Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

42

Vaqtekim, Kaufman shaharni sulh bila olib askari bila shaharga kirdi, Rahimberdibek ahli ayoli va 



bir necha xizmatkori bila qumg‘a kirib Hirot tarafiga ravona bo‘ldi. Necha kunlar yo‘l yurub Hirotg‘a 

bordi va Hirot podshohini ko‘rub o‘zin ma’lum etdi, Hirot shohi onga ko‘p a’zozu ikromlar etib, vofir 

vazifa ta’yin qildi. Rahimberdibek bir necha yil Hirotda turdi va bir o‘g‘li bo‘lub, otin Abdullo qo‘yub 

erdi. 


Bir kun haj irodasin etib Hirot shohidin ruxsat olib yo‘lg‘a kirib bir necha kun yo‘l yuruganidin 

so‘ng qaroqchilarg‘a tushub tamomi amvoli torojg‘a ketdi. Ondin so‘ng ahvoli xarob bila taka elatig‘a 

kelib bir necha oy qashshoqliq bila zindagonliq etib so‘ngra qattig‘ bemor bo‘ldi va bir necha kun 

bemorliq bila yotib baqo olamig‘a rihlat etdi. Taka qaboyilining kadxudolari takfinu tajhizin etib 

namozin o‘qub bir yerda amonat qo‘yub Xevaqg‘a kishi yuborib xon hazratlariga bu holdin ogohliq 

berdilar. Xop hazratlari taka kadxudolarig‘a oning ahli ayolin va mayyitin

194

 olib kelmakning amrin 



etib yubordilar. 

Taka kadxudolari farmoni mujibi bila amal etib Raximberdibekning mayyitin bir talato‘ng‘a solib 

tevaga yuklab ahli ayolini kajavalarga mindurub yo‘lg‘a kirib, necha kunlar yo‘l yurub Xevaqg‘a 

yovuq kelganlarida faqirkim, bu huruf roqimidurman, Rahimberdibeknpng Muhammad Niyozbek va 

Otajonbek otlig‘ ikki o‘g‘li bilakim, amakzodalarimdurlar va soyir

195


 qorindoshlar bila istiqbollarig‘a 

chiqib, Naymonda yo‘luqub hamroh qaytib Bog‘ishamol havlig‘a kelturub tushurdukkim, ul havli 

Rahimberdibekning havlilari erdi. Onda Abdullobekni volidasi va ikki hamshirasi bila haramga 

yuborib Rahimberdibekning mayyitin amoratg‘a eltib, Olloberdi to‘raning go‘rxonalarida tufroqqa 

topshurduk. Sadaq ollohi taolo. «Va mo tadri nafsun biayyi arzin tamut». 

Hijratning ming ikki yuz to‘qson oltilanchi yilida Otajon a’lam baqo olamig‘a azm etib, o‘rnig‘a 

Muhammad Rasul oxund rayisni a’lam etdilar. Oning o‘rnig‘a Abdullo oxund ibn Qozi Eshmurodni 

rayis etdilar. Abdullo oxund bag‘oyat oqilu mudabbir

196

 va dindoru rostkirdor va haybatli va siyosatli 



kishi erdilar. Chun rayis bo‘ldilar, shariati g‘arroning rivojig‘a sa’ylar etib bozorlarni tuzladilar. 

Masjidlaru maktabxonalarni obod etdilar va ko‘p yo‘llarni tuzatdilar. Shaharu sahro xalqi ul hazratning 

haybatlaridin larzon erdilar. Hamma namozxonu masaladon bo‘ldilar. Hech kimda ul yoro

197


 yo‘q 

erdikim, yo‘l ustida sufa yasag‘ay va yo yo‘llarda yag‘och qo‘yub musulmonlarg‘a yo‘lni tangu tor eta 

olg‘ay. Arzolu avbosh jamoalaridin ba’zilari ul hazratni Oymongul laqabi bila mulaqqab etmish 

erdilar. Ul uchurda Ramiq xalifa Shalmongul otlig‘ o‘g‘rini tutub qatl etib kallasini kelturdi. Ondin 

so‘ng Oymongul navkarlarning stutlaridin larzon bo‘lub Xevaqga kelib xon hazratlaridin omon tilab 

kelib sayisxonag‘a kirdi va xon hazratlariga peshkash etib bir yaxshi ot kelturdi. Xon hazratlari oning 

gunohin afv etib Yangiariqda onga joy berdilar. Qaroqchiliqdin tavba qilib xizmatda yurudi. So‘ngra 

otashak kasali bila jahondin bordi. 

Bir kun Abdullo rayis xon hazratlariga duo qilmoq uchun kelib erdi, xon hazratlarn so‘radilarkim, 

«Ihtisobni

198

 shariati g‘arroning muqtazosicha etib yurursizmu?» Rayis eshon dedilar: «Ore, ihtisobni 



shariat muqtazosicha etib yurugonimiz uchun ba’zi arozil

199


 bizni Oymongul laqabi bila mulaqqab 

etibdurlar». Xon hazratlari tabassum etib dedilar: «Andog‘ bo‘lsa, bizda Oymongulning oti bordur. Oni 

sizga beroli. Bas, Oymongulning otin ul hazratga bernb ihtisobda aslo rioya va sustliqnp ravo 

ko‘rmang», deb ta’kid etdilar. Rayis eshon xushhol bo‘lub Oymongulning otin minib ihtisobg‘a chiqib 

viloyatg‘a yaxshi nizom berdilar. Hijratning ming ikki yuz to‘qson yettilanchi yili qirq otli miqdori 

yamut qirg‘a borib qazoqning yuz miqdori tevalarin surib kelib erdilar. Qazoqlar Rusiyag‘a arz etpb 

Ivanuf xon hazratlariga ariza yuborib oning istrdodini iltimos etdi. Xon hazratlari Xudoyor 

                                                      

194

 Mayyit — o‘lik jasad. 



195

 Soyir — o‘zga, boshqa. 

196

 Mudabbir — tadbirkor. 



197

 Yoro — jur’at. 

198

 Ihtisob — hisob olish, hisoblash, tadqiqlash, tekshirish. 



199

 Arozil — razillar, pastkashlar. 

 



Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish