www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Borib Toshkandning sayrin etib, bir necha kun turub, ondin so‘ng, Xorazm tarafiga murojaat etib, bir
necha oyning ichida davlat bila qaytib kelib padari buzrukvorlarining dastbo‘sliqlari sharafi bila
musharraf bo‘ldilar.
Hijratning ming uch yuz o‘n to‘qquzlanchi yilida Muhammadmurod devonbegi olami foniyg‘a
vido’ qildi. Ondin olti o‘g‘ul qoldi. Avvalg‘isi Husayn Muhammadboy, ikkilanchisi Omonkeldiboy,
uchlanchisi Shayx Nazarboy, to‘rtlanchisi Qutlug‘ Qadam, beshlanchisi Qutlimurodboy, oltilanchisi
Xudoyberganboydur.
Hijratning ming uch yuz yigirmalanchi yili yamut avboshlari har tarafdnn tug‘yon etib, yo‘lchilarni
talab, mollarin toroj etmakni boshladilar va usto Safar Ali degan yamut solg‘utni bermadi. Bu
so‘zlarning istimo’idin xon hazratlariga g‘azab mustavli bo‘lub, tamomi o‘zbak va chovdar va Ota va
Qarodoshli lashkarlarin jam’ qilib, shahzoda Sayyid Abdullo to‘rani o‘runlarida joynishin etib,
yonlarida Shayx Nazarboyni qo‘yub yamut ustiga ravon bo‘ldilar. Bu safarlarida hazrat shahzoda
Sayyid Asfandiyor to‘ra doma iqbolahu ham’inon erdilar. Chun yamut ustiga bordilar, Nurjon
Bahodirni bir miqdor lashkar bila usto Safar Alining ustiga ma’mur etdilar. Nurjon Bahodir borib bir
miqdor otishg‘ondin so‘ng, usto Safar Alini dastgir etib, boshin kesib havlisin toroj etib va o‘tlab
boshin olib keldi.
Ondin so‘ng xon hazratlari hazrat Sayyid Asfandiyor to‘ra doma davlatuhuni Taxta tarafiga irsol
etib o‘zlari kuch qilib Toshhavz tarafiga ravon bo‘ldilar. Borib Toshhavzg‘a tushub onda o‘n to‘rt kun
miqdori tavaqquf etdilar va Naqibxo‘jani solg‘ut olmoqg‘a ma’mur etib Taxtag‘a yubormish erdilar.
Chun hazrat Sayyid Asfandiyor to‘ra doma davlatuhu Taxta tarafiga azm etdilar. Chun Taxtag‘a
bordilar, onda havlilariga tushub qaror tutdilar. Har tarafdin fuqaro eshitib, kimning yamutlarda haqlari
bo‘lsa, arz eta berdilar. Shahzodayi jahon navkarlarga buyurub, urub olib beraberdilar. Moli talang‘on
kishilar ham arz etib shahzodaniig amri oliylari bila navkarlar o‘g‘ri va avboshlardiya urub topdurub
beraberdilar. Tamomi Xorazm aholilaridin kimning yamutda haqqi bo‘lsa, xabar eshitib kelib,
yamutlardin haqdarin oldilar. Shahzoda o‘n uch kun miqdori Taxtada turdilar. Kishi qolmadikim,
yamutda haqqi bo‘lub, ul haqqini olmayin qolg‘on bo‘lg‘ay. Ondin so‘ng, shahzoda otlanib Toshhavz
tarafiga ravon bo‘ldilar. Naqibxo‘ja hanuz solg‘utni undurub bo‘lg‘oni yo‘q erdi, ul Taxtada qoldi.
Yonida bir miqdor navkarni shahzoda solg‘ut undurmak uchun qo‘yub ketib erdilar .Olar bila solg‘ut
undurmakka muqayyad bo‘ldi. Shahzoda rikobi humoyunlaridag‘i lashkarlari bila Toshhavzg‘a borib
podshohi oliyjohning mulozamatlari sharafi bila musharraf bo‘ldilar.
Xon hizratlari shahzodaning Taxtada etgan ishlarining xabarlarin kun-bakun eshitib g‘oyatda
xushholu minnatdor erdilar. Hazratlariga kelgan hamono og‘ushlarig‘a olib ko‘rushub favqulodda
navozishu mehribonliqlar izhorin etib, ko‘p minnatdor bo‘ldilar.
Muning so‘ngg‘i kuni xon hazratlari otlanib, yo‘lg‘a kirib Hiloliyg‘a borib tushtilar. Ondin otlanib
Oqupaga borib tushtilar va ondin otlanib Ko‘hna Urganjga borib qaror tutdilar va o‘rnda bo‘lgon
avliyoullohning mozori fayzosorlarining ziyoratlarin etib ko‘p nazrlar va sadaqalar berib hammaii
xushhol etib va o‘n besh kun miqdori ko‘hna Urganjda turub, ondin so‘ng inoni azimatlarin
226
Xevaq
tarafiga ma’tuf
227
etib tajammuli ujbi
228
bila yo‘lg‘a kirib yurudular. Har elningkim, ustidin o‘tar
erdilar, ul elning sag‘iri-kabiridin tamomi aholilari imomu muazzinlari bila istiqbollarig‘a chiqib yo‘l
ustida turub fotiha berib va duo qilib qolur erdilar. Bu tariqada besh kun yo‘l yurub Xevaqning
yovuqig‘a kelganlarida tamomi ulamo va tamomi Xevaq aholilari istiqbollarig‘a chiqib duoyi
davlatlarin etdilar.
Faqirg‘a kitobi «Tarixi Tabariy»ni forsiy tilidin turk .tiliga tarjima etmak xizmatin buyurib erdilar.
Bu sababdin rikobi humoyunda keta olmay amri oliylari bila qolib erdim. Man ham istiqbollarig‘a
chiqib duo qildim. Chun g‘oyat shon-shavkatu shikvayi hashmat bila kelib shaharga kirib kelib taxti
226
Azimat — yo‘nalish, safarga jo‘nash.
227
Ma’tuf – qaratmoq, mayl ettirmoq.
228
Tajammul ujbi — davlatmandlik shuhrati.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |