Musiqasi
F. milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-a.larda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-a.dagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87 y.lar "Grand opera" teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-a.dan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-a.ning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-a. oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini ("Dezertir", 1769), A.E. M. Gretri ("Lyusil", 1769) kiradi. Komik operalar "Opera komik" teatri (1715 y. SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 y.dan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792 y. J. Ruje de Lil tomonidan "Marselyeza" yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793 y. Parijda Milliy musika in-ti (1795 y.dan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-a. boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. 12Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-a. 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi ("Karmen", 1874). 19-a. 80-y.larida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-a. 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-a. oxiri — 20-a. boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. F.da shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-a. musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-jahon urushidan soʻng F. musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi ("Oltilik" kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va b.). 2-jahon urushidan soʻng F. musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-y.lardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va b.). 20a. fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long , R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va b. Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg , Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi.13 Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, "Sxola kantorum" (1894 y. asos solingan), "Ekol normal de myuzik" (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, F. Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jur.lari chop etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |