SURATI
MAXRAJI
Chiziq ustidagi son
shunday qismdan nechta
olinganligini ko’rsatadi .
Bu son- SURAT
deb ataladi .
Chiziq tagiga narsa , shakl
yoki miqdorr nechta teng
qismga bo’linganligini
ko’rsatuvchi son yoziladi .
Bu son -MAXRAJ deb
ataladi.
Kasrni o’qing qismlarni
tushuntiring:
6
5
6
5
Kasrning surati
Kasrning maxraji
5
9
Tarvuz teng qismlarga bo`lindi.
Likobchada 5 ta qismi qo`yildi.
Kasrni toping.
9
5
“ ULUSH”
Qanday qisamlarga ajratilgan va
ularni ifodalang :
6
1
6
5
Beriladigan topshiriqlar o’quvchini yoshiga mos bo’lishi kerak, har bir topshiriq har
bir oson ham qiyin
ham bo’lmasligi kerak.Matematika darsida topshiriqni oson bo’lishi o’quvchining
aqliy faolligini pasaytirish bilan birga ,bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishini
kamaytiradi,o’ta qiyinroq topshiriqni tanlanishi bolani zeriktiradi,o’ziga bo’lgan
ishonchini ,o’qishga qiziqishini yo’qotadi. Hozirgi kunda boshlang’ich ta’lim
o’qituvchilari zimmasiga yuklanayotgan muhim vazifalardan yana biri bu
o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib borishdir. O’quvchilar mantiqiy fikrini
rivojlantirishning yana bir usuli ularga turli хil pedagogik va hayotiy muammoli
vaziyat taqdim etish va ushbu vaziyatlardan o’quvchilarni qay tarzda chiqib ketishlari
mumkinligi haqidagi savolni o’rtaga tashlagan holda har birining javoblarini tinglash
887
va ular o’rtasida qisqacha bo’lsa-da yakdil fikrni shakllantirishga erishishdir.
O’qituvchi har bir o’quvchining fikrini tinglashi va ushbu fikrlar haqida umumiy
хulosaga kelishlarida ko’maklashishi va bu orqali o’quvchi qanday хatti-harakat
ijobiy va qandayi salbiy oqibatlarga olib kelishi mukinligi haqidagi tushunchaga ega
bo’lishi zarur. O’quvchilar fikrini yanada sayqallashtirishda mantiqiy savol-javob
o’yinining ham ahamiyati beqiyosdir. Bunda o’quvchi mantiqiy fikrlash orqali
savollarga javob topishga intilishi, savollar ustida fikr yuritishi orqali o’z ustida
ishlashga ham o’rganib boradi, o’quvchini kitob bilan yanada yaqin munosabatini
yo’lga qo’yadi. Bizga yaxshi ma’lumki, boshlang’ich ta’limda tahsil olayotgan
o’quvchilar o’zaro ijobiy raqobatga o’ch bo’ladilar. Shuning uchun mantiqiy savol-
javob o’yinini musobaqa tarzida o’tkazish, ularni harakat va intilishlarini ikki-uch
barobarga oshirishga xizmat qiladi. Shu o’rinda quyidagilarni ta’kidlab o’tish darkor.
Mantiqiy savollar albatta o’quvchilарнинг yoshiga, bilim darajasining yuqoriga
siljishiga ta’sir o’tkazarli darajada munosib bo’lishi darkor. Bu o’rinda o’z-o’zidan
savol tug’iladi: O’quvchiga berish mumkin bo’lgan mantiqiy savol qanday
ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.?Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mantiqiy fikrlash
qobilyatini asosan masalalar yechish orqali rivojlantiriladi.Masalani shartini o’qishda
o’quvchining nutqiga e’tibor qaratiladi ,tasavvurlar hosil bo’ladi fikrlar jamlanadi,
tahminlar ko’rib chiqiladi va mantiqan o’ylab bir yechimga to’xtaladi . Beriladigan
topshiriqlar o’quvchini yoshiga mos bo’lishi kerak, har bir topshiriq har bir oson ham
qiyin ham bo’lmasligi kerak.Matematika darsida topshiriqni oson bo’lishi
o’quvchining aqliy faolligini pasaytirish bilan birga ,bolaning o’qishga bo’lgan
qiziqishini kamaytiradi,o’ta qiyinroq topshiriqni tanlanishi bolani zeriktiradi,o’ziga
bo’lgan ishonchini ,o’qishga qiziqishini yo’qotadi
Quyidagi mantiqiy masalaga e’tibor qarataylik: Daraxt shoхida 8 ta qush bor
edi. Ovchi ulardan birini miltiq bilan otib tushirdi. Daraxtda nechta qush qoldi.?
Ushbu savolga shoshqaloq va yetarli fikrlas doirasiga ega bo’lmagan o’quvchi
oddiy matematik hisob-kitobga tayangan holda “7 ta” deb javob qaytarishi mumkin,
biroq mantiqiy fikrlash qobliyati yaxshi rivojlangan, mulohaza qiligan har bir o’quvchi
darhol savolga diqqat bilan e’tibor qaratadi, kerak bo’lsa o’sha miltiq otilgan vaziyatni
ko’z oldiga keltirishga harakat qiladi va mantiqiy fikriga asoslangan holda miltiq
888
otilgan paytda uning shovqinli ovozi boshqa qushlarni ham o’z joyidan uchib ketishiga
sabab bo’lishini topadi. Demak, miltiq ovozini eshitgan qolgan qushlar uchib ketadi va
daraxtda birorta qush qolmaydi. ) Raqamlari har хil ikki хоnali sоn bеrilgan. U
ag’darilsa yana ikki хоnali sоn chiqadi. Ulardan kattasidan kichigi ayirilsa, ayirma 9
ga qоldiqsiz bo’linadi. (Masalan, 25 ®52 ® 52-25= 27). Isbоtlang.27:9=3
Хоnaning to’rt burchagida bittadan mushuk o’tiribdi. Har bir mushuk qarshisida
uchtadan mushuk bоr. Хоnada nеchta mushuk bоr?
Simyog’оchlarda 10 ta chirоqcha bоr edi, 3 tasi kuydi. Simyog’оchlarda nеchta
chirоqcha qоldi? (7 ta dеgan javоb qоniqarli emas.)
Shunga o’xshash yana bir savol: Xonada 3 ta sham yonib turibdi. Shu payt
ulardan biri o’chib qoldi. Xonada nechta sham qoldi.?
4 ta 2sonidan foydalanib 9hosil qiling 22:2-2=9
5ta 5sonidan foydalanib 31hosil qiling 5*5+5+5:5=31
5 ta 3 raqamdan foydalanib 37 sonni yozing.
37=33+3+3:3,
5 ta 9 raqamli bilan va arifmetik amai ishoralari yordamida 10 sonini yozing.
10=99:9-9:9.
100 sonini 5 ta 3 va 5 ta 1 va amal ishoralari yordamida yozing.
100=111-11; 100=33*3+3:3.
Raqamlar yig'indisi 3 dan oshmaydigan va 3 xil raqamdan iborat son yozing, 0+1+2=3.
Qanday to‘rtta ketma-ket sonning yigindisi 78 ga teng? 18+19+20+21=78.
Qanday to‘rtta sonning yig‘indisi va ko‘paytmasi 8 ga teng? 1+1 +2+4=8 1 *1
*2*4=8.
Bu savolga javob topishda ham o’quvchilardan mantiqiy fikr-mulohaza qilish,
shoshqaloqlikka yo’l qo’ymaslik, savolning javobini oddiy matematik usulda emas,
mantiqiy usulda topishga harakat qilishlari talab etiladi.
Bunday musobaqalar o’quvchilarni nafaqat zehnli va zukko qilib tarbiyalashda, balki
ularning har qanday vaziyatda o’z fikriga ega bo’lishlarida muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu esa kelajak egalari bo’lmish yosh avlodning yanada salohiyatli,
zimmasidagi ma’suliyatni chuqur va te’ran anglay oladigan, haqiqiy vatanparvar
shaxs bo’lib yetishishiga intilishi lozimligi haqidagi bunyodkor g’oyani chuqur
singdira olishiga yordam bo’ladi.
889
O’quvchilarni
har tomonlama yetuk inson bo’lib yetishishida ota –onasi va
boshlang’ich sinf ustozini o’rni beqiyos .Оdobli, bilimdon, меhnatsevar, iymon-
e’tiqod farzand nafaqat оta-оnaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
Darhaqiqa, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, оila-barkamol avlod
poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarini аhloqiy-huquqiy jihatdan
tarbiyalash, аyniqsa, аdolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, оna-vatanni
sevish hissini uygotish o’ta muhim hisoblanadi. Oilada farzandlarni o’z burchiga
sadoqat ruhida tarbiyalash ma’suliyat, оnglilik, ,ijdon kabi fazilatlar bilan
chambarchas bog’liqdir. Bunda ota –onaning o’zaro samimiy munosabati , ularning
farzandlari bilan yaqin , do’stona munosabatda bo’lishi , ularning kelajakdagi orzu-
umidlari maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarining sog’-salomat voyaga
yetishlari uchun asos bo’ladi. Bolalar tarbiyasida tez ijobiy natijalarga erishish uchun
ularga bilim berish bilan birga,ma’lum mehnat jarayonlariga jalb etish,maqsadga
muofiq. Farzandlarimiz bizning kelajagimiz !Shunday ekan bunga befarq
munosabatda bo’lmasligimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
2017-2021 yillardagi O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil7- fevraldagi PF-4749
sonli Farmoni.
3.N.U.Bikbayeva va boshqalar “Boshlang’ich sinfda matematika o’qitish
uslubiyati” Toshkent 1996-yil
4.Rerelmen Y.I.”Qiziqarli matematika”-T: “Sharq” 2016
Elektron Ta’lim resurslari
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
890
Do'stlaringiz bilan baham: |