Mavzu: Yer sharida inson. Reja


Insonninggeografik qobiq unsurlariga ta`siri



Download 85,5 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi85,5 Kb.
#248847
1   2   3
Bog'liq
Yer sharida inson

Insonninggeografik qobiq unsurlariga ta`siri.

Insoniyat obzining taraqqiyot bosqichida xilma-xil yo‘ l bilan geografik qobiqqa bevosita va bilvosita ta'sir etib, uning unsurlari tabiiy holatini o'zgarishiga sabab bo`ladi. Bu o`zgarishlarni amalga oshirishda quyidagilarga alohida ahamiyat berish kerak: insonning xokjalik faoliyati tufayli tabiatga ta'sir etayotganda, masalan, cho`l o‘zlashtirilayotganda yoki biror daryoga suv ombori qurayotganda undan kelib chiqadigan salbiy va ijobiy obzgarishlarni inobatga olish kerak; inson o‘sha cho`lni o‘zlashtirganda yoki biror daryoga suv ombori qurganda uning tabiatni boshqa unsurlarga ko'rsatadigan ta’siri, o‘zaro aloqasida qanday obzgarishlar sodir boMishini (yer osti suv yuzasini o‘zgarishi, tuproq-o‘simlik qoplami holatida yuz beradigan hodisalar) ko‘zda tutish kerak. Insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta'sirini va undan kelib chiqayotgan jarayonlarning xarakteriga ko‘ra ularni quyidagilarga ajratish mumkin: Yer yuzasi va atmosferaning issiqlik me’yori (balansi)ga ta’siri, gidrosferaga ta’siri va biologik resurslarga ta’siri.

1. Yeryuzasi va atmosferaning issiqlik me'yori (balansi)ga ta'siri. Insonning ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan barcha (elektr qurilmalaridan, zavod va fabrikalardagi isitish shaxobchalaridan, transportdan va boshqalardan) issiqlik atmosferaga o'tadi va issiqlik energiyasiga aylanadi. Bu sohada elektr qurilmalarining (GES, IES, GRES, AES) salmogM katta boMib, ularning foydali ish koeffitsenti 30% , qolgan 70% i atmosferaga o'tadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha o'rta hisobda 7,5xl0Ul kkal energiya hosil qilinsa, o‘shaning 5x1016 kkal si atmosfera havosiga chiqib ketadi. Natijada kelajakda atmosferga o‘tadigan issiqlik energiyasi yanada ortib boradi va Yer sharida haroratni ko'paytirishda ishtirok etadi.

2. Insonlarning xo‘jalik faoliyati ta’sirida quruqlik yuzasida turli xil o‘zgarishlar-choMlarni o'zlashtirish, o‘rinonlarni kesish, botqoqlarni quritish. shaharlar, yo`llar qurish, har xil gidrotexnik inshootlar barpo etish va boshqalar bilan ifloslanishi kabilar sodir boMmoqda. Bular o‘z navbatida o‘sha hududlarda albedoning har xil boMishiga, binobarin Quyosh radiatsiyasi va issiqlik balansiga ta'sir etnioqda. Buni O'rta Osiyo hududida choMlarni o‘zlashtirib, uni sug‘orib, dehqonchilik qilishi oqibatida havo haroratida, bugManishda boMayotgan okzgarishlarda ko‘rish mumkin.

3. Kishilarning xo‘jalik faoliyati ta’sirida atmosfera havosi ifloslanib. tarkibida okzgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa, atmosfera havosi har xil gazlar, chang-to`zon, qurimlar va boshqalar bilan ifloslanib, uning gaz tarkibida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Atmosfera tarkibida har xil zararli moddalaming, xususan, karbonat angidrid miqdorining ortishi natijasida ≪isssiqxona samarasi≫

(≪parnik effekti≫) vujudga keldi. Bunda C 0 2 gazi Quyoshni qisqa to`lqinli nurlarini bemalol yer yuziga o‘tkazib yuboradi, aksincha, yer yuzidan koinotga tarqaladigan uzun toMqinli nurlarni ushlab qoladi, natijada sayyoramiz yuzasidagi havoni o‘rtacha harorati ortib boradi. Rus olimi M.I.Budiko va Amerikalik olimlarning fikriga ko'ra antropogen omillar talsirida atmosferaning ifloslanishi va uning tarkibida karbonat angidrid miqdorining ortib borishi oqibatida yer yuzasi havosining o‘rtacha harorati 1,5-2°C koMarilgan (isigan). Agar atmosferaning ifloslanishi davom etib, uni oldi olinmasa amerikalik

olimlarning bashoratiga ko‘ra yana 50 yildan so‘ng yer yuzi harorati 3°-4,5°C isishi mumkin. 380 Atmosferaning ifloslanishi va kimyoviy gazlarning me’yordan oshib ketishi oqibatida Quyoshning ultrabinafsha nurlarini ushlab qoluvchi ozon qatlamini yemirib. ultrabinafsha nurlarni yer yuziga

ko'proq tushishiga sabab boMadi. Natijada insonlarda teri rakini

ko'paytiradi, okean organizmiga salbiy ta’sir etadi, ekinlar hosiIdorligi

keskin kamayadi. Yer yuzida, xususan sanoatlashgan hududlarda atmosferaning

antropogen ta'sirda ifloslanib, tarkibida aerozollar (hozir yiliga

atmosferaga 1 mlrd. t har xil qurum, chang-tokzon, tutun va har xil gazlar

chiqarilmoqda) ko'payib, ular kondensatsiya yadrosi vazifasini oMashi

tufayli bulutlar, xususan, zaharli bulut (smog)lar ko'proq vujudga

kelib yogMn miqdoriga, kislotali yogMnlarni vujudga kelishiga sabab

bo`ladi.


5. Geografik qobiq, xususan, okean suvlarining antropogen ifloslanishi Quyoshning issiqlik balansiga salbiy ta‘sir etadi. Okean suvi yuzasida neft mahsulotlari tufayli yupqa parda (plyonka) hosil boMishi bugManishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. MaMumotlarga ko'ra, ocean issiqlikning yarmiga yaqinini bugManish orqali atmosferaga chiqaradi. Lekin okean yuzasida hosil boMgan neft pardasi bugManishni ikki baravar kamaytirib, suv yuzasidagi haroratning ko'tarilishiga sabab boMadi, bu esa o'z navbatida sayyoramiz haroratining okzgarishiga ta‘sir etadi.

Gidrosferaga, xususan, quruqlik suvlariga ta ’siri. Atmosferaning ifloslanishi oqibatida sodir boMadigan salbiy o‘zgarishlar o‘z navbatida gidrosferaga ham ta’sir etadi. Chunki atmosferaning (chang-to'zon, qurum, kul, tutun. gazlar va boshqa qattiq zarrachalar bilan) ifloslanishi oqibatida vujudga kelgan har xil kislotali, ifloslangan yogMnlar okeanga va daryo havzasiga tushib. daryo suviga qo‘shiladi. Natijada suv aylanasi-bug*-yogMn-suv-bug‘-yogMn shaklida daryolarni, koMlarni, yer osti suvlarini tokyintiradi. Insonning suv havzalariga ta‘siri natijasida ular tabiiy rejimida sodir boMadigan o‘zgarishlar sababini М.I.Lvovich ma’lumoti bo'yicha quyidagilarga ajratish mumkin:

- daryolarning suv yig‘adigan havzasidagi o‘simliklardan notokg‘ri

foydalanish orqali ularning maydonini qisqarishi daryo oqimi rejimiga

ta'sir etishi;

- qo‘riq va bo‘z yerlarni o'zlashtirib, ilg‘or agrotexnika, meliorativ tartiblarni qoMlab tuproqda suv rejimini boshqarish;

- ug'orishda, sanoatda, maishiy-kommunal xo‘jalikda hamda

qurg'oqchil hududlarni suv bilan ta'ininlash";

- daryo suv rejimini tartibga solish uchun suv omborlarini qurib

qishgi. bahorgi suvlarni to'plab, ularni kerakli vaqtda oqizish;

- urbanizatsiya (shaharlarni kengayishi) sababli yerlarni tekislash,

pasqam yerlarni toMdirish, jinslarni ag‘darish, o'simliklarni yo‘q qilish

natijasida yer usti va yer osti suv rejimini o'zgarishi;

- sanoat, maishiy-kommunal xo'jalik va qishloq xo'jaligidan chiqqan

oqava suvlarni daryo, ko‘l, suv omborlariga tashlab, ularni ifloslab. yaroqsiz holatga keltirish.

Yuqorida ko‘rsatilgan gidrostera suv balansiga ta’sir etuvchi va

eng ko'p suv iste’mol qiluvchi soha-yerlarni sug‘orishdir. Sug'orishga olingan suv deyarlik sarflandi, aksincha, sanoat va maishiy-kommunal xo'jalikka sarflangan suvning bir qismi ifloslangan oqava suv sifatida qaytariladi va tabiiy havzalarga (daryolarga, kollarga) qo‘shiladi. Dunyo bo'yicha yerlarni sug'orish uchun yiliga daryolardan va yer ostidan 2600 km3 atrofida suv oladi. Ana shuning 17 % (470 km3) qaytarma (zovur suvlarga) suvga aylanadi, qolgan 83 % (2330 km3) esa

butunlay sarflanadi. K.S.Losev ma’lumotiga ko'ra, jahonda sanoat va maishiy-kommunal xo'jalik ehtiyoji uchun yiliga 900 km3 atrofida chuchuk suv

olinib, uning 700 km3 tozalanmasdan yoki chala tozalangan holda tabiiy suv havzalariga tashlansa, qolgan 200 km3 butunlay sarflanadi. Shunday qilib, Yer sharida qishloq xo'jalik, sanoat, maishiy xo'jalik iste’moli uchun yiliga 3900 km3 atrofida chuchuk suv ishlatilib, uning 1220 km3 tozalanmasdan, daryolarga tashlash oqibatida 1100 km3 chuchuk daryo suvini ifloslaydi. Bu dunyo daryolari oqimning 32 % i demakdir. Bundan ko'rinib turibdiki, Yer sharida chuchuk

suvning yetishmaslik havfi uning sug'orishda, sanoatda, maishiy xo'jalikda foydalanib, bir qismini butunlay sarflanib ketishida emas, balki o‘sha xalq xo‘jalikda foydalangan suvning bir qismini oqavaifloslangan chiqindi suvlarga aylanib, yana daryolarga qo"shilishidan ifloslanishidadir.

Insonning biologik resurslarga ta ’siri. Biologik resurslar insonning

xo‘jalik faoliyati ta'sirida tez o'zgaradigan geografik qobiq

unsuridir. Yer sharida biologik resurslardan oqilona foydalanmaslik

oqibatida o'rmonlar maydonining qisqarishi o‘z navbatida mikroiqlimning

o‘zgarishiga, namlikni kamayishiga, tuproq eroziyasini tezla-

shishiga. hayvonlar yashashiga ta’sir etadi, natijada modda va energiya almashinuviga salbiy ta’sir etadi, tabiiy muvozanat buzilib biotsenozda o‘zgarishlar yuz berdi. Biosenozlarda uning bir unsurini buzilishi okz navbatida boshqa unsuriga ta'sir etib, o'zaro aloqa zanjirining buzi 1 ishiga olib keladi:

choMlarda mollarning surunkasiga bir hududda boqish natijasida

o'simliklar payhon qilinmoqda. Oqibatida qum ko'chib, barxanlar vujudga kelib, qayta cho‘ llanish sodir boMadi, yoki Xitoyda bug‘doyzorlarning xosiliga ta‘sir etuvchi chumchuqlarni yo‘q qilinishi natijasida har xil hasharotlar ko’payib



Xulosa:Yer sharida inson deganda avvalo dunyo aholisini tushunish mumkin. Yer yuzi aholisi asosan 3 xil irqga mansub. Bular :yevropoid,mongoloid,negroid Yer yuzasi aholisi atmosfera va gidrosferaga jiddiy shikast yetkazmoqda. Insonlar atmosferaga zararli gazlarni chiqarib ziyon yetkazmoqda Gidrosferaga maishiy va sanoat chiqindilarini dengiz va okeanlarga to`kmoqda va ocean tubi flora va faunasiga jiddiy zaar yetkazmoqda.Inson atmosferaga zaharli gazlarni chiqarishi natijasida ozon pardasi yemirilib ba`zi joylarda o`yiqlar hosil bo`lmoqda va buning natijasida yer yuzida havo isib ketishi yuzaga kelib qutb muzliklari erimoqda .Bu muzliklarning erishi natijasida ocean sathi ko`tarilib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Baratov P., Soatov A. ≪Umumiy tabiiy geografiya≫.

Т: ≪0‘qituvchi≫, (2002)


2. Vaxobov X. va boshqalar Umumiy Yer bilimi. Т: Bilim, 2005.
3.Polovinkin A.A. Umumiy tabiiy geografiya. Т.: 0‘qituvchi, 1952.
4.Shubayev L.P. Umumiy Yer bilimi. Т.: 0‘qituvchi, 1975.
Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish