9-amaliy mashg‘ulot: Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari(4 soat).
1. Darsning maqsadi: Bozor segmentatsiyasi haqida tushunchalar, segmentatsiyaning mohiyati, bozor segmentatsiyasi xususiyatlari, turlari, bozor segmentlarining asosiy tamoyillari: geografik, ps9ografik, xulqiy va demografik tamoyillari haqida, maqsadli bozor segmentlarini tanlash usullarining mohiyati haqida talabalarga o‘rgatish.
2. Darsning rejasi:
Bozor segmentatsiyasi mohiyati va uni ahamiyati.
Bozor segmentatsiyasi xususiyatlari va turlari.
Bozorni segmentlashtirishni asosiy tamoyillari.
Bozordagi maqsadli segmentni tanlash.
Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muxim axamiyatga ega va bozorda talabni urganish eki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini taxlil etish»- bozorlar xolatini taxlil etishdagi birinchi boskich xisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo‘linadi: bozor segmentatsiyasi; iste’molchitalabi sabablarini urganish; kondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor segmentatsiyasi talabni kondirishga tabakalangan xolda endashuvga , tovarlarning turi ,sifati va mikdoriga ko‘ra xar xil talab kuyadigan iste’molchilarni guruxlarga ajratishda turli mezonlar qo`llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli xodisa tarzida emas , balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida , xar bir segment doirasida aloxida uziga xos bir talab namoyen buladigan xodisa tarzida olib karaladi.
Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulk-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruxlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash kup j9atlardan tovar eki xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida xal kilmokchi bulgan masalaga bog`liq.
Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin fark kiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan makbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman tugri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar urtasida paydo bulgan farklarni izoxlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farklarni ravshan aniqlashga kadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-xarakatlarni urganib, ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qilishdan iborat. Xozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yukori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlarni xamda samarali sotish usullarini qo`llashdan iborat bo‘lib koldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilarni urganish va navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas.
Bozorni segmentlash, bozorni urganishning asosiy usulidir.Uning erdamida bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo‘linadi. Bozor segmenti-bu iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki , ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni tugri segmentlash, shu segmentning spetsifik ehtiyojlariga kat’iy rioya kilingan xolda kam xarajatlar bilan tovar etkazib berishni tugri tashkil qilishdan iboratdir. Xalk iste’moli tovarlari bozorini tadqiq etishda marketingga oid adabiyetlarda ikki turdagi mezonlar kabul kilinadi.Birinchisi xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgoxi, oilaning xayot tsikli, kasbi, turmush tarzi va shunga uxshash umumiy belgilarni xisobga oladi. Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruxlarning kadriyatlari tizimi yoki ularning marketing strategiyasining, masalan, yangi maxsulot, yangi sotish tizimi kabi vositalariga ko`rsatadigan kizikishlari asosida olib boradi. Amaliyetda birinchi usul kuprok kullaniladi, ikkinchi usulni qo`llash kushimcha kiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sotsiologiya va ps9ologiya soxalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yuli bilan maxsus xisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
Xaridorlarning munosabatini tabakalashtiradigan asosiy omil daromad xisoblanadi. Kupgina mamlakatlarda daromad bo`yicha u ch guruxga segmentlashdan keng foydalaniladi.
Birinchi gurux, eng yukori daromadga ega bulgan xaridorlar, amalda ular jami xaridorlarning 10 % ini tashkil etadi.Ular eng oliy navli tovarlarni xarid etadilar, xarid kuvvati xamda uz guruxi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruxlar xar bir mamlakatda bor, ularning daromad mikdori shu mamlakatning umumiy boyligiga bog`liq buladi.
Ikkinchi gurux-xar bir mamlakatdagi urtacha daromad egalaridir,ularning soni juda kup, garchi bu gurux ichida yana uziga xos tabakalanish bulsa-da, umuman olganda shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan, yalpi tovarlarning asosiy xaridorlari shular xisoblanadi.
Uchinchi gurux- bir shaxs xisobiga eng kam daromad oladigan xaridorlardan iborat. Ular aksariyat xollarda ijtimoiy ta’minotning turli kurinishlaridan foydalanadilar, uz daromadlarining 80 % iga yakinini asosiy ehtiyojlarni kondirishga sarflaydilar.
Bozor segmentatsiyasining tamoyillari quyidagilardir: geografik, ps9ografik, demografik va xulq-atvor tamoyillari.
3. Darsning ta’minoti:
Adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan adabiyotlar asosida.
4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o‘tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg‘ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo‘shimcha topshiriqlar berish.
5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |