www.ziyouz.com kutubxonasi
58
Xon
hazratlari she’rga ko‘p zavq paydo qilib erdilar. O‘zlari ham burundan FYeRUZ taxallusi bila
mutaxallis bo‘lub, she’r aytur erdilar. So‘ngroq she’rg‘a ko‘proq haris bo‘ldilar. Har kishining she’r
aytmoqg‘a sahl qobiliyati bo‘lsa, nav’i she’rlarni aytib dargohi oliyg‘a olib bora berdilar. Shoirlarning
adadlari kam-besh qirqg‘a yovuq bordi. Ali mahramning Ahmad otlig‘ bir o‘g‘li bor edi. Ul ham o‘zini
Tabibiy taxallusi bila mutaxallis etib she’r aytmoq boshladi Xon hazratlari o‘z g‘azallaridin yuz
g‘azalni shoirlarg‘a berib buyurdilar: «Munga payravlik etib g‘azal aytinglar». Shoirlarning har biri
onga payravlik etib, yuya g‘azal aytdilar. Xon hazratlari Tabibiyg‘a amr etdilar, tokim, ul g‘azallarni
masnaviy zimnida jam’ qilib bir kitob etgay. Tabibiy farmoni mujibi bila amal qilib, ul g‘azallarni jam
qilib har g‘azalni yozmoqchi bo‘lg‘onda, masnaviy bila ul g‘azalni aytg‘on kim erkannn bayon etib, bu
tariqada tamomi g‘azallarni jam’ qilib tamom etib ul kitobg‘a «Majmuat ush-shuaro» ot qo‘yuldi.
Oning itmomi ham ushbu yil voqe bo‘lub erdi. Faqir onga bu tarixni aytdim. Tarix:
Ilohi shahanshohi kishvarpanoh
Kim, uldur karamli, adolatli shoh.
Oning dam-badam umrin aylab ziyod,
Davom ayla taxti adolatda shod.
Chu bordur ulumi funun ma’dani,
Karam ilmi fai ahligadur fani.
Etib ilmi fazl ahliga iltifot,
Olarg‘a chiqordi jahon ichra yet.
Tabibiykidur, shoiri muhtaram,
Netay oni atvorin aylab raqam,
Maorifda o‘zni tutar ko‘p arif,
Majolisda dog‘i harifu tarif.
Bir oyinadur so‘zlari sarbasar,
Ramuz
247
oni aksidadur jilvagar,
Onga amr etib ul shahi bebadal
248
Uz ash’oridin topshurub yuz g‘azal,
Dedilar: «Munga kimki payrav bo‘lub,
G‘azal aytmish fikrat ila to‘lub.
Oni aytg‘onlar kim erkanni bil,
Borin masnaviy zimnida jam’ qil».
Bo‘lub shodmon yuvdi ul muhtaram
Hazin ko‘ngli mnr’otidin zangi g‘am.
Bu xizmat izida etib ihtimom.
Kamu besh iki yilda etdi tamom.
Bayoniy qilib fikri tarix bot,
Dedim: «She’rdin qoldi olamda ot».
Yusufbek ibn Fozilbiy mag‘furning havlisikim, Ur havlisidadur. Otajon to‘ra mag‘furg‘a tushub
erdi, Otajon to‘ra oni Qori bazzozg‘a sotib erdi, Qori bazzoz havlini yiqib, o‘rnida bir yaxshi madrasa
binosin boshlab erdi, ushbu yil itmomg‘a yetib, onga tarix aytmoq iltimosin etib erdi. Oning uchun bu
tarixni aytildi.
Shoh olamg‘a davom etsa, duoyi olam eli,
Oni haqida hanuz dahr elidin budur oz.
247
Ramuz—imo, ishorat, timsol, yashirin belgi.
248
Bebadal—tengi yo‘q, mislsiz, monandsiz.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |