Metod.
Izlanishlarimizda linguistik tahlil metodlaridan chogishtirish, qiyoslash va
komponent va transformatsion thlilllardan foydalanildi.
Muhokama.
Yer yuzining turli xalqlari orasida qushlarni nafaqat tirik mavjudod yani
parrandalar sifatida balki ularni timsol va ramz sifatida ham tasavvurlarga egadirlar.
Jahon mifologiyasida qushlar obrazlari ahamiyatli timsollardan sanalib eramizdan
oldingi IV asrdan to eramizning XVII asrigacha bo’lgan Yevropa va Hind, Eron
tasviriy san’atida farishtalar qanotli yigit va qizlar shaklida tasvirlanganligini koramiz.
Bu inson ruhi, unung ilohiyat bilan yaqinlashuvi va unga intilishni ozida mujassam
etadi. Biz bilgan ulug’ shoir Alisher Navoiy bolalik chog’laridayoq Shayx Farididdin
Attor qalamiga mansub ”Mantiq ut-tayr” dostonini yod olgan va so’ng “Lison-ut-tayr”
asarini shu dostondan ilhomlanib unga javob tariqasida bitgani ma’lum. Dostonidagi
ramziy o’brazlarning asosini qushlar o’brazlari tashkil etadi. Asardagi o’brazlarni
afsonaviy va real qushlar ekanligini ko’ramiz. Afsonaviy qushlarga: Semrug’, Anqo,
Humo va Qaqnus o’brazlari. Real qushlarga: Hudhud, bulbul, to’ti, tovus, qumri,
burgut, kabutar, shunqor, qarchig’ay, o’rdak va tovuq o’brazlari aks etgan. Tabobat
ilmining otasi Ibn Sino ham insonlarning ruhlarini qushlar shaklida tasvirlaydi. Bizning
zamonamiz meditsinasi ham inson ruhining o’limdan kegin qush kabi parvoz qilishini
isbotladi.
Qaqnus haqida Navoiy asarlari lugʻatida shunday deyilgan: «Qaqnus – mavhum
bir qush, afsonaga koʻra tumshugʻida juda koʻp teshiklar boʻlib, bu teshiklardan
chiqqan ovozlardan goʻyo musiqa oʻylab chiqarilar emish.» Bu obrazning ilk
kurtaklarini biz yunon xalq mifologiyasida uchratamiz: Feniks, tarjimada sehrli qush
maʼnosini beradi. Uning koʻrinishi burgutsimon va rangi qizil-tillasimon yoxud olov
rangda deb tasavvur qilingan. Aytishlaricha, umrining oxirida u turli xushboʻy oʻtinlar
214
bilan oʻz uychasini yondirmish va uning kulidan yangi qaqnus paydo boʻlarkan.
Misrliklarning tasavvuri boʻyicha, u oʻtlarning xushboʻy hididan oʻlar ekan, soʻng esa
quyoshda yonib ketarmish va uning tanasidan Qaqnus bola chiqar emish. Feniksning
Sharq adabiyotida Qaqnus shaklida oʻzlashishi bilan birgalikda ushbu obrazga bir qator
motivlar qoʻshildi. Natijada ushbu obrazning taʼsirchanligi, badiiy quvvati ortdi. Bu
timsolidan Sharq adabiyoti, jumladan turkiy adabiyotda Navoiydan oldin ham
foydalanilgan. Haydar Xorazmiy “Mahzan ul-asror” dostonida oʻzining tasavvufiy
ishqi bayonida quyidagi satrlarni keltiradi:
Har damu, har lahza bir oʻtqa yonib,
Gʻoyati yoʻq otash ichra oʻrtanib.
Oʻt ichida qaqnusi bechoravor,
Nolai jonsoʻz tuzib sad hazor.
Navoiy “Lison ut-tayr”dan oldin ushbu obrazga lirikasida hamda “Farhod va
Shirin” dostonida murojaat qiladi. Lekin uni “Lison ut-tayr”da mukammallik va badiiy
sanʼatkorlikning barkamol darajasi bilan kuylaydi. Buning sababi uning ustozi
Attordan taʼsirlanganligi desak, xato boʻlmaydi.
“Mantiq ut-tayr”da Attorning tasviridagi Qaqnus umr boʻyi xas-xashak yigʻadi
va umrining oxirida shunday nola chekadiki, natijada xas-xashak yigʻilgan uyasiga oʻt
tushib, uya bilan uning sohibi – Qaqnus ham yonib ketadi. Attor bu anʼanaviy obrazdan
umrning foniyligi haqidagi xulosani chiqarish uchun foydalanadi:
Qaqnusi sargashta umri ming, hazor,
Bir umr yigʻlab chekar faryodu zor…
Boʻylakim sen ham qutulmassan sira,
Shum ajaldin hiylavu tadbir ila.
Navoiy esa bu hikoyatdan “Lison ut-tayr” asarida foydalanadi. Navoiy ushbu
hikoyatni Attorda qanday qoʻllanilgan boʻlsa, dearli shundayligicha keltirar ekan, unga
Fisogʻurs (yunon faylasufi Pifagorning Sharqona atalishi)ning bu navolarni eshitgani
va unga asoslanib, musiqa faniga asos solganligi haqidagi motivni kiritadi. Qaqnusning
hayoti, oʻtin yigʻishi va nolasi, shu sababdan atrofga oʻt ketishi haqidagi fikrlar aynan
215
beriladi, uning oʻtidan atrofdagi koʻngullarga oʻt tutashishi haqidagi fikr
kuchaytiriladi, lekin xulosa mutlaqo oʻzgacha maʼno kasb etadi. Yaʼni:
Do'stlaringiz bilan baham: |