www.ziyouz.com
kutubxonasi
159
texnologiyalarini joriy etish va fuqarolarning so‘z erkinligiga doir
konstitusiyaviy huquqlarini yanada to‘liq ro‘yobga
chiqarish hamda olib
borilayotgan islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga
qaratilgan boshqa bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda
tutilmoqda.
Saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish
masalalari diqqatimiz markazida bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatimizda yaratilgan mustaqil, mohiyat e’tiboriga ko‘ra noyob
bo‘lgan saylov tizimini yanada demokratlashtirish, xususan, saylov
jarayonlarining yanada ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, saylovoldi
tashviqotlarini o‘tkazish mexanizmi, saylov
komissiyalari faoliyati
samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy
etish vazifasi oldimizda turibdi. Bunda biz saylovlar – mamlakatimizda
amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning demokratik ruhini namoyon
etadigan eng muhim masala, huquqiy demokratik davlatning ajralmas
belgi-alomati, xalq xohish-irodasining, davlat va jamiyat ishlarini
boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli ekanidan kelib chiqamiz.
Fuqarolik institutlarini shakllantirish va
rivojlantirish demokratik
islohotlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatimizni rivojlantirishning hozirgi bosqichida nodavlat
notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini kuchaytirish,
hech mubolag‘asiz, mamlakatimizni demokratlashtirish, uning jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jamiyatimizda millatlar va dinlararo
hamjihatlikni, barqarorlikni ta’minlash, «Kuchli davlatdan – kuchli
fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha o‘z oldimizga
qo‘ygan maqsadlarni ro‘yobga chiqarishning hal
qiluvchi omiliga
aylanmoqda.
Kelgusida eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarimizni amalga
oshirish, aholi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini
himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali huquqiy
mexanizmlarini yaratish borasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat
tuzilmalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha
qonunchilikni, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalariga
alohida e’tibor qaratiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini aniq
yo‘naltirilgan holda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
xususiy tadbirkorlik va
www.ziyouz.com
kutubxonasi
160
oilaviy biznesni rivojlantirish, aholining boshqa zarur ehtiyojlari bilan
bog‘liq vazifalarni hal etishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan kompleks
tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Bizning oldimizda demokratik bozor islohotlarini yanada
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha keng
miqyosdagi ishlar turibdi.
Bugungi kunda biz chuqur tahlillar asosida 2011-2015 yillarga
mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan to‘rtta strategik dasturni ishlab
chiqdik va amalga oshirishga kirishdik. Bu dasturlar sanoatni,
infratuzilmalarni, transport va kommunikatsiya
qurilishini rivojlantirish,
bank-moliya tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirishni,
shuningdek, mamlakatimizda qulay ishchan muhit va uni baholashning
zamonaviy xalqaro mezonlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Mazkur dasturlarning amalga oshirilishi uzoq istiqbolda tarkibiy
o‘zgarishlarni davom ettirish va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini
yanada oshirishni ta’minlashga qaratilgan.
Hozirgi bosqichda ichki ehtiyojning o‘sishiga muhim ahamiyat
qaratish lozim. Chunki bunday yondashuv jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi sharoitida iqtisodiyotning izchil rivojlanishini barqarorlashtirish va
rag‘batlantirishning omili sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha
amalga oshirayotgan
barcha ishlarimizning eng muhim natijasi xalqimiz, avvalo,
mamlakatimizni isloh etish va yangilashning hal qiluvchi kuchi bo‘lmish
yoshlarimizning islohot va demokratlashtirish borasidagi siyosatni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganida namoyon bo‘lmoqda, desak, hech
qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!
Ushbu anjuman ishi davomida uning kun tartibiga qo‘yilgan masalalar
yuzasidan ishlab chiqiladigan xulosa va tavsiyalar, hech shubhasiz,
mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish borasidagi bizning faoliyatimizda o‘zining amaliy
ifodasini topadi, deb ishonaman.
Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga samarali ish olib
borishlarini tilayman.
Do'stlaringiz bilan baham: