www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Kim ko‘rguzur elga ajab vus’atli maydoni nabard,
Gaho oning bir yonida zohir qilur oliy hisor.
Goho arobalarni ot ko‘z oldida sudrab yurur,
Goho u jonlarni ravon aplar talotumli nahor.
Goho iki lashkar kelib aylar urush bir arsada,
To‘pdin, to‘fangdin dam-badam zohir qilur dudi sharor.
Goho necha bechorag‘a makru firib aylab ayon,
G‘addorlik oyinini soz etdi necha nobakor.
Goho o‘yun birla bo‘lur ko‘p nozaninlar jilvagar
Kim, barchasidur siymtan ra’no qadu lolauzor.
Bu nav’ ko‘p nayrang ila elga tamosho berdi ul,
El oni hayroni bo‘lub topti aroda ishtihor.
Chun to‘y ayshi ishratu anvo’i xayriyat bila
Anjomig‘a yetdi zehi ehsoni lutfi shahriyor.
Kelgan kishi boshdin oyoq bo‘ldi zari zevarga g‘arq,
Bu to‘yda kim kiymayin qoldi libosi zarnigor?
Dedi Bayoniy shohig‘a to‘yini tarixi uchun:
«Ey, ikki muncha umr ila bo‘l bu jahonda barqaror».
Hijratning ming uch yuz yigirma oltilanchisida muvofiqi bijan yili sunbulaning yigirma
beshlanchisida va sha’boni muazzamning yigirmasida To‘ra Murod to‘rakim, xon hazratlarining
birodarlari erdilar, ellik to‘rt yoshlarida olami foniydin saroyi boqiyg‘a rihlat ko‘rguzdilar. Ul
hazratdin ikki o‘g‘ul yodgor qoldi. Biri Rahmanquli to‘ra va biri Xudoyquli to‘radurlar. Ul hazrat
muhibi ulamo va muhibi aqrabo erdilarkim, tez-tez tamomi xeshu aqraboni jam’ qilib ittihodu
yakranglik tariqidin bir zarra munharif bo‘lmay kamoli muhabbat va muddat bila musohibat va
muvonasat ko‘rguzur erdilar. Bizlar tamomi oqoini bila da’vatlari mujibicha majlislariga hozir bo‘lur
erduk. Xohishlari bu erdikim, bizlarni bir lahza hazratlaridin judo qilmag‘aylar va o‘zlarin Murodiy
taxallusi bila mutaxallis etib, she’r ham oytur erdilar. Chun rahili olami baqo bo‘ldilar, faqirg‘a
muforaqatlaridin
245
ajab bir betoqatliq dast berib, ul iztirob bu g‘azalni aytmoqimg‘a bois bo‘ldi,
g‘azal:
Davr javri g‘amli ko‘nglumni yana aylab g‘amin,
Zohir etdi javr uza javr aylabon kin uzra kin.
Bildim, ey dunyoyi foniy, senda yo‘q erkan vafo,
Kim sanga kelsa, g‘amin ketdi, bo‘lub zori hazin.
Bermading kimlarga sen yuz oli nayrang ila rang,
Qilmading kimlarni yuz ming g‘adr ila turbatnishin?!
Nomurod etting Murodiydek mukarram zotnya
Kim, edi gulzori ma’ni ichra fikri xurdabin.
Aqrabog‘a bir muhabbatli birodar erdi ul,
Bas, ko‘ngullarda edi mehri oning naqshi nigin.
Do‘st qo‘ldin ketdi, emdi ohi afgondin ne sud,
Rahmatiga noyil etgay oni rabbil olamin.
Ey, Bayoniy, ayla shohingning duoyi davlatin
Kim, onga payvasta bo‘lg‘ay tengrining lutfi ma’yin
246
.
245
Muforiqot — ayrilish, ajralish.
246
Ma’yin —tangri lutfi muqarrar nasib etgay, deyilgan. Qofiya talabi bilan so‘zning shu shakli qo‘llangan.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |