Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


Ong  va  faoliyat  birligi  tamoyiliga



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Ong  va  faoliyat  birligi  tamoyiliga  ko’ra,  ong  va  faoliyat  bir-biriga  qarama-qarshiham,  aynan 
bir  narsa  ham  emas.  Ular  bir  butunlikni  tashkil  etadi.  Ong  faoliyatni  ichki  rejasini,  dasturini  tashkil 
etadi.  Bu  tamoyil  psixologlarga  inson  xulq-atvori,  xatti-harakatlari  va  faoliyatlarini  o’rganish  orqali 
xatti-harakatlardan  ko’zlangan  maqsadlarga,  muvaffaqiyatlarga  erishishni  ta'minlovchi  ichki 
psixologik mexanizm, ya'ni psixikani ob'ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.  
  Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko’ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti 
va  faoliyat  natijasi  deb  qaralsa,  uni  to’g’ri  tushunish  hamda  tushuntirib  berish  mumkin.  Bu  tamoyil 
L.S.Vigotskiy,  S.L.Rubinshteyn,  V.M.Teplov  kabi  psixologlar  ishlarida  o’z  aksini  topgan. 
L.S.Vigotskiy  ta'lim  psixikani  rivojlantirishga  yo’naltirishini,  P.P.Blonskiy  esa  tafakkurning  kichik 
maktab yoshida o’yinlar bilan o’spirinlik yoshida o’qish bilan bog’liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. 
S.L.Rubinshteyn "Ong faoliyatda paydo bo’lib, faoliyatda shakllanadi" degan edi.  
Har  bir  fanda  bo’lganidek,  psixologiya  fanida  ham  turli-tuman  psixik  hodisalarni  va  har  bir 
shaxsga  xos  bo’lgan  individual  xususiyatlarni  o’rganish  uchun  qo’llaniladigan  bir  qancha  usullar  - 
yo’l-yo’riqlar  bor.  Bu  usullarning  mohiyati  shu  fanning  mavzu  bahsiga  asoslanadi.  Psixologiyaning 
mavzu  bahsi  harakatdagi  materiyaning  alohida  xususiyati  bilan  bog’liq  bo’lganligi  tufayli  uning 
usullari  ham  o’ziga  xos  mazmunga  egadir.  Har  qanday  usul  ma’lum  metodologik  tamoyillarga 
asoslanadi. 
Psixologiya  fani  tarixida  psixologik  hodisalarni  o’rganish  uchun  qo’llanilgan  birinchi  usul  o’z-
o’zini  kuzatish  usulidir.  Bu  usul  psixologiya  fani  tarixida  “introspeksiya”,  ya’ni  ichdan  kuzatish, 
ko’rish deb yuritilgan. 


19 
 
Shunday ekan, o’z-o’zini kuzatish usulidan foydalanish kerakmi, yo’qmi. Albatta kerak. Chunki 
psixologik  tadqiqotlarda  o’z-o’zini  kuzatish  bilan  bog’liq  hollar  juda  ko’p.Subyektiv  usulsiz  istagan 
shaxsning  psixologik  sifatlarini  to’liq  o’rganib  bo’lmaydi.  Bu  usulsiz  tibbiyotda  bemorni  davolash 
mumkin  emas.  Shuning  uchun  kuzatish  usuli  psixologiya  fani  uchun  juda  zarurdir.  Lekin  o’z-o’zini 
kuzatishning salbiy tomonlari ham bor. Bu usul bilan tadqiqot olib borganda har bir shaxs o’z manfaati 
yuzasidan subyektiv xulosa chiqarishi, o’z shaxsidagi ayrim salbiy sifatlarni boshqarishda ham mavjud 
deb hisoblashi, buning natijasida boshqalar haqida noto’g’ri xulosa chiqarishi mumkin. 
Kuzatish  metodi  qadimgi  empirik  metodlar  guruhiga  mansub  bo’lib,  unda  hozirgi  kunda  sifat 
jihatidan  katta  o’zgarishlar  yuz  berdi.  Uning  obyekti  ko’lami  kengaydi,  murakkab  jarayonlarni 
o’rganish imkoniyati tug’ildi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, shakli va vositalari ko’paydi, 
obyektivlik  darajasi  ortdi.  Kuzatish  psixologiya  fanining  barcha  sohalarini  universal  tadqiq  qilish 
metodiga  aylanib  qoldi.  Shu  boisdan  bugungi  kunda  uning  ahamiyati  yangi  bir  yuksak  darajaga 
ko’tarildi.  Tatbiqiylik  ko’lami  yanada  kengaydi,  statistik  metodlarga  moslashuvchanligi  bilan  boshqa 
tadqiqot metodlaridan ajralib turadi.  
Yo’qoridagi  mulohazalarga  asoslangan  holda  uning  yoritilmay  qolgan  jihatlari  to’g’risida 
mulohaza yuritamiz.  
Kuzatish texnikasi. 
1. 
Voqyelikni kuzatish oqimini muayyan qismlarga ajratish (klasifikatsiyalash). 
2. 
Kuzatishning ko’lami va xarakterini aniqlash. 
3. 
Kuzatishni qayd qilish (fiksatsiyalash). 
4. 
Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish. 
Kuzatish obyekti va predmeti. 
1. 
Kuzatishning  obyekti  –  inson,  guruhiy  va  jamoaviy  munosabatlar,  obyektiv  va 
subyektiv kechinmalar, hayvonot olami, shaxs faoliyati kabilarni o’rganishdan iboratdir.  
2. 
Kuzatishning  predmeti  –  insonning  holati,  uning  harakat  te’zligi,  harakatning  kuchi, 
hamkorlik  harakati,  odamning  ongsiz,  ongosti  va  ongli  holatlari  (faoliyat,  muloqot)ni 
eksteriorizatsiyalashdan iboratdir. Bunda quyidagilar inobatga olinishi zarur: 
A) amaliy va gnostik harakat; 
B)  nutq  aktlari,  ma’nosi,  mazmuni,  mohiyati,  yo’nalishi,  chastotasi,  ritmi,  davomiyligi, 
intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi va fonetik qurilishi; 
V) mimika, imo-ishora, pantamimika, vokal mimikasi; 
G)  vegetativ  reaksiyalarning  ayrim  ko’rinishlari  (qizarishi,  terlash,  oharish,  nafas  olishning 
tezlashuvi va qiyinlashuvi) 
Kuzatish iyerarxiyasi 
1. Kuzatishning maqsadi 
2. Kuzatishning vazifalari 
3. Kuzatishning dasturi 
4. Kuzatish fiksatsiyasi.  
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: 
a) umumiy talablarga rioya qilish; 
B) yaxlit qayd qilib borish; 
V) kundalik;  
G) texnik vositalardan foydalanish. 
Kuzatishning ifodalanishi 
1.Olingan ma’lumotlarning alomat va belgilar orqali ifodalanishi (piktogramma, grafiksxema). 
2.Standart protokollarning aks ettirilishi. 
Kuzatish turlari 
1. Sistematik 
2. Epizodik 
3. Dala sharoitida 
4. Labaratoriya sharoiti  
5. Tabiiy sharoitda 


20 
 
6. Xronologik 
7. Davriy 
8. Bir martalik 
Mehnat faoliyatini kuzatish 
1. F. Gil’bertning ish kuni fotografiyasi metodikasi (harakatni taxlil qilish) 
2. A. F. Gostevning xronokartasi (2 yoki 3 marta 30 minutdan smenadan keyin talabalarda dars 
boshida o’rtasida darsdan keyin).  
Kuzatish formalari 
1. Aralashib yashirin kuzatish 
2.Psixologik portret 
3. Ochiq aralashib kuzatish(o’smirlarda) 
4. Xulq portreti 
Kuzatishni qayd qilish turlari 
1.Kundalik 
2.Ta’kidlovchi 
3.Umumlashtiruvchi 
4.Faktik (foto video magnit lentasi) 
Kuzatish natijalarini qayta ishlash 
1.Sifat tahlili 
2.Miqdoriy tahlil 
Kuzatishhisobotini jihozlash 
1.Kirish (muqaddima) 
2.Metodika tavsifi 
3.Natijalarni tartibga keltirish 
4.Natijalarning muhokamasi va tahlili 
5.Xulosalar 
6.Tavsiyalar 
7. Adabiytlar ro’yxati 
8.Ilovalar 
Konfliktliholatini aniqlash 
1.Nizo (konflikt) mohiyatiga kirish 
2.Nizoning kuchayishi 
3.Nizoning yechilishi 
4.Nizodan keyingi psixologik holat 
Kuzatish yakuni 
1. Umumpsixologik xulosalar chiqarish 
2. Milliy etnopsixologik va regional xususiyatlarni sharhlash 
Psixologik  tadqiqotlarning  asosiy  mahsuldor  usuli  eksperiment  (tajriba)  usulidir.  Bu  usulning 
asosiy  usul  sifatida  keng  qo’llanilishiga  sabab  shuki,  bunda  o’rganilishi  lozim  bo’lgan  psixologik 
hodisa  laboratoriya  sharoitida  istagan  vaqtda  vujudga  keltiriladi  va  u  zamonaviy  asboblar  yordamida 
mukammal o’rganiladi. 
Psixologiya fanida eksperiment usulining ikki turi bor;  
a) laboratoriya eksperimenti; 
b) tabiiy eksperiment. 
Eksperiment  usulining  bu  ikki  turi  psixologiya  fani  sohalarining  hammasi  uchun  baravar 
qo’llaniladi.  Laboratoriya  eksperimentining  o’ziga  xos  ustunligi  shundaki,  u  eksperimentator  (tajriba 
o’tkazuvchi)  ga  alohida  qulayliklar  beradi.  Eksperimentator  o’rganilishi  lozim  bo’lgan  psixologik 
hodisani  istalgan  vaqtda  vujudga  keltiradi  va  unga  sarflanadigan  vaqtdan  unumli  foydalanish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Laboratoriya  eksperimentining  ayniqsa;  psixik  holatlarning  fiziologik  asoslarini  o’rganishdagi 
imkoniyati kattadir. Shunday qilib, laboratoriya eksperimenti psixologiya fanining eng mahsuldor usuli 
sifatida ahamiyatga egadir. 


21 
 
 
 
 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish