ФИО авторов:
Davurova Go`zal Akbarovna
Jizzax davlat pedagogika institute, Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi o`qituvchisi
Yaxshilikova Zilola
Jizzax davlat pedagogika instituti, Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi
Название
публикации:
«MAKTAB
O`QUVCHILARIGA
AXBOROT
BOSIMINING TA’SIRI»
Anatatsiya:
XXI asr axborot texnologiyalari asri hisoblanadi. Bugungi kunda
barchamizga sir emaski, kundan-kunga axborot texnologiyalari, internet oqimi turli
xil ko’rinishlarda hayotimizga kirib kelmoqda, ayniqsa, biz yoshlar o’tib borayotgan
vaqtimizni internetsiz, yangiliklarsiz tasavvur qila olmaymiz. Maktab o’quvchilari
o’rtasida internet tarmog’idan foydalanish ommalashib bormoqda. Buning natijalari
ijobiy ham, salbiy ham bo`lishi mumkin.
Kalit so’zlar:
Internet, internetga qaramlilikning oldini olish, o’smirlarning
internetdagi xavfsiz harakati.
Anatation:
XXI century is the information cap. It is no secret that we are not only a
day, day by day we enter into our lives in different forms, especially we cannot
imagine the time we are pastin, without the Internet, without news. The use of the
Internet is popular among schoolchildren. The results of this may be positive and
negative.
Keywords:
Internet, Internet dependence, adolescents are a safe movement of
adolescents.
Анатация:
XXI век - это информационная кепка. Не секрет, что мы не только
день, день ото дня, мы вступаем в нашу жизнь в разных формах, особенно мы
не можем представить время, когда мы ставлистым, без интернета, без
новостей. Использование Интернета популярна среди школьников.
Результаты этого могут быть положительными и отрицательными.
Ключевые слова:
интернет, интернет-зависимость, подростки - это
безопасное движение подростков.
895
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson mavjudligini “axborot” tushunchasidan
tashqari tasavvur qila olmaymiz. Shuning uchun ham XXI asr axborot
texnologiyalari asri hisoblanadi. Bugungi kunda barchamizga sir emaski, kundan-
kunga axborot texnologiyalari, internet oqimi turli xil ko’rinishlarda hayotimizga
kirib kelmoqda, ayniqsa, biz yoshlar o’tib borayotgan vaqtimizni internetsiz,
yangiliklarsiz tasavvur qila olmaymiz. Maktab o’quvchilari o’rtasida internet
tarmog’idan foydalanish ommalashib bormoqda. Ko’pgina maktab o’quvchilari
internet tarmog’i bilan tanishishadi, tezda o’zlashtiradilar va faol bo’lishadi. Maktab
o’quvchilari o’qituvchilar va ota-onalarga qaraganda ancha tez foydalanuvchi
tajribasini to’plashadi. Ularga internetdagi xavfli xatti-harakatlar to’g’risidagi
bilimlar yetishmasligi aniq. Bu vaqtda ularga internetda xavfsiz ishlashni o’rgatish
uchun ota-onalar va o’qituvchilar bolalarning virtual olamida nimalar
bo’layotganligini internet ularning hayotida qanchalik rol o’ynashini bilishlari
kerak.
Hozirgi kunda maktab o’quvchilarining orasida internetdan foydalanish
ularning 90%ini tashkil qiladi. Bolalarninmg ota-onalari, aka-uka, opa-singillari va
bolalar o’rtasidagi munosabatlar ta’siri ostida pasayib bormoqda. Maktab
o’quvchilari muammolarini hal qilishda internet tarmog’idagi hakkerlarga va
ularning forum va konferensiyalariga murojaat qilishadi. Bunday holatda ular
g’amxo’rlik, mehribonlik xatto sovg’alar bilan potensial qurbonning ishonchiga
kirib olishadi. So’ngra ularni turli xil (ekstremistik, ijtimoiy bo’lmagan xatti-
harakatlarni targ’ib qiladigan, shuningdek, qimor ) kabi o’yinlarga taklif qiladi.
Bugungi kunda qidiruv tizimlari yordamida deyarli har qanday ma’lumotni topish
mumkin.Garvard psixologlari Deniel Wedner va AdrianUordning ta’kidlashicha
“internet nafaqat ma’lumot saqlaydigan, balki bizning bilim jarayonlarimizni
almashtiradigan muhit. Internet bizni jonli ravishda ma’lumot almashish ehtiyojidan
halos etish bilan bir qatorda muhim ma’lumotlarni eslab qolish istagimizni
susaytiradigan muhit”dir. Psixologlar bu jarayonni “Google effekti” deb atashadi.
Fransuz olimi Jan Fransua Rouet “15-yoshga qadar talabalar axborot manbalarini
896
sodda idrok etishga moyil. Ular ko’pincha o’rgangan narsalarni tekshirishga
unamaydilar va aytilgan narsalarga e’tibor qaratishadi” - degan fikrlarni aytib
o’tganlar. Psixolog Galiana Soldatova “bugungi kunda yerda bir vaqtning o’zida 6
avlod yashaydi. Ularning eng Yoshi raqamli inqilob davrida tug’ilgan 14 yoshli
bolalarni o’z ichiga oladi”,- degan fikrlarni aniqlagan. U raqamli muhitning o’qish
va ma’lumot olishga ta’sirini baholagan. Rossiyada 12-17 yoshdagi o’spirinlarning
89% har kuni internetdan foydalanadi. Ish kunlari ularning 37% internetdan 3
soatdan 8 soatgacha foydalanishadi. Dam olish kunlari esa bu ko’rsatgich 47%ni
tashkil etadi. OECD ta’lim dasturlari direktori Adreas Shleyxer aytishicha
“kompyuterlashtirish va maktablarda internetning joriy etilishi amalga oshirib
bo’lmaydigan umidlarni keltirib chiqardi”.
Bolalarning deyarli uchdan bir qismi internet har qanday kamchiliklardan
mahrum deb hisoblashadi. Har qanday oilada komputer tarmog’i bor. Farzandlar oila
a’zolari va do’stlaridan qochib komputer monitoringini o’chirib qo’yadi yoki
kattalar xonaga kirsa boshqa oynaga o’tib olishadi. Internetdagi jinoyatchilar bolalar
va ularning oilalari o’rtasidagi tiqilinchni ehtiyotkorlik bilan boshqaradilar va
ko’pincha bolaning yaqinlari bilan bo’lgan munosabatidagi kichik muammolarni
bo’rttirib chiqaradi. Kompyuterga qaramlilik katta yoshdagi odamlarga qaraganda,
maktab o’quvchilari va o’smirlarda kuchliroq hisoblanadi. Agarda bolalar
kompyuter o’yinlarini o’ynash mobaynida oziq-ovqat iste’mol qilib o’yinlarni
davom ettirsa, u bolaning ovqat hazm qilish a’zolari ham azoblanadi. Kompyuter
tarmog’idan ko’p foydalanish, ko’p televizor qarshisida o’tirish natijasida ko’rish
o’tkirligi, immunitetning pasayishi, metabolik kasalliklar, bosh og’rig’i, umurtqa
pog’onasida og’ishishlar sezilarli darajada bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalarga
internetdan foydalanishning salbiy va ijobiy tomonlari ota-onalar va o’qituvchilar
tomonidan to’g’ri tushuntira bilishlari lozim. Ijobiy tomoni bu - bilish
imkoniyatlarining kengligi hisoblanib kichik maktab yoshidagi bolalar rasm
chizishni, qo’shiq aytishni, har xil tillarni o’rganishi, ta’limiy o’yinlarni o’ynashlari
mumkin. Bolalar yoshligidan kompyuter va internet tarmog’idan foydalana boshlasa
897
kelajakda oliy ma’lumotli bo’lmasdan turib ham obro’li va oylik maoshi yuqori
ishlarga joylasha olishlari mumkin. Salbiy tomonlaridan biri bu - qon tomirlarining
kuchli zo’riqishi natijasida ko’rish o’tkirligining, diqqatni jamlashning
davomiyligining pasayishi kuzatilmoqda. Dunyo bo’yicha bolalarning har oltita
boladan bittasi kuniga 8 soat vaqtini internet tarmog’ida o’tkazishmoqda, bu juda
ham achinarli holat hisoblanadi. Turli xil salbiy o’yinlarni o’ynashlari natijasida
psixologik holatning yomonlashuvi, hayajonlanish, tajavuzkorlik, yakkalanish,
ishonchsizlik holatlari kuzatilmoqda. Internet tarmoqlaridan foydalanayotgan
farzandlar tarbiyasida ota-onalar quyidagilarga e’tiborli bo’lishlari zarur.
Farzandlarining zamon bilan hamnafas bo’lib ulg’ayishida kompyuter va boshqa
zamonaviy qurilmalardan foydalanishlariga to’sqinlik qilishmasin. Biroq to’g’ri
foydalanishlarini doimiy nazorat qilib borishlari har doim habardor bo’lishlari
muhim hisoblanadi. Shuningdek farzandlari bilan onlayn xavfsizlik to’g’risida
suhbatlashishlari va har qanday qo’rqinchli vaziyatda ota-onasi bilan bog’lanib
xavfsiz yechim topish kerakligiga ishontira olishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |