Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni



Download 0,54 Mb.
bet8/12
Sana03.03.2020
Hajmi0,54 Mb.
#41422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Òqitiw metodikasi


Tayanch so‘z va iboralar: mustaqillik, jamiyat, ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, dars jihozi, didaktikasi, hayot bilan bog‘lash, mashg‘ulot borishi, rejalashtirish, Milliy g‘oya, strategiya, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, mafkura, qonun ustuvorligi, bozor iqtisodi, vijdon erkinligi, fuqarolik jamiyati, siyosiy hayotni erkinlashtirish.
Mavzuni mustahkamlashga oid savollar:
1. “Milliy g‘oya va mafkura” fanida qaysi zamonaviy pedagshogik texnologiyalarni qo‘llash mumkin?

2. Klaster metodi qanday metod?

3. Sinkveyn (axborotni yig‘ish) usuli qanday tartibda amalga oshiriladi?

4. “Aqliy hujum” usulini qachon va qanday qo‘llash mumkin?

5. “Ajurli arra” usulining qulay xususiyatlari nimada?

6. Munozarani o‘tkazish metodikasi jarayonida qanday qo‘llaniladi?



7 - §. Milliy g'oyani o'qitish texnologiyalari

Darsning rejasi:

  1. Texnologiya tushunchasi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalarga berilayotgan ta’riflar.

  2. Innovatsion texnologiyalar va ularning klassifikatsiyasi. Dars turlariga qarab texnologiyalarni qo'llash usullari. Inter faol usullar va ularni qo'llash metodlari. Ta’lim jarayonida interfaol usullar.

  3. Guruhlarda ishlash. Ta’limiing texnikaviy vositalari tarix o'qitish samaradorligini oshirishning muhim omili ekani, darslarda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda texnikaviy vositalami tanlash va ulardan foydalanish metodlari.

  4. Ta'lim sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash samarali usullardan biri.

  5. Milliy g'oyani o'rganishda masofali o'qitishning o'rni. Masofali o'qitishning mazmuni.

  6. Elektron o'quv darsliklari va o'quv metodik komplekslami yaratish, kompyuter yordamida, kompyuter yordamida dars va prezentatsiyalarini yaratish. Komp`yuter orqali o'quvchilar bilimini rivojlantirish va baholash.

O‘quvchi-talabalar qalbi va ongiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni shu asosda tashkil etish bugungi dolzarb vazifadir. Chunki chetdan bo‘layotgan yot mafkuraviy tajovuzlar natijasida ba'zi yoshlar ongi va tafakkurida cheklanishlar, zararli ta'sirlar sezilmoqda, boqibeg‘amlik, loqaydlik alomatlari paydo bo‘lib, ularning boshqa oqimlarga og‘ib ketish holatlari ham uchramoqda. Bularning barchasi ayrim yoshlar qalbida mustahkam e'tiqod, ongida yuksak dunyoqarash shakllanmaganligi sababli sodir bo‘lmoqda. Bunday noxush holatlarning oldini olish, yoshlarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish ishiga safarbar etish uchun ularning qalbi va ongiga milliy g‘oya va mafkurani singdirishda ma'naviy-ma'rifiy ish usullaridan keng foydalanishni talab etmoqda.

Bugun Islom Karimov asarlari, ma'ruza va nutqlari, chiqishlaridagi ma'naviy-ma'rifiy mavzuda ilgari surilgan fikrlar asosida tuzilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu risolaning ma'no-mazmunini tarbiya dasturlariga singdirish orqali ta'lim-tarbiya mazmunini mustaqil fikrli, yuksak fazilatli, iymon-e'tiqodli, barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratish lozim.

«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida ilgari surilgan g‘oyalarni, ma'naviyat asoslarini xalq ta'limiga joriy etish o‘quvchilarni istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, ularda yangicha dunyoqarashni shakllantirish mezonlarini belgilab beradi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar milliy g‘oya va mafkura tamoyillaridan kelib chiqqan holda, yosh avlod qalbi va ongida quyidagi ma'naviy-ruhiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi:

- milliy g‘oya va mafkuraga ishontirish;

- ma'naviy-ruhiy rag‘batlantirish;

- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

- yuksak e'tiqodni shakllantirish;

- ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy islohatlarning mohiyatini chuqur anglab yetish va faol ishtirok etishlariga ko‘maklashish.

Boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog‘lom, jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan barkamol, iqtisodiy islohatlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni hayotga tatbiq eta oladigan, milliy g‘oya va mafkura mustahkam bo‘lgan shaxslarni shakllantirishda ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshirilishining ahamiyati kattadir.

Bunda «Milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchi-talabalar ongiga singdirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish» mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi:

- milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma'naviy merosi asosida o‘quvchi-talabalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, iymon-e'tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish;

- o‘quvchi-talabalarni Vatanga muhabbat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga amaliy sadoqat ruhida tarbiyalash;

- ma'naviy, aqliy, jismoniy barkamollik, iqtisodiy, huquqiy savodxonlik, mehnatsevarlik, iste'dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash. «Oila, mahalla, maktab» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish;

- yoshlarimiz ongida ona-Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirib borish;

- tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma'rifat maskanlari, muzeylar, ko‘rgazmalarga ekskursiya va sayohatlar tashkil etish;

- ota-onalarni ta'lim muassasalariga taklif etish, hokimiyat qoshidagi voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi komissiyalar ishida, korxonalardagi maktab hamkorlik kengashlarida, bola ta'lim-tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan yig‘ilishlarda, tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;

- xalqaro terrorizm, diniy ekstremizmning reaksion mohiyatini keng tushuntirish, ularning yoshlarga ta'sirining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda uni hayotga tatbiq etish;

- respublikamizda yashovchi turli xalq va millatlar vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni targ‘ib qilish va har tomonlama tushuntirish ishlarini olib borish;

- ta'lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda vatan va o‘z xalqi bilan faxrlanish , uning buyuk tarixiga hurmat bilan qarash, ularning ulug‘ kelajagini ta'minlash uchun daxldorlik va javobgarlik tuyg‘ularini tarbiyalovchi tadbirlarni amalga oshirish;

- mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari : «Mustaqillik», «Konstitutsiya», «Xotira va qadrlash», «O‘qituvchilar va murabbiylar», «Xalqaro xotin-qizlar», «Vatan himoyachilari» kunlari va boshqa bayramlarning tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o‘tishini ta'minlash;

- ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali o‘quvchilar ongiga mustaqillik mafkurasi va milliy g‘oyani singdirish;

- pedagog, psixolog, tibbiyot xodimlari, ichki ishlar nazoratchisi, «Mahalla» faollari, ota-onalar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etish;

- o‘quvchi-talabalarni har tomonlama kamol toptirish, sport, badiiy, estetik, texnik, ekologik, sayyohliq va o‘lkashunoslik, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yosh iqtisodchi, notiqlar, biznesmen, menejerlar tg‘garaklariga, huquqiy savodxonlikka yo‘naltiruvchi klublarga, ularning qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab jalb qilish;

- sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘yinlar, «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» musobaqalari va boshqa sport tadbirlarini o‘tkazish;

- iste'dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchi-talabalarning qobiliyat va mahoratini ochishga keng imkoniyatlar yaratish, turli xil ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, anjumanlar o‘tkazish, ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quvchilarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha olgan kasb mahoratini ochib berishga sharoit yaratish, yoshlarda erkin fikrlash qobiliyatini kengaytirish.

Respublika ommaviy tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish, asosan, milliy g‘oyani talabalar ongiga singdirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish maqsadida umumta'lim maktablarida quyidagi tadbirlarni o‘tkazish mumkin:



  • Siz qonunni bilasizmi? ko‘rik tanlov;

  • Siz tarixni bilasizmi? ko‘rik-tanlovi;

  • Konstitutsiya-hayotimiz qomusi ko‘riktanlovi;

  • «Suv – hayot manbai» ko‘rik-tanlovi;

  • «Kitobsevarlar» ko‘rik-tanlovi;

  • «Ijodkor o‘quvchi (talaba)lar» anjumani;

  • «O‘zbekiston qo‘shiq bayrami »;

  • «Nafosat» yosh qalamkashlar anjumani;

  • «Istiqlol chechaklari» ko‘rik-tanlovi;

  • Temir yo‘llar orqali «Vatanimiz tarixini o‘rganamiz» sayohati;

- Buyuk ipak yo‘li marshruti bo‘yicha xalqaro yosh velosayyohlar musobaqasi;

  • «Yoshlar badiiy ijodiyot festivali» va hokazolar.

Uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimida targ‘ibot-tashviqotda rasmiyatchilikka, tadbirbozlikka chek qo‘yishimiz kerak. Shuni doim yodimizda tutishimiz kerakki, balandparvoz, chiroyli so‘zlar, quruq ma'ruzalar har qanday g‘oyani obro‘sizlantiradi. Yoshlar bilan teng muloqotga kirishish, ularning qalblariga xalqchillik, samimiyat bilan kirish, qanotlantirish, mafkuraviy kurashlar davrida milliy g‘oya tashviqotini jangovar darajaga ko‘tarish kerak.

Dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlar milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish orqali ularni hayotga tayyorlashda yangicha innovatsion uslublarni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etib borishni taqozo etmoqda.

Ilmiy xulosalarga ko‘ra, odamning xotirasida 90 % hollarda – o‘zi bajargan ish, 50 % hollarda – ko‘rgani va 10 % hollarda – eshitgani saqlanib qoladi. Demak, g‘oyaviy tarbiyada yoshlarni ko‘proq o‘zlari bevosita ishtirok etadigan amaliy mafkuraviy ishlarga jalb qilishimiz kerak. Buning uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarining rang-barang, ta'sirchan usullarini joriy qilish lozim.

Yoshlar tarbiyasi ta'lim muassasalarining ustuvor vazifasidir. Shu o‘rinda «Biz hyech kimdan kam bo‘lmaganmiz, hyech kimdan kam bo‘lmaymiz ham» tamoyilining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rnini alohida ta'kidlab o‘tish joiz.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishda o‘quvchi-talabalar tarbiyasining asosiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilash zarur. Tarbiyaning ijtimoiyligi, tarixiyligi, umuminsoniy va milliy xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Shu bilan bir qatorda tarbiya uslublarini takomillashtirib, zamonaviylashtirib borish zarur.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ongli intizom, mas'uliyatlilik, madaniy xulq, insonparvarlik hislarini hamda fidoyilik, qat'iyatlilik fazilatlarini tarbiyalash zarur.

O‘zbekistonda ma'naviy-ma'rifiy sohadagi davlat siyosati jamiyatda yuksak ma'naviy muhitni qaror toptirishga qaratilgan. Jamiyatni ma'naviy-axloqiy yangilash milliy taraqqiyot uchun zamin yaratibgina qolmay, unga kuch baxshida etadi. Shuni e'tiborga olib, talaba-o‘quvchilarga yangilanayotgan O‘zbekistonning ma'naviy-axloqiy negizlari haqida tushunchalar berib borish lozim.

Davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlardagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va ishlash tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yish lozim. Bu tizimning samarali ishlashi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlar ruhiyatining rivojlanishi va kamol topishida balog‘at davri muhim bosqich hisoblanadi. Xuddi mana shu davrda olamga ham, muhitga ham qiziqishlar keskin ortadi. Barqarorlik belgilari namoyon bo‘la boshlaydi. Aksariyat bolalarga atrofdagilar ularni tushunmayotgandek yoki tushunishni istamayotgandek tuyuladi. Yurish-turishlarida keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Yoshlarni duch kelishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsizliklardan asrash, ma'naviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga vafo, burch, vijdon, tashabbuskorlik, sadoqat, faollik, mas'uliyat kabi xislatlarni turli ma'rifiy usullardan foydalangan holda singdirib borish lozim.

Bu borada yoshlarni milliy g‘oya va mafkura ruhida tarbiyalashda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning interaktiv metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun ma'naviy-ma'rifiy ishlarda interaktiv metodlarni qo‘llash shart-sharoitlarini bilim muhim. Bunda faol, hayotiy pozitsiyani shakllantiruvchi metodlarni qo‘llash samara beradi. Yoshlarda lider (sardorlik) sifatlarini hamda jamoada o‘z o‘rnini topa olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish zarur.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda o‘zgalar fikrini hurmat qilgan holda dalillash, ishontirish, asoslash, munozara olib borish mahorati yuksak bo‘lishi zarur. Jamoaviy ijodiy faoliyat ham kuchaytirilishi talab etiladi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar taqdimoti, natijalarini sarhisob va e'lon qilish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, kelajakda ma'naviy-ma'rifiy ishlar istiqbolini belgilashda muhim rol o‘ynaydi.

Globallashuv jarayonida milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirishda milliy an'analardan foydalanish zarur. Informatsion xurujlar kuchaydi. Shuning uchun informatsion xurujlarga qarshi kurashning shakli, mazmuni va turlarini yoshlar ongiga ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda singdirib borish kerak.

Tadbirlarni amalga oshirishda yoshlarning ma'naviy ehtiyojlari va ularni shakllantiruvchi omillar hisobga olinishi kerak. Shunda yoshlarning o‘tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga qiziqishi ortadi va uning faol ishtirokchisiga aylanadi.

Yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Yoshlar o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borishda tarbiya ta'sirchanligini oshirish yo‘llari va vositalarini qo‘llash samara beradi.

Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya izchilligini ta'minlash zarur. Mafkuraviy tarbiya yoshlar tarbiyasida ulug‘vor maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. Shuning uchun bu sohadagi mas'ul xodimlar o‘quvchi-talabalarni mafkuraviy tarbiyalash mazmuni va o‘ziga xos jihatlari, mafkuraviy tarbiyaning uslub va vositalari, mafkuraviy tarbiyaning milliy va xorijiy tajribalari haqida tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim.

Professor-o‘qituvchilar ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirish yo‘llari, talaba-o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda milliy g‘oyani singdirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi.

Milliy g‘oyaning yoshlar ongiga singdirishda, ularning ishonch va e'tiqodiga aylantirishga yangicha uslub, yondashuv va texnologiyalarni qo‘llash muhim.

Milliy g‘oyaning yoshlar ongiga singdirishida erkin mavzular tanlash va taqdimotini o‘tkazishga e'tibor qaratish lozim. Milliy g‘oyani targ‘ib etishda roliklar, videokliplar, ijtimoiy reklamalar, «Virtual sayohatlar», «multimediya» dasturlaridan foydalanish lozim.

Mamlakatimizning boy tarixiy-ma'naviy merosidan, tarixiy obidalari, muzeylardan foydalanishga ham e'tibor qaratish kerak. Fidoyi insonlar hayoti, dunyoning axborot maydonida bo‘layotgan o‘zgarishlar, OAV, internet ma'lumotlari haqida to‘g‘ri tushunchalar shakllantirilishi talablarda to‘g‘ri xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarini shakllantirishga zamin yaratib beradi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda o‘quvchi-talabalarda mustaqil fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bahs, munozaralarga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiq. Mavzularni iloji boricha hayot bilan bog‘lab tashkil qilish yaxshi samara beradi.

Yoshlarni milliy g‘oya va mafkura ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda Konstitutsiya va qonunlar targ‘ibotini amalga oshirish usullaridan keng foydalanish zarur.

Respublikamizda bevosita fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Ammo mazkur qonunlarni yoshlar tomonidan anglash va hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalari hozircha ko‘ngildagidek emas. Bu esa, yoshlarning qonunlar to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarini izchil rivojlantirishni talab etadi.

Fuqarolik jamiyati asoslarining pirovard maqsadi – inson hayotini muayyan ma'naviy maromlarda muvofiqlashtirish, har bir shaxsning insoniy potensialini yuzaga chiqazishdan iboratdir. Zero, inson omilini faollashtirishda kishilarning huquqiy bilimliligi roli kattadir. Ya'ni, huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan jamiyat mustahkam bo‘ladi va millat birligi kuchayadi.

Har qanday jaholatdan insonni ma'rifat qutqaradi. Shuni hisobga olib, yoshlarga «Jaholatga qarshi ma'rifat » tamoyili mohiyatini tushuntira borish lozim.

Yoshlarga ma'naviy-ma'rifiy ishlarda diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari to‘g‘risida tushunchalar berib borish zarur. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslarini tushuntirish va diniy-ma'rifiy targ‘ibot ishlariga usto-murabbiylarni keng jalb etish lozim.

Bunda yoshlar tarbisiga ta'sir etayotgan ijobiy (oliy ta'lim mazmuni, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, OAV, oila, davlat va jamoatchilik tashkilotlari, san'at, madaniyat va h.k.) va ayrim salbiy (diniy ekstremizm, terrorizm mafkurasi, missionerlik, prozeletizm, loqaydlik, befarqlik, tarbiyaviy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va h.k.) omillar ochib berilishi, ulardan ogohlantirish zarur.

Ijobiy omillar samaradorligini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, salbiy omillar ta'sirini bartaraf etishning yo‘nalishlari, metod va vositalaridan ma'naviy-ma'rifiy ishlarda samarali foydalanish lozim.

Yoshlarni ogohlik , hushyorlik va g‘oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalash, axloqsizlik g‘oyasini yoyib, xalqni ma'naviy jihatdan buzishg intilayotgan qora kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan diniy-ma'rifiy kurashda yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan diniy-ma'rifiy tadbirlarga diniy idoralar vakillarini jalb etish muhim ahamiyatga ega.

Chunki, yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tazyiqlaridan himoya qilishda dinshunos olimlar va din ulamolari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish samarali usul hisoblanadi.

Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o‘qituvchi, tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari borki, ular bevosita yoshlarni bu yovuz kuchlarning g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga e'tibor qaratib borishlari talab etiladi. Chunki bugungi kunda din niqobi ostidagi har qanday ekstremistik ko‘rinishlarga qarshi kurashmog‘imiz dolzarb masaladir. Masalan, umumlashgan tushunchada «terror» degani u yoki bu ko‘rinishda siyosiy maqsadlarga erishish uchun kurash vositasi bo‘lib, unda hyech bir gunohsiz kishilar terrorning nishoni bo‘lishadi. Demak, terror begunoh odamlarga qarshi zo‘ravonlikni anglatadi, uni ma'naviy jihatdan hyech qachon oqlab bo‘lmaydi. Bunga 2005 yil Andijon shahrida ro‘y bergan voqyealar yaqqol misoldir.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgnan yutuqlarni va kamchiliklarni aniqlab, tahlil qilib borish lozim. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimli rejalashtirilib amalga oshirilsa va baholansa, istiqboldagi vazifalarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talaba-o‘quvchilar qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirishda pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur. Bunda birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening, o‘yinlar, ssenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya etiladi.


Tayanch so‘z va iboralar: mustaqillik, jamiyat, ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, dars jihozi, didaktikasi, hayot bilan bog‘lash, mashg‘ulot borishi, rejalashtirish, Milliy g‘oya, strategiya, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, mafkura, qonun ustuvorligi, bozor iqtisodi, vijdon erkinligi, fuqarolik jamiyati, siyosiy hayotni erkinlashtirish.

Mavzuni mustahkamlashga oid savollar:

1. Milliy g‘oya va mafkura o‘quvchilar ongiga singdirishning qanday usullari mavjud?

2. Milliy g‘oya va mafkura o‘quvchilar ongiga singdirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning mazmuni nimalardan iborat?

3. Yoshlar o‘rtasida qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish mumkin?

4. Milliy g‘oya va mafkura o‘quvchilar ongiga singdirishda erkin mavzular tanlash va taqdimot qanday tartibda o‘tkaziladi?

5. Milliy g‘oya va mafkura o‘quvchilar ongiga singdirishda pedagogik hamkorlikning qaysi texnologiyalari yaratilgan?

6. Ustoz va shoigrd an'anasi qanday amalga oshiriladi?
8-§ Fan mazmunini yangilash metodlari

Darsning rejasi:


  1. O'rta maxsus ta'lim tizimida milliy g'oya fanidan o'quv metodik majmuaning komponentlari.

  2. Dars mazmuni, va turini aniqlash, adabiyotlar-to'plami, darsni metodik jihozlash.

  3. O'qituvchiga qo'yiladigan talablar. O'qituvchining shaxsiy xususiyatlari. Darsni - tashkil etish kasbiy mahorati.

  4. Dars va darsdan tashqari ishlarda o'quvchilarni tarbiyalashda o'qituvchining faoliyati. Baholash mezonlari.

  5. Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning ahamiyati. Sinfdan tashqari ishlarning o'quvchilarni fanga qiziqtirish, ularning ma'naviy rivojlanishi.

  6. Fan to'garaklari, uchrashuvlar, konferentsiyalar, kechalar tashkil qilish. Badiiy va hujjatli filmlar namoyishi va tahlili.

  7. Muzeylari va me'moriy obidalar, qadamjoylarga ekskursiyalar uyushtirish. Pedagogik amaliyot va yozgi sog'lomlashtirish lagerlari amaliyotiga tayyorgarlik.

Milliy mustaqilikka erishganimiz munosabati bilan nafaqat akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida, balki umumta'lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni kadrlar tayyorlash jarayonida tinmay takomillashtirib borish mamlakatimizda Davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Jumladan, bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da masala shunday qo‘yiladi:

“Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun darajasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

- ta'lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish;

- milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;

- o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini tiklash hamda, amaliyotga joiy etish” lozimligi alohida qayd etib o‘tilgan.

Hukumatimiz tomonidan yosh avlodni ta'lim-tarbiya bobida darsdan tashqari vaqtlarini, ularning zamonaviy komil insonlar etib tarbiyalashda respublikamiz ilg‘or pedagoglar ahli oldiga qo‘ygan bunday murakkab vazifalarini amalga oshirish, ushbu kamtarona tadqiqotning asl motivatsiyasi hisoblanadi.

Xo‘sh, ta'lim-tarbiya jarayonida muhim rol o‘ynaydigan bu muammo bugungi kunda respublikamiz ta'limi tizimida qay darajada rivojlanib bormoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2005 yil 5 iyuldagi «Maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini oshirish o‘quv yili yakunlari va rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida »gi buyrug‘ida qayd etilishicha o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga faol jalb etishda muayyan ishlar qilinganligi qayd etilgan. Shuningdek, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari huquq targ‘ibot organlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm, terrorizm va giyohvandlik – hayot kushandasi”, “Terrorizm va giyohvandlik – XXI asr vabosi”, “O‘z huquqingni o‘zing bilasanmi?”, “Terrorizmning mudhish oqibatlari” mavzularida uchrashuvlar, mahalla faollari, ota-onalar ishtirokida davra suhbatlar o‘tkazilgan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, «Maktabdan tashqari ta'lim» tushunchasi bilan birga, «darsdan tashqari ishlar» tushunchasi mavjud. Umumta'lim maktablari sistemasida mavjud bo‘lgan «Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari» o‘zida qator mustaqil ta'lim-tarbiyaga bevosita aloqador bo‘lgan muassasalarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, Respublika ta'lim markazi va uning qoshidagi Ilmiy-metodik kengashi, Respublika «Bio ekosan» o‘quv-uslubiy majmui muassasalarida Respublika miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tasarrufida faoliyat olib boradi.

Mazkur ta'lim muassasalarining talabalar bilimini takomillashuvi va ayniqsa ongli kasb-hunar egallashlaridagi o‘rni va rolini naqadar ulkan ekanligiga gap yo‘q. Biroq, shunga qaramasdan o‘quvchilarimiz ko‘p hollarda umumta'lim maktabining 9-sinfini tamomlab,O‘MKH ta'limi tizimiga o‘qishga kirganlaridan keyin ularning maktabdan tashqari muassasalar bilan aloqalari deyarli uziladi. Bu degan so‘z 9-sinfni tamomlab, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirgan talaba bir tomondan go‘yo ta'limning uzluksizligini sharaf bilan bajo keltirdi. Xo‘sh, darsdan keyingi mashg‘ulotlardagi uzluksizlik qaerda qoldi? Holbuki, yuqorida ko‘rsatganimizdek, Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika “Bio ekosan” o‘quv-uslubiy majmuasi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, O‘MKHT akademik litseylar ongli kasb tanlashlari va uning davr talabi darajasida yana takomillashtirib – egallab borishlarida benihoyat katta ahamiyat kasb etardi. Fikrimizcha, bu borada Respublikamizning Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan Xalq ta'limi vazirliklarining soha mutaxassislari orasida integratsion hamkorlik yanada takomillashtirilsa komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish yo‘lidagi umummilliy maqsadimizni amalga oshirishda benazir imkoniyatlar chratgan bo‘lur edilar.

Shunday ekan, pedagoglar birinchi galda ta'lim-tarbiya jarayonini tom ma'noda demokratlashtirib borib, I.Karimov iborasi bilan aytadigan bo‘lsak, Davlat va jamiyatni boshqarishni erkinlashtirib borib, mazkur o‘rinda alohida olingan muammo – milliy g‘oya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda birgina ma'lum bir doiradagi mualliflar jamoasiga maqbul bo‘lgan «Dastur» va «O‘quv qo‘llanma» larga dogmatik munosabatda bo‘lib, ulargagina yopishib qolmasdan, aksincha ularga ijodiy yondashib, variativ munosabatda yondashishi bugungi davr talabi ekanligini shuningdek, o‘quv jarayonini demokratlashtirish bilan uning ijodiy rivojlantirib borish uzluksiz jarayon ekanligi ta'lim-tarbiyaning bizni o‘rab turgan jo‘shqin jarayon ekanligini aslo unutmasligi kerak.

Mazkur o‘rinda yoshlarimizda milliy g‘oyani samarali shakllantirib borishda, ta'limning yoshlarimizni o‘rab turgan ijtimoiy hayot bilan bevosita bog‘lab borish, uzoq o‘tmishimizdan buyon ota-bobolarimizdan bizga o‘tgan meros bo‘lib kelayotgan benazir tarixiy yodgorliklarimizni kuzatilgan maqsadimizga muvofiq mukammal o‘rganib borishimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya – «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q »ligiga og‘ishmay amal qilish ayni muddaodir.

Shuni alohida qayd etmoq lozimki, o‘zbek xalqi tomonidan asrlar davomida yaratilgnan va milliy boyligimiz bo‘lgan noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash ma'naviy dasturimizning ajralmas qismi bo‘lib qolgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash ishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bugungi kunda respublikamizda 7000 dan ortiq tarixiy yodgorliklar, shu jumladan 2500 ta arxitektura yodgorliklari, 2700 dan ziyod arxeologiya va 1000 dan ortiq mahobatli san'at yodgorliklari davlat himoyasiga olingan. Eng ko‘p tarixiy yodgorliklar to‘plangan O‘zbekistonning 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yhatiga kiritilgan. Ular orasida Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo‘qon va boshqalar bor. Xiva, Buxoro, Samarqandning tarixan shakllangan shahar markazlari tarixiy arxitektura qo‘riqxonalari deb e'lon qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqaro YuNeSKO tashkilotining teng huquqli a'zosi bo‘ldi. Xivadagi «Ichan qal'a» qo‘riqxonasida (1991), Buxoro tarixiy markazida joylashgan yodgorliklar (1993), Shahrisabz shahridagi Temur va Temuriylar davri me'moriy yodgorliklari (2001), Samarqand shahri markazidagi tarixiy yodgorliklar (2002) Xalqaro Jahon Madaniy Merosi ro‘yhatiga kiritilgan.

So‘nggi 10 yillikda Madaniy va Tarixiy yodgorliklarni qayta ro‘yhatga olish ishlari natijasida XX asrning 90 yillari oxirida ularning 7612 tasi hisobga olingan bo‘lsa, shulardan 1595 tasini Me'moriy yodgorliklar, 3106 tasini mahobatli san'at asarlari, 2115 tasini arxeologiya yodgorliklari tashkil etadi. Ulardan 1831 tasi Respublika miqyosida davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, 513 tasi me'moriy obidalar, 98 tasi mahobatli san'at asarlari, 1213 tasi arxeologik va 27 tasi tarixiy yodgorliklardir.

Bu ma'lumotlar mamlakatimizning butun hududi qadimiy madaniyat va sivilizatsiya o‘chog‘i bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday yodgorliklar ayniqsa Samarqand (997), Buxoro (804), Qashqadaryo (592), Toshkent (562), Farg‘ona (512) viloyatlarida ko‘p.

Endigi vazifamiz yosh avlodga «Milliy g‘oya» fani asoslaridan ta'lim-tarbiya berish jarayonida, ayniqsa sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish va boshqarishdaota-bobolarimizning qoldirgan tarixiy meroslaridan ularda milliy g‘oyani shakllantirish va o‘quvchilarning bu fandan olgan nazariy bilimlarini ularning kundalik amaliy faoliyatlarida qo‘llay bilishlariga, qolaversa ularda “O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaslik” g‘oyalarini mustahkam shakllantirib borishda ayni muddaodir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan har oyning oxirgi juma kuni «Ma'naviyat kuni» deb e'lon qilinganligi, «Milliy g‘oya» fanidan dars beradigan o‘qituvchilarni ham o‘zlarining pedagogik faoliyatlarida mazkur qarorni turmushga tadbiq etishda o‘z hissalarini qo‘shishlari shart ekanligini taqozo etadi. Jumladan, o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatida «Milliy g‘oya»ni o‘qitishga taalluqli ilmiy-metodik va didaktik tadbirlarni ishlab chiqish, takomillashtirib borishda «Darsdan tashqari» mashg‘ulotlar masalasiga kelganda oyda bir marta juma kunlari o‘tkaziladigan «Ma'naviyat kuni»da o‘quvchilarni respublikamizda mavjud bo‘lgan, ayniqsa mustaqillik yillarida bunyod etilgan ko‘pgina tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirib borib, ularda milliy g‘oya va mafkurasining Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot kechirish ruhini kamolga yetkazishda katta ahamiyacht kasb etadigan, Vatan manfaatini o‘z manfaati deb anglaydigan yoshlar etib tarbiyalash uchun ularning dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda tarixiy ekskursiyalardavomida aniq tarixiy manbalar va ashyolar vositalarida amaliyotda isbot-dalillar bilan boyitishga harakat qiladilar. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yildagi “Muzeylar faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida alohida qayd etilganidek, muzeylar xalqimizning ma'naviy-axloqiy g‘urur va iftixorini, milliy istiqlol g‘oyalari va mafkuralariga sadoqat, shuningdek ona Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish va kamol toptirishda zarur vosita ekanligi biz pedagoglarni, ayniqsa milliy g‘oya fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish jarayonida Respublikamizda mavjud bo‘lgan turli muzeylar, eksponatlardan maqsadga muvofiq foydalanishga da'vat etadi.

Endi quyida “Milliy g‘oya” fanidan o‘quvchilarga Vatanimizning boy madaniy merosi, obidalari, ayniqsa milliy mustaqilligimiz yillarida bunyod etilgan ayrim tarixiy yodgorliklar majmui bilan tanishish maqsadida olib borilgan amaliy ishlardan namunalar keltiriladi.

Birinchi galda o‘quv yili boshida “M illiy g‘oya” fanidan dars soatlari taqsimotini ishlab chiqish jarayonida, mazkur fanni o‘qitish, samaradorligini oshirish va takomillashtirish, yoshlarda milliy g‘oya va mafkurasini shakllantirishni davr talabi darajasiga ko‘tarish maqsadida “Ta'limdan tashqari ishlarni tizimli ravishda amalga oshirishni takomillashtirish ”ning quyidagi rejasi tuzib chiqiladi.

1. “Milliy g‘oya” fanining asoschisi Islom Karimovning hamda, Prezident Sh.Mirziyoevning asarlari, nutqlari, ommaviy axborot vositalari xodimlariga bergan intervyularini atroflicha o‘rganish, ularda ilgari surilgan ilmiy-nazariy tamoyillarni har bir o‘quvchi ongiga operativ ravishda yetkazish maqsadida “Yosh siyosiy sharhlovchilar” to‘garagini tuzish samarali natijalar beradi. Mazkur to‘garakda, shuningdek ommaviy axborot vositalarida ko‘tarilgan ayrim muhim masalalar ham atroflicha tahlil etilib, o‘quvchilarning keng ommasi muhokamasiga tavsiya etildi. Lozim topilsa Xalqaro maydonda sodir bo‘lgan masalalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda mavzuga bag‘ishlangan referatlar ham tayyorlanadi va himoya qilinadi.

2. Har bir o‘quvchiga “O‘zbek modeli”ning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lmish “Qonun ustuvorligi”, mustaqil O‘zbekistonimizda “Qonuniy demokratik jamiyat qurish” asoslari sistemali ravishda singdirib borish maqsadida “Yosh huquqshunoslar” to‘garagini tashkil etish. To‘garak faoliyatiga mas'ullik ijtimoiy fanlar kafedrasida huquqshunoslik fanlaridan dars beradigan pedagogga yuklanadi.

3. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarni mamlakatimizdagi tarixiy yodgorliklar, ma'rifiy-madaniy maskanlar, san'at koshonalari, ayniqsa mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlar bilan atroflicha tanishtirish maqsadida tarixiy ekskursiyalar uyushtiradi.

4. “Yosh o‘lkashunoslar”, “Yosh vatanparvarlar” to‘garaklarini tashkil etish.

5. O‘quvchilarga o‘z mahallalari, qishloqlari, tumanlari tarixi mavzusida referat yozishni topshiradi.

6. Mahalla faollari, oqsoqollari ishtirokida “Mahallamiz tarixidan” mavzusida davra suhbati o‘tkazadi.

7. “Diniy ekstremizm nima?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi , viloyat, tuman IIB rahbar-vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazib boradi.

8. O‘quv yurti kutubxonasida tarixiy sanalarni nishonlashga bag‘ishlangan kitobxonlar konferensiyasini o‘tkazadi.

9. “Ogohmi biz?” mavzusida suhbat. Bu tadbir ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va a'zolari tomonidan olib borilishi talabga muvofiq bo‘ladi.

10. Tarixchi-arxeolog olimlar bilan “Vatanimizning o‘tmishi va bugungi istiqbollari” mavzusida suhbat o‘tkazish.

11. Respublikamiz qurolli kuchlari, IIB, Davlat xavfsizligi ko‘mitasi xodimlari, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Vatanni sevmoq iymondandir!” mavzusida davra suhbati o‘tkazish.

Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlri, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta'sir ko‘rsatadi.

O‘quvchi-talabalarga milliy g‘oya va mafkurani ta'limdan tashqari ishlar orqali singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e'tibor qaratilishi lozim:

- yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;

- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;

- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;

- insonparvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha olish), muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo‘llash;

- odamlar bilan o‘zaro munosabat – muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;

- qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas'uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi. Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilikni, ekologik ta'lim-tarbiyani amalga oshirish;

- mustaqil davlatimiz – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga qiziqishni oshirish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirish;

- turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;

- sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;

- yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

Ta'limdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchi-talabalarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchi-talabalarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Ta'limdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar yig‘it-qizlarning ijtimoiy shaxs sifatida shakllanishlari uchun qator imkoniyatlar yaratadi.

Ta'limdan tashqari ishlarni amalga oshirish orqali o‘quvchi-talabalar o‘rtasida milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish, shakllantirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ularni takomillashtirish orqali samarali natijalarga erishish mumkin.

O‘quvchi-talabalarning bir kunlik vaqt byudjeti: o‘quv va darsdan tashqari vaqt sotsiologiyasini aniqlash va shu asosda ta'limdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur.

Darsdan tashqari ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar va h.k., usullari: ishontirish, namuna ko‘rsatish, o‘rganish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, illatlarga salbiy munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, “mafkuraviy vaziyat”, harakatli, taqlidli, rolli o‘yinlar va h.k.lardan samarali foydalanish lozim.

O‘zbek oilalaridagi kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylab saqlash va kitobxonlik xalqimiz ma'naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etgan fazilatga aylangan.

Chunki kishining o‘zini-o‘zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o‘zingizni ko‘rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma'lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Kitobxonlik mushohada va mulohaza yuritish iqtidorini shakllantiradi, fikrni charxlaydi, teranlashtiradi. Ta'limdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da'vat etish, ularning kitoblardan foydalanib o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o‘rganishga o‘quvchi-talabalar jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeylarga o‘quvchi-talabalarning tashrifini uyushtirib borish an'anaga aylanishi kerak.

“Mening davlatim”, “Mening xalqim”, “Mening Vatanim”, “Biz hyech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam bo‘lmaymiz ham” va shu kabi mavzularda turli ma'rifiy tadbirlar tashkil etib, ularda talaba-o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash lozim.

Tuman, shahar, viloyat va respublika ma'naviyat-ma'rifat markazlari, oliygohlar, ilmiy tekshirish institutlari, muzeylar, sayohat muassasalari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlashni yo‘lga qo‘yishi zarur.

Muzeylar, tarixiy joylar, zavod-fabrikalar, san'at dargohlari, konsert zallari, teatr, televidenie va hokazolarga sayohat darslarini tashkil etish maqsadga muvofiq.

Tarixiy joylarga sayohat o‘ziga xos ma'naviy-ma'rifiy ish uslubi bo‘lib, o‘quvchilarga o‘rganilayotgan ob'ektni bevosita ko‘rish, kuzatish va ular to‘g‘risida mukammal, to‘liq ma'lumotlar olish imkonini beradi. Bu dars afzalligining yana bir tomoni bo‘lib, o‘rganilayotgan ob'ekt to‘g‘risida ilgarigi mavjud bilimlarini to‘ldirish uchun qiyoslash, tahlil qilish sharoitini yaratadi.

Mamlakatimizning barcha hududiy birliklarida sanalar, nomlar, tarixiy voqyealar, davrlar bilan bog‘liq joylar mavjud. Ular ko‘cha, tepalik, bino, soy, ariq, qishloq, ovul, mahalla bo‘lishi mumkin. Sayohatlarni o‘quv muassasasiga yaqin, o‘quvchilarning yashash joylarida uyushtirish qator qulayliklarga ega.

Uchrashuvlar, tanishuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda muhim ahamiyatga ega. Milliy g‘oyani o‘quvchilarga singdirishda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar alohida ahamiyatga ega. Ular xalq sevgan adiblar, san'at ustalari, huquq organlarining vakillari, Vatan qahramonlari, harbiylar, soliq, mehnat bo‘limlarining xodimlari, siyosiy partiyalarning vakillari, olimlar, siyosatchilar va sportchilar bo‘lishi mumkin. Bunday jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar hayot tajribalari xususida jonli muloqot yuritishga imkon beradi. Ular bilan muloqot orqali o‘quvchi-talabalar o‘zlarini qiynayotgan, qiziqtiradigan savollarga bevosita javob oladilar. Ularning hayoti va faoliyati Vatan uchun xizmat qilish g‘oyasiga yaqqol misol bo‘lib, o‘quvchilarni ana shu yo‘sinda yashashga undaydi.

Fan bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va ularning muttasil ishlashini ta'minlash milliy g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirishda muhim ta'lim-tarbiya jarayoni hasoblanadi.

To‘garaklar va yoshlar klublarida ko‘rik-tanlovlari yoki konferensiyalar, fotosuratlar, albomlar, rasm chizish, kashta, so‘zana va boshqa milliy hunarmandchilik ishlarini namoyish qilish bilan ham milliy g‘oya tushunchalari singdirilishi mumkin.

Yoshlarning to‘y-ma'rakalarda, ommaviy sayillar, bayramlarda ishtiroki asosida mahallada o‘zini tutishni, kattaga hurmat, kichikka izzatni, yaxshi-yomon kunlarda yelkadoshlikni his qilishni o‘rgatish orqali milliy g‘oyaning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabatni shakllantirishga e'tibor qaratish lozim.

Tayanch so‘z va iboralar: yoshlar, to‘garaklar, ko‘rik-tanlovlar, bayramlar, mahalla, oila, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, tizimni takomillashtirish, demokratik jamiyatni shakllanishi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkillashtirish.
Mavzuni mustahkamlashga oid savollar:


  1. “Milliy g‘oya va mafkura” fanini o‘qitish jarayonida qaysi usul va metodlardan foydalaniladi?

  2. O‘qitish jarayonida darsdan tashqari mashg‘ulotlar qaysi tizimda takomillashtiriladi?

  3. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqida nimalarni bilasiz?

  4. “Ta'limdan tashqari ishlarni tizimli ravishda amalga oshirishni takomillashtirish” qanday reja asosida tuziladi?

  5. Yoshlar hayotida to‘garaklarning ahamiyati qandayf?


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish