisqa vaqtda o‘nlab g‘oyalarning yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Aslida g‘oyalar soni maqsad emas, ular muammo yechismi uchungina asos bo‘ladi. Bu metodlar shartlaridan biri qatnashuvchilarning har biri tashqi ta'sirsiz faol ishtirokchi bo‘lishi kerak.

Shunday qilib, aqliy hujum qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:


  • olg‘a surilgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;

  • ish sifatga emas, songa qaratiladi, g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa,shuncha yaxshi;

  • istalgan g‘oyani mumkin qadarmukamallashtirish va rivojlantirish mumkin;

  • muammo yechimidan g‘oyalar ham qo‘llab-quvvatlanadi;

  • barcha g‘oyalarning asosiy mavzulari (farazlari) yozib olinadi;

  • “hujum” vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;

  • savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko‘zda tutiladi.

Vazifasi. “Aqliy hujum” qiyin vaziyatdan qutulish choralarini topishga, muammoni chegarasini kengatstirishga, fikrlar xilma-xilligiga erishishga va tafakkur doirasini kengaytirishga imkon beradi. Eng asosiysi,muammoni yechish jarayonida ijodiy hamkorlik kuchayib, guruh (auditoriya) yanada jipslashadi.

Ob'ekti. Qo‘llanish maqsadiga ko‘ra,bu metod universal hisoblanib, tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o‘qitish jarayonida (o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga qaratiladi),fikrni mustahkamlashda (o‘z-o‘zini boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.

Qo‘llanish usuli. «Aqliy hujum» ishtirokchilari muammo bo‘yicha mulohaza-takliflarnibildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib olinadi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. «Aqliy hujum» tugagach, eng yaxshi takliflar birlashtirib, muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.

«Ajurli arra» usuli

«Ajurli arra» metodi tezilish jihatidan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



1. Topshiriqni bo‘lish: topishiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy qismlarga bo‘linadi.

2. Birlamchi guruhlar: gurux a'zolari mavzuni olgach, ekspert hisoblanadi.

3. Ekspert guruxlari: mavzuga oid o‘quv topshiriqlari bo‘lgan talabalar uni muhokama qilish,bajarish uchun ekspert guruxiga birlashadi.

4. Birlamchi guruhlar: talabalar o‘z birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi.

«Munozara» usuli

Bu metod yordamida o‘quvchi-talabalarga ma'lum mavzu bo‘yicha axborot yetkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni talabalar «shturm» qiladilar, natijada, unga oid ma'lumotni atroflicha o‘rganiladi.



Munozarani o‘tkazish metodikasi

1.Munozara olib boruvchi –boshlovchi (o‘qituvchi) mavzuni tanlab, ishtirokchilarni taklif etadi.

2. Boshlovchi ishtirokchilarga «Aqliy hujum» topshirig‘i qoidalarini tushuntiradi:


  • «hujum»dan maqsad – muammo yechimiga oid variantlarni ko‘proq taklif etish;

  • o‘z bilimingizni umumlashtirib, e'tiborni muammo yechimiga qaratib, fikrlar bildiring. Bildirilgan g‘oyalar umumiy fikrga zid bo‘lsa-da, hyech bir rad etilmaydi;

  • boshqa ishtirokchilar g‘oyalarini hamqo‘llab-quvvatlang;

  • taklif etilganlarni baholash bilan keyinroq shug‘ullanasiz.

3. Boshlovchi kotib tayinlaydi va u aytilgan barcha g‘oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so‘zga chiquvchilar aniqlanib, munozarada barcha ishtirokchilar qatnashadi, o‘z fikrlarini ifodalash imkoni beriladi. Agar biror kishi tomonidan uni o‘tkazish qoidalari buzilsa, boshlovchi uni xolisona hal qiladi. Birinchi bosqich yangi g‘oyalar paydo bo‘lguncha davom etaveradi.

4. Boshlovchi ishtirokchilarining tanqidiy tafakkuri «charxlanishi» uchun qisqacha tanaffus e'lon qiladi. Keyin ikkinchi bosqich boshlanadi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, birinchi bosqichda bildirilgan g‘oyalar mustahkamlanadi. G‘oyalar guruh bo‘yicha birlashtirilib, ular tahlil qilinadi, natijada o‘rtaga qo‘yilgan muammoning yechimiga oid bo‘lgan fikrlargina ajratib olinadi.

Boshlovchi munozaraga yakun yasaydi.

«O‘z o‘rningni top» usuli

Agar auditoriyada muayyan mavzu bo‘yicha tortishuvlar vujudga kelsa, mazkur metod yordamida muammo yechimi aniqlanadi. Undan asosan darsning kirish qismida foydalanishadi, o‘tilayotgan mavzu turli yondashuvlar mavjudligi aytiladi. Bir tomondan. Ikkinchidan, o‘quvchi-talabalar fikrini bayon qilishi, o‘zgartirishga imkon tug‘iladi. Nihoyat, dars so‘nggida o‘qituvchi mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholaydi.

1. Auditoriyaning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman”, degan so‘zlar yoziladi. Plakatlarda ba'zan mavzuga oid savollar bo‘yicha qarama-qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin. Masalan: “anjir gullaydi va meva tugadi” yoki “anjir gullamasdan meva tugadi”.

2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.

3. O‘quvchi-talabalarga o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish taklif etiladi.

4. O‘quvchi-talabalardan o‘z qarashlarini asoslash so‘raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tish ruxsat etiladi va shu tariqa o‘quvchi-talabalarining hammasi jalb etiladi.

5. Muammo bo‘yicha fikrlar bildirilgach, o‘quvchi-talabalar ichida munozara davomida o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirishlari yoki boshqa guruhga o‘tishlari mumkin. Bunday hollarda buning sababini asoslashlari kerak.

6. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan talabalarni aniqlanadi.

Kichik guruhlarda ishlash”

Kichik guruxlarda ishlash o‘quvchi-talabaning faolligini oshiradi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan o‘rganish imkoni tug‘iladi, boshqalar fikrini qadrlashga o‘rgatadi.

Qo‘llash usuli

1. Faoliyatni tanlash. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada o‘quvchi-talabalar uni o‘rganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko‘rsatishlari zarur bo‘ladi va vazifalar belgilab olinadi.

2. Zaruriy asos yaratish. O‘quvchi-talabalar kichik guruhda qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo‘yicha yetarli bilim, ko‘nikmaga ega bo‘lishlari kerak.

3. Guruhni shakllantirish. Odatda, har bir guruhda 3-5 talaba bo‘ladi (ba'zan, kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin). Agar guruhda ishlash ma'lum yozma hujjat tayyorlashni talab etsa, 2-3 kishilik guruh tuzilgani ma'qul. Guruh tarkibi masalaning muhimligi, auditoriyadagi o‘quvchi talabalar soni, ularning bir-biri bilan o‘zaro harakatiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Eng yaxshisi, “getrogen” guruh tashkil etishdir. (jinsi, o‘zlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida).guruhda ishlash talabalar o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga asoslanadi. (Misol uchun, bir o‘quvchi-talaba munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi spiker (sardor) rolini o‘taydi va hokazo). Auditoriyani guruhlarga ajratish, taklif yoki hisob bo‘yicha amalga oshiriladi.

4. Aniq yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish. Talabalarga faoliyatni bajarish uchun ixcham tarzda aniq tushuntirish beriladi. O‘qituvchi guruhlarning ishlash tezligi turlicha bo‘lishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli material va axborot bilan ta'minlanadi. Talabalar ish boshlashlari uchun vazifalarini tushunib yetganligi tekshiriladi.

5. Qo‘llab quvvatlash va yo‘naltirish. O‘quvchi guruhlar to‘g‘ri ishlayotganligini qayd etadi, ularga zarurat tug‘ilsa yordam beradi, guruhlarga tazyiq o‘tkazilmaydi.

6. Muhokama qilish va baholash. Guruhlarda ish yakunlangach, uning natijalari bo‘yicha axborot beriladi. Buning uchun har bir guruh o‘z sardorini belgilaydi. Zarurat tug‘ilsa, faoliyat natijalari bo‘yicha fikrlarni o‘qituvchi yozib boradi. Muhimi, guruh yechimining asoslanishini aniqlashtirib olishdir. Agar vaqt yetarli bo‘lsa, muayyan fikrni asoslashda guruhlar bir-biriga savol berishlari mumkin, uning natijalari o‘qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni to‘g‘ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi.

Menyu” usuli

Yakka tartibda yok kichik guruhlar bilan ishlashni xoxlagan o‘qituvchiga “Menyu” metodidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik guruh (talab)ga aniq topshiriq beriladi. Misol uchun, “Milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari” o‘qituvchi har bir guruh uchun alohida topshiriq tayyorlaydi:


  1. Vatan ravnaqi

  2. Yurt tinchligi

  3. Xalq farovonligi

  4. Komil inson

  5. Ijtimoiy hamkorlik

  6. Millatlararo totuvlik

  7. Dinlararo bag‘rikenglik

Har bir guruh topshiriq oladi va 3 minut davomida muhokama qilishadi, so‘ngra guruh vakili o‘qituvchi stoliga kelib, tayyor “Menyu”ni olib qaytadi. Bu uzun qirqilgan qog‘oz – “tillar” bo‘lib, ularda xilma-xil huquq asoslari bayon qilingan. Guruh vakili “tillar”dan birini tanlab oladi va o‘z guruhiga qaytadi. Boshqa o‘quvchi-talaba ham shu ishni bajaradi va zaruriy materiallar yig‘ilguncha bu holat davom etadi. 10 minut davomida topshiriq muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu metoda javoblar og‘zaki bo‘lishi mukin. Boshqa guruh vakillari savollar berishadi, o‘qituvchi esa guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab boradi.

Debatlar” usuli

“Debatlar” asosida darsni tashkil etishdan asosiy maqsad muammo yechimini topishda talaba o‘z yondashuvining to‘g‘riligiga o‘zgalarni ishontirishdir. O‘z fikrlarini aniq va lo‘nda bayon etish, buning uchun to‘g‘ri dalil va xulosa topish ko‘nikmasini shakllantirishda “debatlar” samarali metod hisoblanadi.

Metodik tavsiyalar:

“Debatlar” mavzuni rezolyusiya shaklida ifodalashi kerak. Ma'lumki, rezolyusiya har doim mavjud holatni o‘zgartirishni talab etadi. Misol uchun, “Qabul qilingan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘lim jazosini bekor qildi”.

Mashg‘ulotga mahalliy mutaxassislardan (olim, vrach, muhandis, ijtimoiy arbob va boshqa) biri taklif etiladi. Debatda talabalar ikki guruhga ajratiladi: rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlovchilar va ularga qarshi chiqaruvchilar. Gurux sardori reglamentga rioya qilish kuzatuvchi-yordamchi tayinlaydi.

“Konstruktiv argumentlar” 3-5 holatga asoslangan; mantiqiy ifodalangan va dililiy materiallar bilan mustahkamlangan argumentlar tayyorlash uchun talabalarga yetarlicha vaqt beriladi. Ularga muammoning mohiyatini anglash va o‘z fikrlarini mustahkamlash uchun mantiqiy argumentlar tayyorlashda o‘qituvchi yordam berishi kerak. Shu bilan birga, talabalar qarshi tomon bildirajak fikrlarni taxmin qilishlari va oldindan uni inkor etishga ham tayyorgarlik ko‘rishlari lozim.

Talabalarni shunday dalil-isbot topish ko‘nikmasiga o‘rgatish kerakki, bildirilgan fikrni qarshi tomonning muhokama qilishiga o‘rin qolmasin. Shundagina talabalar tengdoshlarining qarashlarini hurmat qilishga yoki o‘z bilimi auditoriyadoshining bilimi oldida kam ekanligini tan olishga o‘rganadi, eng asosiysi, ularda erkin fikr yuritish ko‘nikmalari shakllanadi.

Tanqidiy fikrlash” usuli

Vazifasi. Demokratik jamiyatda har bir fuqaro o‘z muammosini oqilona yechish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Shu boisdan o‘quvchi-talabalarni bahs-tortishuv orqali masalaning yechimini topishga ko‘proq jalb etish lozim.

Savollarni yechishda o‘quvchi-talabalarda tinglash, muloqot olib borish, turli fikrlarni taqqoslash, o‘zgalar fikriga befarq qaramaslik kabi odatlar shakllana boradi, masalani yechish va hukm chiqarish, analitik fikrlash qobiliyati rivojlanadi, munozara yuritish, yechimlarni to‘g‘ri topish malakalari o‘zlashtiriladi.

O‘tkazish usuli. Munozarali savollarni tahlil qilish va xolisona fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun metodlar mavjud. Mavjud voqyelikni tanqidiy fikrlash asosida baholash quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin:


  1. O‘quvchi-talabaning o‘z fikrini erkin ifodalashi.

O‘quvchi-talabaga aytilgan muammo bo‘yicha o‘z o‘rnini aniqlab olishi uchun imkon beriladi. Masalan, Toshkentda 16 fevral voqyealari nima uchun sodir bo‘lganligi to‘g‘risida o‘quvchi-talabadan javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish mumkin: Sening fikrning qanday? Bu haqda sen qanday fikrdasan? va boshqa.

  1. O‘z fikrini oydinlashtirish.

O‘quvchi-talabaning fikrini yanada aniqlashtirish maqsadida unga qo‘shimcha tarzda quyidagi savollar beriladi: Bu bilan nima demoqchisan? O‘z fikringni tushuntira olasanmi? Bu nima degani?

  1. O‘quvchi-talabalar fikrlarini asoslanganligini tekshirish.

Bunda quyidagi savollar berilishi mumkin: Nima uchun sen aynan shunday deb o‘ylaysan? Sening mavqyeingni tasdiqlovchi qanday asoslar bor? Nima uchun senda shunday fikr tug‘ildi? O‘z fikringni qanday isbotlaysan?

  1. O‘zgalar fikrini o‘rganish.

Inson o‘z fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi. Shuningdek, suhbatdoshining fikriga hurmat-ehtirom bilan ham qarayvermaydi. Bu holatni ko‘proq o‘smirlarda kuzatish mumkin. Ba'zan muammolar yechimini topishda o‘zgalar fikrini tinglash ko‘nikmasi juda asqotadi. Bu ko‘nikmani talabalarda shakllantirish uchun quyidagi savollar bilan murojaat qiling: O‘z fikringizga muqobil bo‘lgan holatni ayta olasizmi? Bu haqda boshqalar nima deydi? Tanqidga uchrashingiz mumkin?

  1. O‘z va o‘zgalar fikrini tahlil etish.

O‘quvchi-talaba o‘z fikri bilan o‘zgalar fikrini o‘zaro taqqoslash, ilmiy asoslangan holatni aniqlash uchun fikrlar qarama-qarshiligini tahlil etishi kerak. Shunda quyidagi savollar asqotish mumkin: o‘z fikring qanday? Qarshi tomonning dalil-isboti nima uchun to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri? Qanday fikrlar seni qanoatlantiradi?

  1. Tahlil qilinayotgan muammo bo‘yicha turli fikrlarning mantiqiy natijalarini o‘rganish uchun savollar: Agar sizning g‘oyangiz qabul qilinsa, nima ro‘y berishi mumkin? U jamiyatga qanday ta'sir ko‘rsatadi? Foyda beradimi?

  2. Muammo natijasini qabul qilish.

Bu “tanqidiy fikrlash” usulining so‘nggi bosqichi hisoblanib, talabalar fikrlari qaytadan baholanadi va mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: Qaysi natija eng qulay va ishonchli? Kimning chiqishi maqsadga muvofiq bo‘ldi? Siz bahsga qanday nuqta qo‘ygan bo‘lardingiz? kabi savollar asqotishi mumkin.

Neyro lingvistin dasturlash texnologiyasi

Hali ta'lim tizimida keng ommalashmagan yangi zamonaviy texnologiya turlaridan biri Neyro-lingvistik dasturlashdir (NLD). Neyro-lingvistik dasturlash til va uning ta'rifini ishlash bilan tug‘illanuvchi insonning sub'ktiv tajribasi tizimini o‘rganadigan bilim sohasidir. Bunda tajribani modellashtirish vositalari va mexanizmi ochib beriladi. NLD ning eng birinchi nomlanish “Metaznanie” deb atalgan edi, ya'ni bizning bilim va tajribalrimiz qanday va nimadan tashkil tonganligini o‘rganuvchi fan hisoblanadi.

NLD nomlanishini “neyro” qismi inson tajribasini ta'riflash uchun axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatishga javob beradigan “miya tilini”, ya'ni neyrologik jarayonni bilishi lozimliini ko‘rsatadi.

“Lingvistik” so‘zining mazmuni kommunikatsion jarayonni tashkil etishda fikrlash va hulq-atvor mexanizmlari muhim tomonlarini tasvirlashda tilning muhim ahamiyatini alohida ta'kidlashga xizmat qiladi. Dasturlash fikrlash va xulq-atvor tizimliligini aniqlab beradi. “Dastur” grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “Muayyan natija olishga yo‘naltirilgan aniq va izchil qadam” ma'nosini beradi. NLD bilimning ilmiy sohasi yoki san'at sifatida va ma'naiy kamolotni belgilashja amaliy qurol va texnologiya sifatida tasavvur qilish lozim. Aql, ruh va tana birligi konseppsiyasidan kelib chiqib insonning bilish jarayoni tajribasi sifatida qo‘llash mumkin.

NLD-shaxsiy mahorat halqidagi fan va sa'natdir. Shuning uchun sa'natni, unga har bir inson o‘z shaxsiy hissasini qo‘shishi mumkin. Shuning uchun fanki har qanday soha bo‘yicha muhim natijalar olish mumkin. UZigmunt Fleyd ta'limoti bo‘yicha psixotrapiyada keng qo‘llanilmoqda. Ta'lim a o‘qitishda uni muvaffaqiyatli qo‘llash yaxshi natija berishi mumkin.

Manipulatsiya (inson ongini o‘ziga sezdirmay boqarish)

Jamiyatning o‘z ertasi va kelajagiga ishonch o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Buning zamirida millat baxt saodati yo‘lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi maxsus faoliyat-mafkuraviy tarbiya yotadi. Mafkuraviy tarbiya deganda gap, “kishilar dunyoqarashini boshqarish haqida emas, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma'no va mazmun bilan to‘ldirish”ni ham anglatadi.

Mafkuraviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, o‘zini himoya qiluvchi ham g‘oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Demak, faysi tomonning yengishini pirovard natijada ilmga asoslangan targ‘ibot va tashiqot hal qiladi. Shu tariqa mafkuralar tortishui-targ‘ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin. Shu sababli “Milliy istiqlol mfkurasi tom ma'nodagi milliy mafkuraga aylanish uchun qator talabalarga javob berishi zarur. Ana shunday talabalardan biri har fanday yozuv g‘oyaga qarshi javob bera olishdir”8

Hozir fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kashalarning ongi va qalbiga yashirin, g‘araz maqsad bilan ta'sir ko‘rsatishni ifodalashda minipulatsiya (manus-qo‘l), so‘zi, ya'ni ob'ekt ustidan biror maqsadda ish olib borish ma'nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi ko‘zda tutiladi. Shu sababli “manipulyasiya”ni ko‘chma ma'noda “odamlar bilan ob'ekt sifatida munosabatga kirishish” deb ham tushunish mumkin. 1969 yil Nyu Yorkda chop qilingan “Zamonaviy sotsiologiya lug‘ati”da bu haqda “boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o‘zi istagan xulq-atvorni shakllantirish” deyiladi.

Biz uchun muhim jihati shundaki, ushbu vaziyatda shaxs va uning mafkuraviy immunitetiga ta'sir ko‘rsatish jarayoni manipulyasiya tushunchasida aks etadi. Chunki, masalan, “davlatchi”ning ta'siri birinchidan shaxsga nisbatan zo‘rlik, kuch ishlatilmaydi, balki ma'naviy, psixologik xususiyatga ega; ikkinchidan, bu ta'sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham “islom dini niqobida” dgan ibora ishlatiladi; uchinchidan, g‘oyaviy manipulatsiya, zimdan ta'sir ko‘rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan, g‘oyaviy manipulyasiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan qo‘llanilayotgan ta'sir texnologiyasining tarkibiy qismi, deb atash mumkin. Ya'ni manipulyasiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas, (targ‘ibot va tashviqotdan farqli o‘laroq), balki shu ishni qilishga hohish, istak uyg‘otishga xizmat qiladi.

Bunda, ya'ni g‘oyaviy manipulyasiyada qanday jarayonlar kechadi? Avvalo g‘oyaviy manipulyator (da'vatchi)ning maqsadi-unga o‘z tasavvurlarini o‘zgartirishga olib keluvchi belgi, bilimlar bera boshlaydi. Natijada ob'ekt (shaxs)ning dunyo, din, hayot, yashashdan maqsad kabi tasavvurlari, qadriyatlar tizimida da'vatchi-manipulyator kutayotgan tartib paydo bo‘ladi va yetakchilik qila boshlaydi. Bu esa shaxsning xulq-atoriga ta'sir ko‘rsatadi, shaxs o‘z xarakteridagi o‘zgarishlarni sezmaydi va “men to‘g‘ri yo‘l tutayapman, chunki...”, degan asosga ega bo‘lib qoladi.9

Shu o‘rinda Islom Karimovning “80-yillarning oxirida mamlakatimizda o‘zini “do‘st”, “dindosh”, millatdosh qilib ko‘rsatib, go‘yo islom dinining sofligi uchun kurashga “da'vat” etuvchi ayrim kimsalar kirib keldi... Juda “chiroyli da'vat”lar bilan chiqib, ayrim yoshlarni o‘ziga mahliyo qilishga erishdi ham... ular din inqobi stida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining bir to‘dasi ekani oshkora bo‘ldi...”, degan fikrlarini eslash o‘rinlidir. Bu o‘gitlar bizni nafaqat ogohlikka, balki mafkuraviy kurash maydonida sezgirlikka, kurashchanlikka chorlaydi. Bu kurashda bizga ota bobolarmizning sinovdan o‘tgan hikmatlari ham qo‘l keladi.

Quyida istiqlol va g‘oyaviy tarbiya mavzusi bo‘yicha dars o‘tish metodikasini keltiramiz.



Darsning jihozi:

1. O‘zbekiston Respublikasi xaritasi.



  1. Lug‘at (tushunchalarning izohlari)

  2. Ko‘rgazmali materiallar

  3. O‘qitishning texnik vositalari

  4. Kerakli adabiyotlar

Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara, Trening «Muloqot»

Trening haqida tushuncha

Ushbu trening o‘quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin xolda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, odatda bunday mashg‘ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lgan xolda o‘tkaziladi.

Maqsad. Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, mustaqil xolda umumiy bir fikrga kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda baxslashishlariga sharoit yaratadi.

O‘tkazilish tartibi. Trener mashg‘ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs munozarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so‘ngra ushbu trening bosqichma-bosqich o‘tkazilishini tushuntiradi.

Reja.


  1. Inson va jamiyat fe'l-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va g‘oyaviy tarbiya

  3. Adabiyot va san'at, ommaviy axborot vositalari, fan va ilmiy muassasalarning komil inson tarbiyasidagi ahamiyati

  4. Oila, mahalla va jamoatchilikning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati

  5. Milliy g‘urur va milliy iftixorni shakllantirish usullari

Istiqlol va g‘oyaviy tarbiya mavzusi bo‘yicha

Darsning jihozlanishi. Mazkur darsda o‘rganiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, undagi bosh g‘oyalar va tayan tushunchalarini ifodalaydigan asosiy fikrlar bayon etilgan ko‘rgazmali va tarqatuvchi didaktik materiallardan foydlaniladi.

Sinf taxtasiga quyidagilar yozib qo‘yiladi:

1. «Inson» tushunchasining mazmun-mohiyati nima? «Komil inson Kim? », «mafkuraviy tarbiya vositalariga nimalar kiradi?», «Ta'lim va tarbiya birligi nima?»

2. «Davrimizning eng muhim vazifalaridan biri bu – ma'naviy jihatdan barkamol insonni tarbiyalash, ta'lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy g‘oya asosida ma'naviy va ruhiy jihatdan Yangi avlodni voyaga yetkazishdir» (I.Karimov)

3. «Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma'rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirish lozim» (I.Karimov)

Darsning maqsadi:

A) Darsning ta'limiy maqsadi: mazkur dars «Milliy istiqlol g‘oyasi» fanining yakunlovchi mavzusi mafkuraviy tarbiyaning uslub va vositalariga bag‘ishlanganligi bois, tabiiyki, unda avvalo kursni o‘qish jarayonida o‘rganilgan qator g‘oyalar va tushunchalar xususida takroriy fikr yuritiladi.

V) Darsning tarbiyaviy maqsadi: dars jarayonida talabalar tarbiyasida kompleks yondoshib, mashg‘ulot davomida beriladigan muammoli savollarga olinadigan javoblar asosida tarbiyaviy muamolarni hamkorlikda ko‘rib chiqish va bartaraf etishga yetishishdan iborat.

D) Darsda rivojlantirib boriladigan ta'lim: yuqorida alohida qayd etilganidek, mazkur mavzu kursning yakunlovchi mavzusi bo‘lganligi bois dars davomida ushbu fanning dastur talablariga ijodiy munosabatda bo‘lib, kursning bosh g‘oyalari va tayanch tushunchalarini imkoniyat boricha ko‘proq takrorlash, ular to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash tamoyiliga amal qilinadi.

Mavzuni bayon etish rejasi:



  1. Inson fe'l-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va g‘oyaviy tarbiya.

  3. Adabiyot va san'at, ommaviy axborot vositalari, fan va ilmiy muassasalarning komil inson tarbiyasidagi ahamiyati.

  4. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi.

  5. Oila, mahalla va jamoatchilikning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati.

  6. Milliy g‘urur va milliy iftixorni shakllantirish usullari.

  7. Xulosa.

Darsning turi: Muammoli ta'lim elementlarini o‘z ichiga olgan noan'anaviy dars.

Darsning blok chizmalari.

A) Mashg‘ulotning dastlabki 2-3 daqiqasi darsning tashkiliy masalalariga bag‘ishlanib, unda o‘qituvchi mavzuga oid ko‘rgazmali qurollar, tarqatiluvchi didaktik materiallarni foydalanish xolatiga keltirib, yangi mavzu va uning rejasi yozilgan «Ko‘chma chizmani» guruh taxtasi yoniga ilib qo‘yiladi.

V) O‘tgan darsda o‘rganiladigan mavzudan uyga berilgan vazifadan bir necha savol nazorat sifatida o‘rtaga tashlanib, javoblar tinglanadi va o‘qituvchi tomonidan izohlangach, yangi mavzuning bayoniga o‘tiladi.

1. O‘qituvchi yangi mavzuni bayon etishga kirishar ekan, avvalo, uning rejasidagi birinchi masala, inson va jamiyat fe'l-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar xususida fikr yuritishdan oldin, talabalarning «Inson va jamiyat» kursidan olgan ayrim nazariy bilimlarni yana bir bor eslatish maqsadida bu kursga tegishli biron-bir savolni o‘rtaga tashlaydi. Javob o‘qituvchi tomonidan izoxlanadi.

2. Inson, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, uning Vatan ravnaqidagi ishtiroki xususida gap borar ekan, biz asrlar davomida bu muammoni me'yoriga yetkazib xal etib kelayotgan buyuk allomalarimizning ilmiy meroslaridan foydalanmog‘imiz lozim. Masalan, Abu Rayxon Beruniy (973-1051) ning ilmiy merosida inson muammosi markaziy o‘rinni egallagan. Beruniy insonning qadr-qimmatini ulug‘lagan, insonlarning ishonch va ma'murliklari farqli ekanligiga diqqatni tortgan, dunyo madaniyati takomili shu rang-baranglik natijasida bunyod etilganligini tasdiqlagan. Beruniy, insonlar uch sababga ko‘ra baxtsizlik keltiradilar deydi:

a) Inson yer yuzidagi yaratilgan jonzotlar orasida eng mumtozdir. Ammo insonlar o‘zlarining qizg‘anchiqliklari sababli bir-birlarining qo‘llarida bo‘lgan narsalarga ko‘z tikadilar. Bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy ziddiyatga sabab bo‘ladi;

b) O‘z e'tiqodi, mahzabini va qabilasini, o‘z manfaatini boshqalardan ustun ko‘rmoq insonlar orasida nifoqlarga yo‘l ochadi.

v) Xurofotlar va asossiz e'tiqodlar insonlikning takomillashuvi va uning kamolotini orqaga suradi, jamiyatda tushunmoqchiliklarni keltirib chiqaradi.

Allomamiz insonning ichki pokligi kaliti iymon va yaxshi niyat ekanligi, ahloqan go‘zal bo‘lmoq esa har bir insonning o‘ziga, uning didiga bog‘liq ekanligini alohida qayd etgan.

3. O‘qituvchi mavzuni bayon etish rejasi asosida talabalarga «inson» tushunchasi xususida atroflicha bilim berishda davom etar ekan, endi uning hatti- harakati va fe'l-atvorini shakllanishida inson omili milliy istiqlol g‘oyasining bugungi talabi asosida aytadigan bo‘lsak, bu borada kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturimizning o‘rni va roli xususida batafsil ma'lumot berishi lozim bo‘ladi. Islom Karimovning tashabbusi bilan 1997-yilning 29-avgustida e'lon qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonun yosh avlodning har tomonlama kamol topishi borasidagi tarixiy hujjat bo‘lib volganini alohida ta'kidlaydi. Akademik litsey yoki kollej sharoitida har bir guruhda istiqlol g‘oyasi fanini o‘qitishni boshlashdan oldin o‘ziga xos kichik sotsiologik tadqiqot xarakteridagi anketa savollarini tuzib o‘quvchi talabalar orasida tarqatish va ularning har biri tarqatilgan savolga o‘z ismi shariflarini yozmasdan, anonim tarzda javob yozishlarini uqtirish orqali ham natijaga erishish mumkin.

Tarqatiladigan savollar:

- Milliy g‘oya nima?

- O‘zbekiston sharoitida milliy istiqlol mafkurasi nima uchun zarur?

- Mafkuraviy tazyiq nima?

- «Mafkuraviy bo‘shliq» deganda nimani tushunasiz?

- Mafkuraviy kurashning qanday umumbashariy va mintaqaviy muammolarini bilasiz?

- Mafkuraviy taxdidni qanday bartaraf etish mumkin?

Anonim xolda to‘ldirilgan anketa savollariga olingan javoblar darajasi va saviyalarning turli-tumanligi bu boradagi nazariy va amaliy pedagogik faoliyatning yo‘nalishlarini aniqlash va samaradorligini oshirishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Anketa savollarining so‘nggi vaqtda qanday badiiy asarlar va san'at asarlari bilan tanishganliklarini qayd etgan javoblariga alohida e'tibor berish zarur.

Gap shundaki, ko‘pgina talabalar akademik litsey yoki kollejlarda tahsil olish davrida dasturdagi fanlarni o‘rganishga ko‘p vaqt ajratib, badiiy adabiyot asarlarini, o‘z o‘qiganlari yoki teatr spektakllari va tasviriy san'at muzeylari, ko‘rgazmalarida kam bo‘lganliklarini qayd etganlar.

«Milliy g‘oya» fanidan o‘tkaziladigan ushbu mavzuning ilmiy nazariy va metodik jihatdan o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, mashg‘ulot davomida o‘qituvchi tomonidan muammoli savol tariqasida beriladigan vazifalarga tinglovchilarning javoblari qanchalik hayotiy misollar yoki baxsda ishtirok etayotgan shaxsning hatti-harakatlari bilan uyg‘unlashgan bo‘lsa, shunchalik samara olish mumkin. Ana shu sababdan ham mazkur darsni ijodiy tarzda olib borish, g‘oyaviy tarbiyaning barcha usullari va imkoniyatlaridan omilkor foydalanish lozim.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish