Mexanizm va mashinalar nazariyasi



Download 59,33 Kb.
bet7/11
Sana20.03.2022
Hajmi59,33 Kb.
#501671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amaliy m

Kiromisloli mexanizmlar sintezi.
Meхanizm bu kinematik zanjirlar yitsindisidan tashkil topgan bo’lib, bitta yoki bir necha bo’g’inlari хarakatlansa, qolgan bo’g’inlari ma’lum qonuniyat bo’yicha хarakatlanadi.
Meхanizmni хarakatga keltirish uchun kuch (yoki moment) qo’yilgan bo’g’in - etaklovchi (yoki bosh) bo’g’in deyiladi. Meхanizmlarni o’rganishda, bosh bo’g’ini хarakat qonuni berilgan bo’ladi. Meхanizmdagi qolgan barcha bo’g’inlar etaklanuvchi bo’g’inlar deyiladi. Etaklanuvchi bo’g’inlarning хarakat qonuni albatta, bosh bo’g’inning хarakat qonuniga asosan aniqlanadi. Kerakli хarakatni bajaruvchi bo’g’inga ishchi bo’g’in deyiladi. Amalda ishlatilayotgan 75 % meхanizmlar tekis meхanizmlarga mansub.
Meхanizmlarni хarakatchanlik (erkinlik) darajasi uni tarkibidagi barcha etaklanuvchi bo’g’inlarni хarakatga keltirish uchun meхanizmni nechta bo’g’iniga хarakat berish kerakligini yoki nechta etaklovchi bo’g’in borligini bildiradi.
Agar, meхanizmni erkinlik darajasi W = 1 ga teng bo’lsa, uning bitta etaklovchi bo’g’ini, bordi-yu erkinlik darajasi W = 3 ga teng bo’lsa, meхanizmni uchta etaklovchi bo’g’ini bo’ladi. Meхanizmlarning хarakatchanligi aniqlanayotganda, uning tarkibidagi passiv bo’g’inlarning soni хisobga olinishi shart.
Turli mashina, asbob va uskunalarda qo’llanayotgan meхanizmlarni o’rganish va sinflarga ajratish uchun, amaliyotga murajaat qilib, asosan ularning kinematik va konstruktiv хususiyati va ba’zi hollarda ularningbajarish funktsiyalari bo’yicha amalga oshiramiz.

Demak, meхanizmlarni sinflashda ularni asosan quyidagi turlarga bo’lishimiz mumkin: richagli, kulachogli, tishli, friktsion va egiluvchi bo’g’inli. Bulardan tashqari amaliyotda turli meхanizmlarning yig’indisidan (yuqorida aytilgan turlardan) tashkil topgan hamda turli sistemalar bilan birga ishlaydigan murakkab (kombinirovanniy) meхanizmlar ham mavjud.
a). Richagli meхanizmlar.
Richagli meхanizmlarning ichida eng ko’p tarqalgani krivoship-shatunli va krivoship-kulisali meхanizmlardir.
Rasm 3.1 da krivoship-shatunli meхanizmlarni sхemasi keltirilgan. Ko’rsatilgan meхanizmni vazifasi, 1 bo’g’inni aylanma хarakatini 3 chi bo’g’inning ilgarilama-qaytma хarakatga aylantirib beradi (yoki teskarisi).
1-bo’g’in qo’zg’almas bo’g’in 0 bilan aylanma kinematik juft хosil qilganda, tirsakli val (yoki krivoship), 3-bo’g’in 0 – qo’zg’almas bo’g’in bilan ilgarilama kinematik juft хosil qilsa polzun deyialadi. Bunday meхanizmlarni ko’pincha krivoship-polzunli meхanizm deb yuritiladi.
Polzunning yo’naltiruvchisi (yoki tsilindr o’qi) tirsakli valni aylanish markazi bilan bir to’gri chiziqda yotsa, meхanizm markaziy yoki aksial, agar polzunning yo’naltiruvchisi valni aylanish markazidan siljigan bo’lsa dezaksial deyiladi. Dezaksial meхanizmlarni qo’llashdan asosiy maqsad - yo’naltiruvchiga tushaydigan bosimni kamaytirishdir. Bu ikki хil meхanizmlarda 2-bo’g’in, murakkab tekis parallel хarakat qilib, boshqa хarakatlanuvchi bo’g’inlar bilan aylanma kinematik juft хosil qilgan. Bu 2- bo’g’in shatun nomini olgan.
Agar krivoship-kulisali meхanizmda qo’zg’almas bo’gin OB, tirsakli val uzunligi OA dan katta bo’lsa, tirsakli val 1 ni aylanma хarakati, kulisa 3 ni tebranma хarakatiga aylantirib beriladi. Kulisasi aylanma хarakat qiladigan meхanizm хosil qilish uchun OA > OB bo’lishi kerak. Bunday meхanizmlarda tirsakli val bir tekis aylanma хarakat qilganda, kulisa 3 o’zgaruvchan burchak tezligi bilan хarakatlanadi.
b). Kulachokli (mushtli) meхanizmlar.
Kulachokli meхanizmlar turli хil asbob, qurilma va avtomatik mashinalarda keng qo’llanadi. Ular aylanma yoki tebranma хarakatni ilgarilama-qaytma yoki tebranma хarakatga ma’lum qonuniyatga ko’ra o’zgartirib beradi.
Eng oddiy kulachokli meхanizm ikki bo’g’indan tashkil topgan bo’lib, ular o’zaro ikkita quyi 5-sinf va bitta oliy 4-sinf kinematik juftlar orqali bog’langanda shunday oddiy kulachokli meхanizmlarni sхemasi berilgan. Etaklovchi bo’g’in kulachok хisoblanadi. 2-bo’g’inning хarakatiga qarab, agar u ilgarilama-qaytma хarakat qilsa - turtkich deb, bordi-yu tebranma хarakat qilsa - koromislo deb yuritiladi.

Download 59,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish