Mikrobiologiya va immunologiya


Viruslar. Ularning tuzilishi va klassifikasiyasi



Download 13,45 Mb.
bet21/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

3. Viruslar. Ularning tuzilishi va klassifikasiyasi
Viruslar hujayrasiz mikroorganizmlar bo’lib, barcha turdagi organizmlar- hayvon, odam, o’simlik, hashorat, bakteriya, zamburug’, sodda hayvonlar hujayrasi ichida parazitlik qiladi. Ular hujayrasida ko’payish hususiyatiga ega bo’lgan maxsus genomi bor. Viruslar ikki shaklda bo’ladi: hujayra tashqaridagi – tinch va hujayra ichida ko’payadigan (vegetativ) shaklda.
Tinch shakldagi viruslarni «virus qismchasi», «virusli korpuskul», «virion», - vegetativ shaklini esa «virus hujayra» kompleksi deb ham yuritiladi.
Viruslar undagi nuklein kislotasi tipiga, uni viriondagi foiziga, spiral soniga, nisbiy molekula og’irligi, virusning tuzilishi, reproduksiyasi va h.k ko’ra klassifikasiyalanadi.
Nuklein kislotasi tipi bo’yicha viruslar ikkita katta guruhga bo’linadi; RNK ali va DNK li viruslar.Hozirgi vaqtda viruslar 19 ta oilaga kiritilgan. 12 tasi RNK genomli, 7 tasi DNK genomli viruslar. Ular spiralining soniga qarab bir yoki ikki spiralli bo’ladi.
Viruslarni asosiy xususiyatlarini tavsiflash uchun kodlashtirilgan yozuv (kriptogramma) qo’llaniladi. Kriptogrammada belgilar ishlatiladi: nuklein kislota tipi (RNK – R, DNK - D, uning nisbiy molekulyar massasi), virion shakli ( S - sferik, Ye - uzunchoq, X- aralash tarkibli), xo’jayini (A- aktinomisetlar, F- zamburug’lar, V – umirtqalilar va h.k.) va tashuvchi (As- kanalar, Di – chivin va pashshalar, Si- bitlar va h.k.) Masalan, enterovirus avlodining kriptogrammasi R\ 1:2,5\ 30:S\ S VO quyidagicha o’qiladi.
RNK bir spiralli, nisbiy molekulyar og’irligi 2,5 mln dalton (virion massasining 30 %), sferik shaklda, umurtqalilar organizmida parazitlik qiladi, tashuvchisiz tarqaladi.
Virionning shakliga qarab, viruslar to’rt guruhga bo’linadi:
1. sferik – ya’ni sharsimon –( gripp,parotit, qizamiiq, leykoz viruslari, arbovirus va h.k);
2. tayoqchasimon –(mozaika kasalligining qo’zg’atuvchisi );
3 . Kubiksimon (chechak qo’zg’atuvchisi, adenovirus, enterovirus);
4. Spermatozoidsimon (bakteriya viruslari – faglar).
Virion- markazida joylashgan bir yoki ikkita qobiqqa o’ralgan nuklein kislotasi (DNK yoki RNK)yoki nukleoproteiddan tarkib topgan. Birinchi qobiq – ichida nuklein kislotasi bor – kapsid deyladi. Kapsidda takrorlanuvchi oqsil qismlari – kapsomerlar bor. Ular bir yoki bir nechta oqsil molekulalaridan iborat monomerlardan tuzilgan. Har bir virus kapsididagi kopsomerlar soni doimiydir. Masalan mozaika kasali virusida – 2000 va h.k.
Nuklein kislotasi va kapsiddan iborat tarkib nukleokapsid deb aytiladi. Nukleokapsid tashqi lipid va uglevod saqlovchi qobiq bilan qoplangan bo’ladi. (murakkab viruslar).
Viruslar ikkita katta guruhga bo’linadi: oddiy va murakkab. Bitta nukleokapsiddan iborat virion oddiy viruslar deyiladi.
Nukleokapsid tarkibida lipid va uglevodi bor qobiq bilan qoplangan virion murakkab viruslar deyiladi. Bu tashqi qobiq superkapsid ikki kavatli membranadan iborat: lipidli yoki oqsilli. Superkapsidda uglevodli oqsillar – glikoproteidlar bor.
Kapsomerlar ma’lum tartibda, (simmetriya) joylashadi va shunga qarab viruslar uchga bo’linadi, spiralli, kubli va aralash simmetriya tipli.
Spiral simmetriyali viruslar nukleokapsidi naycha shaklda bo’lib, kapsomerlarga o’ralgan nuklein kislotadan iborat.
Kub simmetriyali viruslar (izometrik viruslar) kristallografiyadan ma’lumki uchta shaklda bo’ladi. 1) tetraedr ( simmetriya o’qi 2:3); 2) oktaedr (simmetriya o’qi 4:3:2); 3) ikosaedr (simmetriya o’qi 5:3:2).
Aralash simmetriyali viruslar nukleokapsidi kub simmetriyali, ichida joylashgan nukleoproteid spiral simmetiriyali holatda bo’ladi.
Viruslarning o’lchami 20 dan - 350 nm cha bo’ladi. Uni 1) o’lchami, kattaligi aniq bo’lgan filtrlardan o’tkazib, 2) ultrasentrifuga qilish, 3) diffuziya, 4) rasmga tushirish (elektron mikroskopda) kabi usullarda aniq laydilar.
Viruslarning xususiyatlari:
1.Juda ham kichik bo’lib, oddiy mikroskopda ko’rinmaydi.
2.Filtrlanish – ya’ni bakteriyalarni tutib qoladigan filtrlardan bemalol o’tadi.
3. Sun’iy oziq muhitda o’smaydi.
4. Parazit (tirik to’qima hujayrasida rivojlanadi va o’zida moddalar almashinuvi bo’lmaydi.)
5. Tovuq homilasida va rivojlanuvchi to’qimali kulturalarda usadi.
6. Hujayrasiz mikroorganizm.
7. RNK yoki DNK faqat bitta tipdagi nuklein kislotasi bo’ladi.
8. Viruslarda tropizm yaxshi rivojlangan bo’lib, ayrim to’qimalarda tez va aktiv ko’payadi.
1935 yil U.Stenli mozaika qo’zg’atuvchisini kristall shaklida ajratib oldi. Bu kristallarni tamaki o’simligiga yuborganda unda mozaika kasali belgilari namoyon bo’ldi. Shundan beri qator boshqa viruslar kristall shaklida ajratib olindi.
Bakteriya va aktinomisetlarning viruslari fag – bakteriofag hamda aktinofaglar, zamburug’larning viruslari – mikofaglar, suv o’tlariniki sianofaglar deyiladi.
«Fagos» - grekcha so’z bo’lib, yemiraman degan ma’noni anglatadi. Faglar 1915 yilda F.Tuort, 1917 yilda F.D.Errellar tomonidan bir – biridan bexabar holda aniqlagan. Faglar ko’p qirrali prizma shaklidagi boshchasi va o’simtasi bor. Boshchasi 60- 100 nm,o’simtasi 100- 200 nm uzunlikda bo’ladi. Boshchasi kopsomerlardan iborat qobiq va uning ichida bir yoki ikki ipli DNK dan iborat. Dum qismi – oqsilli sterjen bo’lib, ustidan spiralsimon joylashgan kapsomerlardan iborat qisqaruvchi qobiq bilan qoplangan. Dum qismining 5- 6 ta o’smalari bor bazal plastinka bilan tugaydi. Bu plastinkadan ingichka iplar- adsorbsiya organlari tarqalgan.Dum qismi orqali fag boshchasidagi DNK zararlangan mikrorganizm hujayrasiga o’tadi. Bakteriofagning bakteriya tanasiga ta’siri mexanizmi:
1. Adsorbsiya – fag zarrachasi bakteriyaning tanasiga kelib, dum qismi bilan yopishadi;
2. Fag bakteriya hujayra qobig’ini buzib ichkariga kiradi, yoki ichkariga kirmasdan o’zining bosh qismidagi DNK ni shpris singari hujayra ichiga yo’naltiradi;
3. Fag DNK si ta’sirida bakteriya hujayrasining metobolizmi o’zgarib, unda yosh bakteriofag zarralari ko’payib, rivojlanadi. 4. Nihoyat, bakteriofag zarrachalari ko’paygan sari bakteriya tanasi shishib, yoriladi va o’ladi. Undan yuzlab, minglab yetilgan bakteriofaglar chiqadi.
Faglar suvda, tuproq va boshqa tabiat- obektlarida uchraydi. Ba’zi faglar kasallikning oldini olishda, tashxis qo’yishda va h.k ishlatiladi.
Viruslardan tashqari – viroid deb atalgan infeksion agentlar ham bor. Ular tarkibida RNK si bor. Molekulyar og’irligi 1000000- 130000 D. Oqsil qobig’i yo’q. O’simliklarda patogenlik qiladi. (kartoshka tuganagi, sitruslar po’sti va h.k.)



Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish