Yoshi ulug‘ pir bir so‘fiyga haq yo‘lida yashovchi mard insonlar haqida ancha so‘zlarni
aytib berdi:
- Yaxshi so‘zlarni aytguvchi til yoqimlidir, bunday so‘zlarni odamlar doimo bir-birlariga
aytib yuradilar. Bu so‘zlarni baxtiyor odamlar eshitgan bo‘lsalar ham, men bu qissani
jonu dilim bilan sizlarga aytib beraman.
Men hayotda Haq taolo yetkizganlariga shukr kilishdan boshqa boyligim yo‘q, lekin
shukr boyligi ba’zilarning zaharli so‘zlaridan ming bor yaxshiroqdir.
Kamina jumla devonalarning devonasiman, bu so‘zlarim aklga begonadir. Men nelarni
bilamanu, nelarni gapiraman, ajabo, yo‘qolgan qanday narsalarni izlayman, ajabo?!
Molu davlatni tark etganlar haqida, hamoqat va g‘aflat ilmlaridan dars berganlar
haqida so‘zlayman.
Ba’zilar menga:
- Ey yo‘lini yo‘qotgan odam, qilgan gunohlaring uchun uzr so‘ra, — desalar, balki bu
so‘zlarini rost deb bilmayman, balki, rost deb, yuz yilgacha uzr so‘rayman.
Hayot yo‘limda ba’zi damlarda ishim may ichish bo‘lsa ham, men she’riyat mayini