Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,6 Mb.
bet39/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

Litsenziyalash. Kvotalash jarayoni (boshqacha qilib aytganda, kontingentlash), odatda, litsenziyalash, ya'ni maxsus ro'yxatga kiritilgan resurslar va mahsulotlar bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish vakolatiga ega bo'lgan davlat tashkilotlari (vazirliklar va mahkamalar) ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Aksariyat mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash jarayoni xal­qaro huquqiy aktlarga asoslanadi va ularning eng muhimi 1947-yilda imzolangan Savdo va tariflar bo'yicha Bosh kelishuv (GATT) hisoblanadi. Keyinchalik GATT doirasida ba'zi bir boshqa shartnomalar imzolangan.
Litsenziyalash— mutasaddi davlat organlari tomonidan tashqi iqtisodiy fao- liyatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan tovarlarni muayyan vaqt ichida ma'lum bir miqdorda eksport yoki import qilishga ruxsat berish. Litsen­ziyalash kvotalash jarayonining tarkibiy qismi bo'lib, tashqi savdoni davlat tomoni­dan tartibga solish shakli hisoblanadi.
Jahon amaliyotida litsenziyalar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi.
Bir marotabalik litsenziya. Davlat tomonidan biron-bir firmaga bitta tash­qi savdo shartnomasini amalga oshirish uchun bir yilgacha muddatda tovarni olib kirish yoki olib chiqish to'g'risidagi yozma ruxsatnoma.
Bosh litsenziya— bir yil mobaynida cheklanmagan hajmda tovarni import yoki eksport qilish uchun beriladigan ruxsatnoma.
Global litsenziya ma'lum vaqt ichida dunyoning xohlagan mamlakatiga chek- lanmagan miqdorda yoki qiymatda tovarni olib kirish yoki olib chiqib ketish to'g'- risidagi yozma ruxsatnoma.
Avtomatik litsenziya eksportyor yoki importyor buyurtmasiga muvofiq davlat tomonidan darhol beriladigan yozma ruxsatnoma. Litsenziyalarni taqsimlash mexanizmlari:

  • auksion;

  • konkurs asosida litsenziyalarni sotish (optimal variant). AQSh da auksionlar, odatda, videomagnitofonlar, qand, avtomobillarning importi litsenziyalarini taqsimlashda ishlatiladi;

  • «yaqqol afzallik tizimi» — davlat tomonidan ma'lum firmaga o'tgan davrda qilingan import hajmiga proporsional tarzda yoki milliy importyorlarning tala- bi tarkibiga proporsional tarzda litsenziya berish shakli. AQSh da bu litsenziya turi neftni import qilishda ishlatiladi;

  • bahodan tashqari asosda litsenziyalarni taqsimlash. Davlat tomonidan tovar- lar importi va eksportini eng samarali shaklda amalga oshiradigan firmalarga berishda ishlatiladi.

Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar o'rtasida eksport-import operatsiyalarini litsenziyalash tovar aylanmasi umumiy hajmining 5-6 %darajasiga yetadi (Fransiya kvotalash va litsenziyalash bo'yicha o'ziga xos «peshqadam» hisoblanadi).
Litsenziyalashni talab etadigan tovarlar ro'yxatiga, birinchi navbatda, eksport­ga mo'ljallangan kvotalanadigan mahsulotlar, shuningdek, ba'zi bir maxsus guruh- dagi tovarlar: strategik ahamiyatga ega tovar va resurslar, dori-darmonlar, bolalar assortimenti tovarlari va boshqalar kiradi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish