Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. Logopediya (pod. red. L.S.Volkovoy) - M., 1989.
2. Muminova L.R., Ayupova M. «Logopediya» T. 1993 y.
3.Logopedicheskaya ritmika (uchebno-metodicheskoe posobie dlyalogopedov
spes.det. sadov) Toshkent – 2006.E. N. Nazarova, Sh. BoltaevaD. Nurkeldieva
4.K.Mamedov, G.Berdiev, SH.Xoliqova. Maxsus psixologiya ma’ruzalar matni.
Toshkent, 2001.
jurnallarining barcha sonlari.
973
ФИО автора:
Yunusova Nafisa Samandar qizi
Qarshi davlat universiteti
Ijtimoiy fanlarni o'qitish metodikasi
(ma'naviyat asoslari) yo'nalishi
2 kurs magistranti
Название публикации:
«MILLIY G'OYANING IJTIMOIY AHAMIYATI»
Annotatsiya.
xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda
hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo’lgan milliy
g’oyaning ijtimoiy ahamiyati
Kalit so’zlar.
Insoniyat, xalq, milliy g’oya, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar
Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining
milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga
oshirish, shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch
uyg‘otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha
kuch-quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu intilish ifodasi
bo‘lgan milliy g‘oyani tayanch va suyanch deb biladi.
Darhaqiqat, har bir xalq o‘z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo, mafkura
masalasini,
uning
o‘zagini
tashkil
etadigan,
o‘ziga
xos
o‘q,
birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini
hal qiladi. Mamlakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy
ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday
paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning
shakllanishiga sharoit tug‘ilishi mumkin. Shunday ekan, millat, jamiyatni parokanda
bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy
islohotlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g‘ov paydo bo‘ladi [1].
Milliy g‘oya. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va
elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-
ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shunday ekan milliy
g‘oyaning o‘zi nima?
974
Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida
mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga
xizmat qiladigan ijtiomiy g‘oya hisoblanadi.
Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa
yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi
kerak [2].
U yoki bu g‘oyaning illiy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi,
mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina
u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad – muddaolari va
mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma’noda milliy g‘oya oxir oqibat
ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdirligicha tasir qiladi. Shu ma’noda, har qanday milliy
g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman
insoniyat uchun ahamiyatni bo‘lgan g‘aolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g‘oyasi
fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, “Manfaatli
hamkorlik” g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har
bir xalq o‘z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o‘zlarini
tashkil etadigan,o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy
g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.
Har qanday mafkura muayan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil
vazifalarni bajaradi. Malumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda
namayon bo‘ladi:
- odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish;
- shu g‘oyani atrofida uyushtirish;
- kishilarni manaviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish;
- g‘oyaviy tarbiyalash;
- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
- harakat dasturi bo‘lish.
Malakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati
shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda
975
aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga
sharoit tuzilishi mumkin.
“G‘oya” tushunchasi malumki, inson o‘zinnig aql-zakovati iymon-e iqodi va
ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy
qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z
bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.
Mafkura esa muayan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va
jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga
oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir.
Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar
va talimotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza
yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, tasirchan, zalvorli fikrlargina
g‘oya bo‘la olishi mumkin.
Ilmiy adabiyotlarda “g‘oya”, “mafkura”, “idea” va “ideologiya” tushunchalari
ishlatilmoqda. Idea va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi
manbalarda uchraydi. Idea iborasi on yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, u ideologiya
so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi.
Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g‘oyalar
to‘g‘risidagi talimotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:
- G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi
bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.
- Muayan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari
tizimini anglatadi.
G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo
bo‘lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday
harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.
Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilig jarayonida
vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, sanat va badiy
adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va
976
ularni rivojlantiradi. Malum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z
g‘oyalari mavjud bo‘ladi [3].
Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga
ajratish mumkin.
- Ilmiy g‘oyalar;
- Falsafiy g‘oyalar;
- Diniy g‘oyalar;
- Badiiy g‘oyalar;
- Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar;
- Milliy g‘oyalar;
- Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.
Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti
bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |