Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, oldingizdagi kalendarni qo‘llingizga olib qarang, mana bu alohida-alohida 1 dan 31 gacha sonlar yozilgan qatorlar bir oyni bildiradi. Bu sonlarning har biri bir kun. E’tibor bergan bo‘lsalaringiz bir xil oylar 30 kundan, yana bir xili 31 kundan iborat. Faqat fevral oyigina 28 kundan iborat. Endi mana shu oylarni sanab chiqing bir yilda nechta oy bor ekan?
Bolalar mustaqil sanab aytib beradilar.
Hozir hammamiz birgalikda bir yildagi oylarni aytamiz. Bolalar bilan 5 marta oy nomlari takrorlanadi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: «Qaysi oy?»
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar 2 guruhga bo‘linib «Qaysi oy» o‘yinini o‘ynaymiz men mana bu 2 ta kalendarni devorga ilib qo‘yaman. Sizlarga oy nomlarini tarqatib chiqaman, sizlar bu nomlarni kalendardagi nomlarga solishtirib qaysi faslning qaysi oyi ekanligingizni topasizlar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |