Ustuvorlik (onoleeainou) deganda, bo‘ylama kuchlar ta’sirida element
o‘zining dastlabki muvozanat shaklini saqlab tura olish-olmasligi tushuniladi.
Siqiluvchan elementga ta’sir etayotgan bo‘ylama kuch, ya’ni elementning o‘qi bo‘ ylab ta ’ sir etayotgan kuch orta borib, ma’ lum b ir qiymatga erishganda element birdaniga egiladi, dastlabki to‘g‘ri chiziqli muvozanati buziladi.
Bu hol fanda ustuvorlikning buzilishi deb ataladi.
Shunday qilib , fanning to ‘ liq ta’rifin i quyidagicha bayon etsak bo’ladi:
materiallar qarshiligi inshoot va mashina qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisoblash usullarini o'rgatadigan fanilir.
Materiallar qarshiligi fani rivojlanish jarayonining dastlabki bosqichlarida mustaqil fan bo’lmay, umumiy mexanikaning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan. Binobarin, umumiy mexanikaning ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgi davrgacha bo’lgan tarixi materiallar qarshiligiga ham bevosita aloqadordir.
10-12 ming y il davom etgan neolit (yangi tosh asri) davrining oxiriga
kelib Nil, Tigr va Yefrat daryolari sohillarida dastlabki shaharlar paydo bo‘ la boshlaydi. Eramizdan avvalgi V—III asrlarda dastlabki mashina-suv tegirmoni ixtiro qilinadi. Eramizdan avvalgi V I asr boshlariga kelib, qadimgi ajdodlarimiz hozirgi zamon atamasi bilan aytganda gidravlika, qurilish mexanikasi, statika, dinamika va koinot mexanikasiga oid boshlang‘ ich elementar bilimlardan xabardor boMganlar. Masalan, kanallar o ‘tkazish, ekinlarni sug'orish, suvni tepaliklarga olib chiqish kabi ishlami bajarganlar. Hozirgi Pokiston hududida joylashgan Mohenjo-Daro shahrida eramizdan avvalgi III asrda suv quvurlari (vodoprovod) va yomg‘ ir suvlarini chetga chiqaradigan kanalizatsiya tarmogM boMgan. Vodoprovod tarmog‘i bundan 2500 y il muqaddam Respublikamiz hududida joylashgan Afrosiyob (qadimgi Samarqand) ahlini zilol suv bilan ta‘minlab turgan. Qadimgi 0‘rta Osiyoda suv ko'tarish uchun shoduv-chig‘ irdan (quduqdan suv chiqaradigan qurilma) foydalanilgan.
O'sha vaqtlarda qal’alar, masjidlar va maqbaralar, turar joy binolarining
bunyod etilishi qurilish mexanikasiga oid bilimlarni chuqur bilishni, qo'llanilayotgan konstruksiya va materialga tanqidiy munosabat bildirish, ular ichidan eng maqbullarini tanlay bilishni taqozo etardi. Ko ‘p asrlik tajriba asosida tosh, xom g’isht va pishiq g‘ isht mustahkamliklari orasidagi tafovut to‘la o'rganildi. Baland binolaming maqbul shakllari topildi.
Mexanikaning nazariy asoslari dastlab qadimgi Yunoniston va Misrda
paydo bo'lgan. Mexanikaga doir ilk yozma asar Yunonistonning mashhur
faylasufi, eramizdan 384-322 y illa r muqaddam yashab ijod etgan buyuk
olim Aris totel (Arastu) ning qalamiga mansub. ≪Mexanika≫ so‘ zini ilmiy atama sifatida fanga birinchi bor olib kirgan olim ham ana shu buyuk insondir.
Mexanikaning xilma -xil masala va muammolarini hal etishda qadimgi
zamon olimlari Arximed , Geron, Platon, Apolloniy , Gipparx, Ptolemey,
Nikomed, Arxit va boshqalarning xizmatlari benihoya kattadir.
Sharq mamlakatlarida mexanika fani IX - X I I asrlarda taraqqiy eta boshladi.
Bu davrga kelib Sharqning mashhur olimlari aka-uka Banu Musolar,
Sobit ibn Qurra, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulla al
Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, al-Haziniy, al-Forobiy, Ismoil
al-Jazariy, Muhammad al-Xurosoniy singari ulkan siymolar tabiiy fanlar,
xususan, mexanika sohasida barakali ijod etdilar. Dastlabki kezlarda ular
ilm-fan, davr va ijtimoyi hayot taqozosi bilan Aristotel, Geron, Arximed,
Filopon va boshqalarning asarlarini tarjima qilish va ulami sharhlash bilan shug‘ullanganlar. Sharhlar ko’pincha mustaqil asarlar darajasiga ko‘tarilgan.
Vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino antik olim Filoponning mexanika sohasidagi g‘oyalarini davom ettirib, harakatdagi jismga ta ’sir ettirilgan kuch yo'qolmaydi: agarda jism harakati qarshilikka uchramasa, и abadiy davom etadi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ibn Sino o'zining ≪Donishnoma≫ asarida yuklarni ko’taradigan va qo’zg’atadigan uskunalar haqida fikr yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |