Аmaliy mashg’ulot – 1 Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish tarixi bilan tanishish



Download 19,26 Kb.
bet1/2
Sana09.12.2021
Hajmi19,26 Kb.
#190266
  1   2
Bog'liq
Аmaliy mashg -1


Аmaliy mashg’ulot – 1
Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish tarixi bilan tanishish



  1. Ishdan maqsad :Talabalarni tabiatni muhofaza qilish tarixi bilan tanishtirish.

2. Nazariy ma’lumotlar:

Yuqoridagi muammo va omillar tufayli ohirgi 40-50 yil mobaynida qator ekologik muammolar kelib chiqdi va ular globallashdi. Natijada butun biosferamiz miqyosida atrof-muhit ifloslandi, tabiiy resurslar tanazulga uchradi. Tabiiy resurslarning qazib olinishi va ularni beqiyos miqyosda ishlatilishi atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Oxir oqibat tabiat krizisi yuzaga keldi. Tez fursat ichida tabiat krizisini oldi olinmasa u ekologik xalokatga olib keladi. Miqyosi va xatarligi jixatidan bu xalokat yadro kurash urushi xalokatidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va muammoga umumbashariy tus beradi. (“Kak spasti zemlb, 1983”)

Natijada biosferamizga zarar etkazilmoqda, uning ayrim bolyliklarini tugab qolishi insoniyat uchun xavf bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa kapitalizm sharoitida xamma narsa foydani ko‘zlab xarakat qilinadi, o‘ylab uzoq yillik samarali planlashtirish va rejalashtirishga amal qilinmayotir. Tabiiy resurslar va ularning tiklanishi jarayonlari qonuniyatlariga amal qilmaslik yomon oqibatlarga olib kelmoqda. Jaxon xam jamiyat ushbu noxush xolatlarni tushunib etdi va ularning oldini olish borasida sayin xarakatlarini olib borishmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasining 1982 yilda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilishning umumjaxon partiyasini” qabul qildilar. Unga asosan butun dunyo mamlakatlari planetamiz va uning boyliklaridan foydalanish va ularni saqlab qolishga ma’sul deb xisoblanadilar. Ushbu muhim xalqaro xujjatga asosan barcha tabiat va uni boyliklarini muhofaza qilishga ma’sul. Ushbu strategiya bo‘yicha butun jamiyat va tabiat orasida murakkab va doimiy munosabatlarni bir-birlariga moslashuvlarini va oydinlashtirish, optimallashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Tabiatga ziyon etkazmasligi bilan birga, uning boyliklaridan odilona foydalanish talab etiladi. YA’ni six ham kabob ham ko‘ymasligi kerak. Bu maqsadlar uchun ularni xuquqiy asoslari ishlab chiqilishi lozim, bu borada qonunlar ishlab chiqilishi va ularni mukammlashtirib borish nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida barcha xujjatlarga o‘z vaqtida imzo chekdi va tabiatni qilish muammosi davlat siyosati miqyosida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish” bo‘yicha qator qonunlari e’lon qilindi.


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1997 y.

  2. O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish 1997 y

  3. O‘zbekiston Respublikasida “Atmosfera havosini muhofaza qilish”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish” to‘g‘risida va boshqa qator qonunlar qabul qilingan.

YUqoridagi va boshqa qonunlar bo‘yicha O‘zbekistonning barcha fuqorolari tabiat va uning boyliklaridan samarali foydalanishlari va ularni muhofaza qilishga ma’suldirlar, bu to‘g‘risidagi qonunlari buzishda ayblangan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Islom dini nuqtai – nazaridan ham tabiat va uni boyliklaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish ma’suliyati. Hamma yuklatilgapn. Qur’oni karimda aytilishicha inson o‘zining barcha amallariga majburdir.

Bu borada turkiy xalqlarning muhim tarixiy-adabiy yodgorligi hisoblangan. “Avesto” da tabiat va inson-munosabatlari atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat va jamiyatdagi pokizalik, havo, suv va erni toza saqlash masalalariga juda ko‘p qiziqarli va ibratli faktlarga duch kelamiz. Unda bayon qilinishicha erni xuddi qizni sevgandek sevmoq, unga yaxshi urug‘lar sepmoq, uni mo‘l-ko‘l hosil beruvchi oniga aylantirmoq kerak. Unda aytilishicha, inson va uning avlodlari ularni rizq-ro‘z va boshpana beruvchi tabiatdan abadul-abad qarzdordirlar.

“Avesto”da aytilishicha ko‘cha eshigi yoniga ahlat to‘plab qo‘ygan uy egasiga jamoat oqsoqoli xukm bilan 75 qamchi, hovuz yoki cheshmadan nopok ko‘za yoki chelakda suv olchin kimsaga 5 qamchi urilgan. Suv va anhor bo‘ylarida mol boqishlik, boylashmaslik zarurligi yoziladi. (Homidov, Murodov, 2008)

Demak ushbu fan, ya’ni “Tabiatdan foydalanishning asosiy muammolari” uning nomidan ham ma’lum bo‘lib turganidek, tabiatdan foydalanishning asosiy muammolarini o‘rganadi. Bu muamolarning asosi shundan iboratki inson o‘z faoliyati va hayoti bilan tabiat bilan chambarchas bog‘langan. Tabiat inson uchun yashash maskani, uning moddiy va ma’naviy makoni bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Tabiiy nafaqat inson uchun va barcha tirik mavjudotlar uchun xam klarning yashash makoni. Ularning barchasini tabiat moddiy va ma’naviy asosi.

Demak Tabiatdan foydalanishning asosiy muammosi tabiatdagi mavjud qonuniyatlarga to‘liq ravishda rioya qilishdir.

Ekologiya fanining asoschilaridan biri, ushbu fanni mustaqil fan ekanligini asoslangan va isbotlagan mashhur nemis ekologi E. Gekkel (1866) shunday degan edi. Agar biz tabiat bilan birga ittifoq tuzmoqchi bo‘lsak, biz uning shartlarini to‘liq bajarishimiz kerak degan edi. Xalq orasida shunday ibora bor: ya’ni biz o‘zimizning senlab, tabiatni sizlashimiz kerak.

Tabiat va uning barcha boyliklaridan odilona foydalanish va shuning bilan birga tabiatga ziyon entkazmasligimiz zarur. YUqoridagi aytilgan barcha narsalar shu fanning predmetini tashkil qiladi. Demak ushbu fan tabiat va undan masarali foydalanish va uni muhofaza qilish masalalarini o‘rganadi. Bu ushbu fanning maqsadini tashkil qiladi.Ushbu maqsadga erish uchun qator vazifalarni bajarish talab etiladi.

Bu vazifalar ko‘yidagilar:

-tabiat uni tarkibi, tuzilishi va funksiyasini o‘rganish,

-tabiatning ekologik muhit ekanligi o‘rganish,

-tabiatning barcha tirik mavjudotlar uchun ma’anaviy va moddiy manba ekinligini o‘rganish,

-tabiat boyliklarini, ularni tiklanish qonuniyatlarini o‘rganish,

-tabiatga ta’sir qilayotgan antropogen va boshqa omillarni salbiy ta’siri o‘rganish va ularni oldini olish,

-tabiiy resurslarni atroflicha o‘rganish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza etishni o‘rganish.

-Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy va murakkab munosabatlarni o‘rganish, ularni bir-birlariga moslashtirish, optimallashtirish,

-Tabiat va uning boyliklari insoniyat uchun bitmas-tugunmas manba, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish barchaning burchi,

-Tabiatdan foydalanish uchun bilim va ekologik madaniyat masalalarini shakllantirish masalalari,

-Tabiat uning boyliklaridan foydalanish, ularni boyitishning samarali usullarini topish,

-Tabiat va undan foydalanishning xuquqiy asoslarini ishlab chiqish va murakkammlashtirish,

-Tabiatdan rekreatsion foydalanishni kuchaytirish va uni mukammallashtirish,

-Tabiatdan foydalanishning asosiy muammolari fani, atrof muhitni ifloslanishi, tabiat krizisini kelib chiqishi, ya’ni bunday 25-30 yillar ilgari, o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab yuzaga kela boshlagan, shakllana boshlagan.

Ushbu fanni hozirgi vaqtdagi ahamiyati katta, u tabiat va uning boyliklaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari bo‘lib hisoblanadi. Ushbu fanni barcha ekologlar bilishlari o‘zlashtirib olishlari zarur.

Boshqa fanlar kabi ushbu fan ham qator boshqa fanlar bilan aloqador va ularni uslublari va materiallaridan foydalanadi, ularga asoslanadi. Albatta boshqa fanlar kabi bu fan ham ko‘pchilik fanlar bilan yaqin aloqa va hamkorlikda shakllangan va rivojlangan. Bu fanlar quyidagilar: umumiy ekologiya agroekologiya, gidroekologiya, o‘simlik va hayvonlar ekologiyasi, geoekologiya, botanika, geografiya, zoologiya, tuproqshunoslik, mikrobiologiya va boshqalar




Download 19,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish