Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti


Xalqaro kapital migratsiyasi shallari va guruhlanishi



Download 5,6 Mb.
bet52/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

2. Xalqaro kapital migratsiyasi shallari va guruhlanishi
Xalqaro kapital migratsiyasining turli shakllari mavjud bo'lib, amaliyotda ular qator mezonlar bo'yicha tasniflanadi (3.2-rasm).
Xalqaro amaliyotda davlat karitali ko’proq ssuda shaklida, xususiy va uzoq muddatli kapital esa – tadbirkorlik shaklida namoyon bo'ladi.
Kelib chiqish manbalariga ko’ra xalqaro kapital - bu davlat mablag'lari yoki xususiy kapital ko'rinishida bo'ladi. Davlat kapitali banklar ichida rasmiy kapital deb ham ataladi. U davlat byudjetidan xorijga chiqariladigan yoki u yerdan yo bevosita hukumatlar qarori bilan, yoki hukumatlararo tashkilotlar qarori bilan qabul qilinadigan mablag'lardir
6.2-gasm Xalgaro kapital migratsiyasining shakllari

Shakllariga ko'ra - bu davlat qarzlari, ssudalar, grantlar (sovg'alar), yordam ko'rinishida bo'lib, ularning xalqaro harakati hukumatlararo kelishuvlar bilan belgilanadi. Xalqago tashkilotlarning kreditlari va boshqa mablag'lari ham shular qatoriga kiradi. Biroq har qanday hollarda ham bu soliq to'lovchilarning oluvchiga turli yo'llar bilan yetib boradigan pullari hisoblanadi.
Xususiy kapital— bu xususiy shaxslar tomonidan xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar mablag'laridan iborat. Ular tarkibiga investitsiyalar, savdo kreditlari, banklararo kreditlash kiradi. Ular davlat byudjeti bilan bevosita bog'liq bo'lmaydi, biroq hukumat ularning ko'chib yurishini kuzatib turadi va o'z vakolatlari doirasida ularni nazorat qilib, boshqarishi mumkin.
Xalqaro kapital migratsiyasining shakllari tadbirkorlik va ssuda kapitali ko'rinishida bo’ladi.
Kapitalning tadbirkorlik shaklidagi migratsiyasi uchun quyidagi uchta majburiy belgilar xos bo'ladi.
• xorijda ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish yoki unda ishtirok etish;
• Xorijiy kapital qo'yilmalarining uzoq muddatliligi;
• Xorijiy korxonga yoki uning bir qismiga mulkchilik huquqiga ega bo'lish.
Yugorida qayd etib o'tilgan xususiyatlar va ishtirok etish maqsadlarining qanchalik amalga oshishiga bog’liq holda tadbirkorlik kapitalini chetga chiqarishning ikki turi ajratiladi: to'g'ri va portfel investitsiyalar. TTXI- bu xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo'lib, investor tashkil qilayotgan firma aksiyalari yoki aksioner kapitaliga to'la ega bo'lish yoki kamida 10%xo'jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi.
XVJ, IRHT (Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti) hamda BMT milliy schyotlari tizimidagi ta'riflarga muvofiq, TTXI tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
• kompaniyalarning o'z kapitalini xorijga chiqarishi;
• to'g'ri investor xorijiy korxonadan olgan foydasini uning foydasiga qayta moliyalashtirishi;
• kapitalning bosh firma va uning xorijiy korxonalari o'rtasida ichki korporativ o'tkazmalari. Iqtisodiy adabiyotda to'g'ri investitsiyalarning tor va keng ma'nodagi ta'riflari ajratiladi. TTXI ning tor ma'nodagi ta'rifi IHTT tomonidan berilgan bo'lib, bu yo'nalishning bazaviy metodologiyasi kapital harakatini erkinlashtirish Kodeksida bayon etilgan: mustahkam iqtisodiy munosabatlarni ornatish hamda korxona ustidan nazorat huquqini qo'lga kiritish maqsadida kapital va resurslarning transchegaraviy harakati qamrab olinadi. Bunday yondashuv asosida investor sifatida mazkur mamlakatning norezidentlari va xorijlik rezidentlar maydonga chiqishlari mumkin. Har ikkala toifalar uchun to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar shakllanishining quyidagi yo'nalishlari mavjud:
• 100%li xorijiy mulkchilikka asoslangan korxona, shu'ba kompaniyasi yoki bo’linmasini tashkil etish yoki kengaytirish;
• mavjud korxonani to'liq mulkchilikka sotib olish;
• yangi yoki harakatdagi korxonada ishtirok etish;
• 5 yil va undan ko'p muddatga qarz berish. TTXI ning keng ta’rifi Jahon banki tomonidan berilgan «MIGA»ni (Ko'p tomonlama investitsion sug urtalash agentligi) ta'sis etish haqidagi kelishuvda ilk bor tilga olingan; u shuningdek, ikki taraflama kafolatli kelishuvlar uchun ham xosdir. Bunday yondashuvda to'g'ri xorijiy investitsiyalarga kapital (yoki resurslar) ning harakatlanishi shakllarigina emas, balki aktivlarning (assets) boshqa turlari ham kiritiladi: har xil turdagi mulk va mulkiy huquqlar, aksiyador bo'lmagan turdagi investitsiyalar (subbitimlar, boshqaruv kelishuvlari, franchayzing, litsenzion bitimlar, mahsulot taqsimoti va h.k.lar) ham kiradi. To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalash shakllari va usullariga tegishli turlicha talqinlarning berilishi jiddiy muammolarni keltirib chiqardi (masalan, NAFTA ASEAN ta'riflari shular jumlasidandir) va amaliy muammolarni hal qilishda qator variantlar-opsiyalarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi.
Portfel investitsiyalar - bu kapitalni xorijiy kogxonalar qimmatli qog'ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 %dan kam qismini)kiritish shaklida olib chiqib ketish bo'lib, investorlarga ular faoyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi. Ushbu turdagi tadbirkorlik kapitalini olib chiqib ketishning o'ziga xos belgilari 3.6 -jadvalda yaqqol namoyish etilgan.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish