Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

ERMON BUVANING TILAGI
Agar dunyoda ikkita beozor odam bo‘lsa bittasi Ermon buva. Agar dunyoda ikkita beozor 
odam bo‘lsa yana bittasi — Ermon buvaning kampiri — Habiba buvi. Mabodo dunyoda 
ikkita yuvosh sigir bo‘lsa bittasi Ermon buvaning ola sigiri. Agar shunaqa sigir dunyoda 
bitta bo‘lsa shu sigirning o‘zi. 
Ermon buvaning chap oyog‘i oqsoq: hassa bilan yuradi. Sigirining o‘ng shoxi singan. Ola 
sigirning shoxi qandoq singanini hech kim bilmaydi. Ammo Ermon buvaning oyog‘i nega 
oqsoqligini hamma biladi. Biladi-yu, hamma har xil gapiradi. Oyimning aytishiga 
qaraganda, Ermon buvaning oyog‘i bosmachilar bilan urushda singan emish. Dadam 
bo‘lsa boshqacha tushuntirgan. Qishloqni bosmachi bosganida Ermon buva daraxtga 
chiqib ketayotganda yiqilib, oyog‘i cho‘loq bo‘p qolganmish. 
Xullas, nima bo‘lgandayam u oqsoqlanib yuradi. Bahor paytlari ola sigirini yetaklab kelib 
qoladi. Qo‘lida hassa, sigirining butun shoxiga tuguncha ilib qo‘yilgan. O‘tloqqa 
yetganidan keyin sigirning shoxidagi tugunchani oladi-da, o‘zini qo‘yib yuboradi. Belidagi 
qiyiqchasini tol soyasiga tashlab «bismillohu rahmonur rahim» deb maysa ustiga 
yonboshlaydi. Ola sigir shundoqqina uning yonida poyezddek pishillab o‘tlashga tushadi. 
Ora-chora shu ishim ma’qulmi, degandek egasiga qarab-qarab qo‘yadi. Shunaqa yuvosh 
sigirki, bolalar tagiga kirib emsa ham hoy, nima qilyapsan, deb qayrilib qaramaydi. Biroq 
bolalar Ermon buvani ham, sigirini ham qattiq hurmat qilishadi. Hatto jo‘raboshimiz ham 
buvani ko‘rishi bilan yuvosh tortib qoladi, ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: 
— Assalomu alaykum, buvajon, — deb salom beradi. 
— Vaalaykum assalom, mullo bo‘ling, tasadduq, — deydi Ermon buva salmoqlab. Bari bir 
uning ovozi salmoqli chiqmaydi: xotinlarnikidek ingichka, ammo nihoyatda mehribon. 
Uni har ko‘rganda oyim aytib bergan Xizr esimga tushadi. Nega deganda Ermon 
buvaning sochi ham, soqoli ham, hatto ko‘ziga qayrilib tushgan o‘siq qoshlarigacha 
oppoq. Oppoq yaktak, lozim kiyib yuradi. Habiba buvi kiyimini doim top-toza qilib yuvib, 
dazmollab beradi. Yaktagining delvagay yoqasidan ko‘rinib turgan ko‘kragidagi 
tuklariyam oppoq. Faqat ikki yuzi qip-qizil. Oyimning aytishiga qaraganda, farishtali 
odamning yuzidan nur tomib turarmish. Farishtaning qanaqa bo‘lishini bilmaymanu, 
ammo Ermon buvani yaxshi ko‘raman. Judayam yaxshi ko‘raman. 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish