www.ziyouz.com кутубхонаси
161
ichganman. Meni doimo shu yo‘lda desalar to‘g‘ri aytadilar. Hali ham she’riyat
yuragimda dard, ham bag‘rim sargashta.
Shu ham anikki, hujjatsiz, hosilsiz (mevasiz) she’rlar aytish jaholatda
yashayotganlarning ishidir. Jahonda bir dilkash mahram do‘st topmagan bo‘lsam-da,
dilimdagi dardu hasratlarimni she’rim bilan baham ko‘rganman.
Agar, sen (ey, o‘quvchim), sirlarga qiziquvchi va ma’no-larni ochuvchi bo‘lsang, diling
qonga to‘lib va qon to‘kib, sirli jumboqlarni topuvchi bo‘lsang, men dilingdagi shak-
shubha, gumonlarning boshini kesib, «qon to‘kaman» va «qon to‘kuvchi» (o‘tkir) so‘zlar
aytaman. Mening teran, chuqur ma’no-lar dengizimdan suv ichmoqchi bo‘lsang, «qon
hidi» keluvchi so‘zlarimni tingla.
Bid’at zahridan kasal bo‘lgan odam bu yuksak so‘zlarni shifobaxsh dori taryok deb
bilsin. Garchi Attorman va taryokli dorilar berurman, aslida dilim tok novdasiday
quruqshab qolgan. Xalq orasida benamak (tuzsiz so‘zlar aytuvchi) bexabarlar (bilimsiz,
johillar) bor. O’shalar tufayli men jigarim qonini ichaman. Garchi suframda qattiq non
bo‘lsa ham, ko‘zim yoshlaridan yangi «sho‘rvalarni» ichaman.
Dilim sufrasini ba’zan yig‘ishtirib qo‘ysam-da, gohi-gohida hazrat Jabrail mehmonga
kelib turadi. Ruhul-quddus meni o‘ziga «hamkosa qiladi» (Ma’rifat mayini beradi).
Qachongacha, har qanday mudbirlar-badbaxtlar bilan non-tuzni baham ko‘rib
yuraman? Har doim noxush (ya’ni, aqlsiz, hushsiz) odamlar bilan non yeyishni
xohlamayman. Ozgina non va nonxurush bo‘lsa, menga kifoya. G’inoul-qalb, ko‘ngil
ohanglarim men uchun jonafzo, haqiqat - men uchun kanzi loyafnodur.
Boy, badavlat odamlarning har qancha - xazinasi bo‘lsa-da, mendan harjihatdan past,
tuban odamlardir. Izid-taologa shuqrlar bo‘lsinki, menga har qanday nosoz, aybli
ne’matlarni bermaydi. Dilimdagi dardlarni har kim bilan baham ko‘rmayman, har qanday
bo‘lmag‘ur ishlar uchun Allohvandimning nomini tilga olmayman. Hech bir zolim bilan
taom yemayman. Taxallusim (Attor)ni har qanday kitobga qo‘ymayman.
Olimning mehnati mamduh-maqtovlidir, jismim quvva-ti ruh quvvatidandir, shu
menga kifoya. O’z yukimni o‘zim ko‘taraman, o‘z nonimni o‘zim topib yeyman. Xalqning
(bo‘lmag‘ur) ishlaridan ozodman, yuz balo ichida yashasam ham shodman. Badxoh,
yomon niyatli odamlardan forig‘man. Ba’zan nomimni yomonga chiqarsalar ham,
yaxshiga chiqarsalar ham sabr qilaman. Men o‘z dardlarim bilan darmondaman. Barcha
ufqlarga qo‘lim (aqlim) yetadi. Gohida dardlarimni hech kim tinglamasa ham, dunyoning
ishlaridan hayron qolsam ham mayli. Eng muhimi, jismim va jonim yo‘ldadir, kelgusida
jismim jonimga yetishadi deb umid qilaman. Qismatim shu dardlarda va darig‘olardadir,
boshqa joyda emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |