Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

62

va nozirlarg‘a



266

 boisi nafrat erdi. Xohladilarkim, ul yerlarii obod etib, Toza Xevaq ismi bila mavsum 

etgaylar

267


. Bas, Otajon devong‘a buyurdilar, tokim, qal’aning orqa darvozasinikim, oni Urganch 

darvozasi derlar, yiqib tozadin o‘rnig‘a ikki darvozaxona bino qilg‘ay. Biri elning shaharg‘a kirmaklari 

uchun va biri chiqmoqlari uchun, ne uchunkim, bu yo‘l tamomi viloyat xalqiniig yo‘llaridur. Xalq 

izdihom bilan kelganlarida bir aroba darvozadpn o‘tub ketguncha necha arobalar yo‘ldin kanorag‘a 

chiqib ma’tal bo‘lub turar erdilar. Xon hazratlari fuqaroparvarlik yuzidin tiladilarkim, xalq shaharga 

duxulu xurujda bir-birlariga mazohim

268

 bo‘lmag‘aylar. 



Yana darvozaning yovuqida yo‘l ustida bir tilgiramxona bino qilmoqni ham Otajon devong‘a 

buyurdilar, tokim, xalqning atrofdin xabar olmoqg‘a ehtiyojlari bo‘lg‘onda, betasdi’

269

 hojatlari ravo 



bo‘lg‘ay va oniig muqobilida yo‘lning sharq tarafndz bir g‘oyatda vase’ dorushshifo bino qilmoqni 

Rahimberganga buyurdilar, tokim, viloyatlarining bemorlari dinoru diram xarj etmay roygon

270

 sihatlik 



davlatin topg‘aylar. Nechunkim, viloyatiing jaholatnishon turk tabiblari bemorlarning dinoru 

diramlarin olib, muhlik dorular berib, o‘zlarin o‘lturub yo o‘lmakka qarib etib yuborur erdilar. 

Xohlardilarkim, xaloyiq olarning sharlaridin

271


 najot topg‘aylar va yana ul dorushshifoning va 

Pahlavonning juyining orqa tarafida bir vase’ madrasaning binosin Muhammad Amin devong‘a 

buyurdilarkim, janub tarafdag‘i ikki guldastasining o‘rnida ikki baland minora bino qilg‘ay. Bag‘oyat 

vus’atli va bosafo madrasa bo‘lg‘ay. Tokim, ko‘p mustahiq

272

 tolibi ilmlar ul madrasada vazifali bulub 



ilm tahsilig‘a mashg‘ul bo‘lg‘aylar. Bas, ma’murlar muzdurlarg‘a korfarmoyliq etib hunarli va 

mahoratli boniylarni topib, ul binolarni boshlab, tamomi lavozimlarining tayyorliqig‘a mashg‘ul 

bo‘ldilar. 

G‘allaning bahosi g‘oyatda og‘ir erdi. Faqir va darvesh kishilar muzdurliq bila holati 

maxmasadin

273


 najot topib, xon hazratlarining umru davlatlarining duosin etmakka ishtig‘ol kurguzur 

erdilar. 

Faqir ul hazratning juluslari ta’rixin aytib erdim. Ul kitobning debochasida masturdur va 

midhatlarida

274

 bir qasida ham aytib erdim. Oning bu mahalg‘a indiroji



275

 bag‘oyat munosib ko‘rundi, 

ul qasida budur. Qasida: 

 

Ey, yuzlarnngni o‘ti siynamda shu’laparvar, 



Jisming bu lutf birla jondur magar musavvar.  

Ko‘nglim qalam qoshingning qavsig‘a erdi qurbon, 

Jonim qaro ko‘zungning yodida bo‘ldi muztar. 

Gulshan aro xiromon qil qomatingni sarvin, 

Rashk o‘tn ichra kuysun shamshod ila sanavbar. 

Gullarni sayrin et, chun navro‘z kunlaridur  

Kim, sabzi xurram o‘lmish yer yuzlari sarosar.  

Tarki falakka bo‘ldi manzil chu burji barra,  

Kofuri xushk mushki targa erur barobar.  

Toroj topti kishning barf ila zamhariri,  

Urnig‘a e’tidolu amtordur

276


 muqarrar.  

                                                      

266

 Nozirlarg‘a—nazari tushganlarga, ko‘rganlarga. 



267

 Mavsum etmoq—ism qo‘ymoq, nomlamoq. 

268

 Mazohim—zahmatlar, mashaqqatlar; tinchsizlantiruvchi, tang qiluvchi. 



269

 Betasdi’ — boshog‘riqsnz, tashvishlanmay, ovoragarchiliksiz. 

270

 Roygon—tekin. 



271

 Shar—yomonlik, gunoh. 

272

 Mustahiq—munosib, loyiq, haqli. 



273

 Maxmasa—qattiq ochlik, ochdan o‘lar holatga yetish. 

274

 Midhat—madh etish. 



275

 Indiroji — darj etilmog‘i, kiritilmog‘i, keltirilmog‘i. 

276

 Amtor—yomg‘irlar. 




Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish