Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


- BOB. MOLIYAVIY HISOBNING KONTSEPTUAL ASOSLARI



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/105
Sana26.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#584759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004-unlocked-unlocked

1 - BOB. MOLIYAVIY HISOBNING KONTSEPTUAL ASOSLARI 
1.1. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tashkil qilish 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligi munosabati bilan qisqa davr ichida 
respublikamiz iqtisodini yuksaltirish uchun bir qator iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish va uni rivojlantirish uchun 
ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratildi. 
Eng muhimi shuki‚ mustaqillikning dastlabki yillari respublikamizning o’z taraqqiyot yo’lini 
faol izlash‚ Vatanimizni erkin‚ kuchli va ravnaq topayotgan diyorga aylantirishga intilish 
davri bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishishida‚ 
iqtisodiy strategiyani amalga oshirish uchun, eng avvalo, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish va unga o’tishning strategik yo’nalishini 
belgilab olish muhimdir. 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizga bozor elementlari va xalqaro tajribalarning tadbiq etilib 
borishi barcha xo’jalik mexanizmini takomillashtirishni va uni axborot ta’minotining asosi 
bo’lgan moliyaviy hisob va tahlil sohasida tub islohotlarni o’tkazish zaruriyati yuzaga keldi. 
Ma’lumki‚ yaqin yillargacha hisob tizimi faqatgina xo’jalik muomalalarini qayd qilish va 
hisob hujjatlarini saqlash vositasi bo’libgina xizmat qilardi. Bu‚ albatta‚ ma’muriy-
buyruqbozlik davriga xos bo’lgan elementlardan biri edi. 
Bozor munosabatlariga o’tish esa buxgalteriya hisobining haqiqiy vazifalarining naqadar 
serqirra ekanligini yanada kengroq ochib berdi. Birinchidan‚ buxgalteriya hisobi xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini boshqarishning ajralmas bo’lagiga aylandi. Ikkinchidan‚ turli 
xil foydalanuvchilarni buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlash markaziy masalalardan biriga 
aylandi. Va‚ nihoyat‚ zamonaviy buxgalter faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay‚ balki 
buxgalteriya ma’lumotlarini tahlil qilish‚ korxona iqtisodiy holatini tavsiflovchi turli xil 
koeffitsientlarni hisoblash‚ xo’jalik jarayonlariga baho berish‚ korxona istiqbolini belgilay 
olishi kerak. Bundan tashqari malakali zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan 
shug’ullana olishi kerak. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy salohiyati va holati 
to’g’risidagi ma’lumotlar etakchi bo’lib‚ foydalanuvchilarning turli toifalari: ta’sischi‚ 
aktsiyador‚ kreditor‚ investor‚ mol etkazib beruvchilar va boshqalar manfaatlarini qamrab 
oladi. Bunda foydalanuvchilarning har bir toifasi korxona moliyaviy holatini baholashda o’z 
manfaatlaridan kelib chiqadi va o’z mezonlariga amal qiladi. 
Bugungi kunda tahlilning asosi bo’lgan moliyaviy hisob korxonalar faoliyatini boshqarishda 
zarur bo’lgan kerakli ma’lumotlarni etkazib berish‚ to’g’ri va mukammal boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi‚ ya’ni korxonada buxgalteriya 
hisobining to’g’ri yo’lga qo’yilishi‚ ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning 
iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini oshirishga‚ yuqori samarali faoliyat ko’rsatishga‚ turli 
raqobatchilar maydonida engib chiqib‚ yuqori foyda olishga imkoniyat yaratadi. 
Ma’lumki‚ moliyaviy hisobni rivojlantirish‚ isloh qilish bevosita bozor munosabatlariga 
o’tish bilan uzviy bog’liqdir. Bu esa respublikamizda moliyaviy hisobni xalqaro andozalar 
talablari asosida takomillashtirishni zaruriyat qilib qo’ymoqda‚ ayniqsa, respublikamizning 
jahon hamjamiyatiga qo’shilishi, turli xalqaro tashkilotlarda qatnashishi iqtisodiy 
4


ko’rsatkichlarni joriy mezonlarga taqqoslashda hisobning uslubiy tamoyillarini jahon 
amaliyotida qabul qilingan andozalar talablariga javob berishni talab etadi. 
Respublikamizda moliyaviy hisobni tartibga solish uchun mustahkam qonunchilik tizimi 
tashkil etildi: jumladan‚ Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun (1996 yil‚ 30 avgust)‚ 
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom» (1999 yil‚ 5 fevral), 
«Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» (1998-2003 yil) va boshqa me’yoriy hujjatlar 
qabul qilindi. Natijada qator iqtisodiy muammolar hal etildi. 
Moliyaviy hisobni tashkil etishning uslubi va uslubiyotini takomillashtirishdan maqsad milliy 
va xorijiy mutaxassislarni hisob siyosati va hisobot axborotlarini tushunishlaridagi farqni 
bartaraf qilish‚ moliyaviy hisobni me’yoriy tartibga soluvchi milliy tizimini yaratish, 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning yagona kontseptsiyasini yaratish va ularni 
iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olgan holda ishlab chiqish va tadbiq 
etish zaruriyatidan iboratdir. 
Bu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobining asosi hisoblangan moliyaviy hisobni 
takomillashtirish, hisobni amalga oshirishda yangi progressiv usullarni qo’llash, xo’jalik 
faoliyatini tahlil qilish yordamida foydalanilmayotgan rezervlarni qidirib topish va ularni 
ishlab chiqarishga safarbar etish shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobini takomillashtirishda, eng avvalo, rivojlangan mamlakatlardagi 
buxgalteriya hisobi tizimidan keng foydalanish lozim. Mamlakatimizda amal qilib kelayotgan 
buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro andozalar va me’yorlar talablari darajasida tashkil etish 
davr talabi hisoblanadi. Xorijiy davlatlar amaliyotidan ma’lumki, o’sha davlatlarda 
buxgalteriya hisobining 3 turi amal qiladi: 
• 
boshqaruv hisobi;
• 
moliyaviy hisob;
• 
soliq hisobi. 
Boshqaruv hisobi o’zida shunday hisob ma’lumotlarini jamlaydiki, bu ma’lumotlar faqat 
korxonaning o’zida boshqaruv uchun zarurdir. Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari 
hisobi va tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan birga, u mavjud holatni tahlil etish, qaror qabul 
qilish, kompyuterlar va texnologik dasturlardan foydalanish, resurslardan foydalanish va 
tannarxning shakllanishini boshqarish, xarajatlarning me’yordan chetga chiqishini tahlil etish 
va boshqalarni qamrab oladi. Boshqaruv hisobi ma’lumotlarida ma’lumotlarni tez olish
o’qish va ulardan foydalanib, operativ boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati bo’lishi 
kerak. 
Moliyaviy hisob shunday ma’lumotlarni o’zida mujassam etadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat 
korxona faoliyatiga rahbarlik qilishda foydalaniladi, balki tashqi foydalanuvchilarga ham 
tegishli ma’lumotlar taqdim qilinadi. Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez 
qilishga yo’naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga
korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning 
mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi. 
Soliq hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va yig’imlarni o’z vaqtida va to’g’ri 
hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo’llash hamda ularni o’z vaqtida byudjetga o’tkazilib 
borilishini ta’minlab beruvchi buxgalteriya hisobi turidir. Soliq hisobi o’z usullari yordamida 
5


soliq va yig’imlar, ularning ob’ekti, sub’ektlari va soliqqa tortish bazasini, to’lash 
muddatlarini aniqlab beradi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish