Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti


diagramma.TTXI oqimining yo'nalishlari



Download 5,6 Mb.
bet54/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

3.2 diagramma.TTXI oqimining yo'nalishlari

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'sirida 2008-yilda 2007-yilga nisbatan TTXI ni jalb etish va chetga chiqarish hajmi jahon bo'yicha tegishlicha 14,2 va 13,1 % ga qisqargan. Ushbu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda ham salbiy tendensiyaga ega bo'lib, mutanosib ravishda 29,2 va 16,7 %ni tashkil etgan. Bu davrda rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI ni jalb etish va olib chiqish hajmi o'sish tendensiyasiga ega bo'lgan.


3.Transmilly kompaniyalarning vujudga kelish abablari, funksiyalari va guruhlanishi. Rivojlanish ko’rsatkichlari
Barqaror sur'atlarda rivojlanayotgan transmilliylashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim xususiyati hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalqaro korporatsiyalardir. Xalqaro korporatsiyalar savdo, inves- titsiyalash va zamonaviy texnologiyalarni eltuvchilar sifatida jahon iqtisodiyotining muhim subyektlariga aylanishdi. Xalqaro iqtisodiy globallashuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalqaro korporatsiyalar hisoblanadi. Xalqaro korporatsiyalar ichki korporativ mehnat taqsimotini an'anaviy mehnat taqsimotining xalqaro darajasiga olib chiqishgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni shtab-kvartirasi qabul qiluvchi mamlakatdan tashqarida bo'lgan firmalar tomonidan nazorat qilinadigan va boshqariladigan xalqaro ishlab chiqarishga bevosita bog'liq. Xalqaro korporatsiyalarning umumiy nazoratida bo'lgan ushbu faoliyat jahon YaMM ishlab chiqarish hajmining taxminan 25 foizini tashkil qiladi. Ushbu ishlab chiqarishning 1/3 qismi qabul qiluvchi mamlakatlarda joylashgan.
Jahon iqtisodiyoti amaliyoti ko'rsatishicha, ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni xalqaro korporatsiyalarni tashkil qilish modellariga tayanadi.


3.3 rasm

Xalqaro korporatsiyalarning vujudga kelishi TTXI bilan bog’liqdir. Jahon amaliyotida TMK ga turli mamlakatlarda TTXI ni amalga oshiradigan yirik korporatsiyaning tarkibiy-tashkiliy shakli sifatida qaraladi. Xorijiy korxonaning tashkil etilishi to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalash faoliyati natijasi bo'lib, unda investor- norezident kapitalning 50%dan kam bo'lgan qismiga egalik qiladi. Shu'ba firmada uning ulushi 50% dan oshadi, xorijiy filial esa to'liq unga tegishli bo'ladi. TMK ning huquqiy rejimi tashkil topgan filiallar va shu'ba korxonalar orqali turli davlatlarda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bo'lgan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy-tadqiqot, iste'molchilarga xizmat ko'rsatish xizmatlariga egadirlar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) TMK bo’yicha komissiyasi xalqaro kompaniyaga quyidagicha tavsif beradi: • yuridik shakli va faoliyat sohasidan qat'i nazar, ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda xo’jalik subyektlariga ega bo'lgan;
• bitta boshqaruv markazi orqali umumiy strategiyani amalga oshirish va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritishga imkon beruvchi qarorlar qabul qilish tizimi doirasida ish olib boradigan;
• mulkchilik orqali bir-birga bog’langan alohida xo'jalik subyekti sifatida, bunda xo'jalik subyektlaridan bittasi yoki undan ko’prog’I boshqalarning faoliyatiga bilimlar, resurslar va mas'uliyatni boshqalar bilan birgalikda foydalanish orqali jiddiy ta'sir ko'rsata oladi. Jahon amaliyotida xalqaro korporatsiyalar deyilganda jahon tovar va ishlab chiqarish omillari bozorlariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatuvchi yirik kompaniyalar tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
• yillik sotish hajmi 1 mlrd. dollardan kam bo'lmasligi;
• umumiy moliyaviy aylanma mablag'larining beshdan bir qismidan uchdan bir qismigacha xorijdagi operatsiyalar ulushiga to'g'ri kelishi;
• Xorijdagi aktivlar ulushi 25 %dan kam bo'lmasligi;
• kamida oltita mamlakatda filiallarga ega bo'lishligi. Shunday qilib, xalqaro korporatsiyalarning asosiy xususiyati to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsIyalarni amalga oshirish jarayonidir. XIX asr oxirdi vujudga kelgan xalqaro korporatsiyalar evolyutsion rivojlanishning uzun yo’lini bosib o'tdi, bu jarayonda ularning shakllari va faoliyat sohalarining ustuvorliklari, ichki korporativ tuzilma va strategiya o'zgarib bordi.
TMK jahon xo'jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari bevosita TMK faoliyatiga bog'liq. Ushbu mamlakatlar eksportida milliy korporatsiyalar va ularning xorijdagi filiallari o'rtasidagi savdo aloqalari ulushi yuqori ko'rsatkichga ega. Masalan, XX asrning 80-yillarida firma ichidagi savdo ulushi AQSh eksportining 14-20% ni, Yaponiya eksportining 23-28% ni va GFR eksportining 24-28 %ni tashkil etgan. YUNKTAD ma'lumotlariga ko'ra, 2008-yilda 82000 ta TMK qayd etilgan bo'lib, filiallarining soni 810000 tani tashkil etgan. TMK jahon iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. TMK filiallari orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi dunyo eksportining 1/3 qismini tashkil etadi va ularda 70,7 mln. kishi ishlaydi. Ushbu ko'rsatkich Germaniya igtisodiyotida band bo'lganlar sonidan ikki baravar ko'p. Xalqaro ishlab chiqarish deganda, TMK ning xorijiy filiallari tomonidan sotilgan mahsulot tushuniladi. Ushbu sotuvlarning aksariyat qismini filiallar ishlab chiqaradi va ular bosh korporatsiyalar ishlab chiqargan mahsulotlarni qayta sotish bilan shug'ullanadilar. 1990-yilda TMK ning xorijiy filiallaridagi sotish hajmi 4,7 trln. dollarni tashkil etgan bo'lsa, ushbu ko'rsatkich 2013-yilga kelib 34,5 trin. dollarga teng bo'lgan. Xalqaro ishlab chiqarishning asosini TTXI tashkil etadi. Agar 1990-yilda TMK tomonidan chetga chiqarilgan TTXI ning umumiy hajmi 2,1 trln, dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2013 -yilga kelib ushbu ko'rsatkich 26,3 trln. dollarga teng bo'lgan.
XXI asr boshlarida jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni chuqurlashib bormogda. U yoki bu kompaniyaning xorijdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga jalb etilganlik darajasi transmilliylashuv indeksi (TMI) orqali aniqlanadi. U kompaniyaning xorijdagi va o'z mamlakatidagi xo'jalik faoliyatining ko'rsatkichlarini qiyosiy taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi. YuNKTAD ushbu ko'rsatkichni kompaniyaning jami aktivlarida xorijiy aktivlarning ulushi, jami sotish hajmida xorijdagi sotuv hajmining ulushi, jami xodimlar sonida xorijdagi xodimlar sonining ulushi ko'rsatkichlarining yig'indisi sifatida baholaydi. TMI ning tarmoq tarkibida telekommunikatsiya (70,3%), oziq-ovqat, tamaki sanoati (68,1 %) va farmatsevtika sanoati (63,6%) korporatsiyalari yetakchilik qilishadi. Masalan, telekommunikatsiya sohasiga ixtisoslashgan “Vodafone Group Plc” kompaniyasining (Buyuk Britaniya) TMI darajasi - 88,6% ga teng.



Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish