4. Soyaning tarixi
Soya juda qadimgi ekin turi bo‘lib xisoblanadi. Soyaning shakl va turlarining xilma xilligini olimlar o‘rganishib, ular asosan uchta markazda shakllangan deb xisoblaganlar,ular Janubiy-SHarkiy Osiyo, Avstraliya va SHarkiy Afrika. Lekin ko‘pchilik olimlar Xitoy markaziga buriladi. O‘simliklarning kelib chiqishi-Xitoy, Koreya, Xindiston, YAponiya.(1) Xozirgi paytda juda ko‘p mamlakatlarda eqiladi. Ekin maydonlari kengaymoqda, xosildorlik yildan yilga oshib bormoqda.
FAO ma’lumotlariga ko‘ra 2000 yil soya 73,6 mln.ga maydonga eqildi,
o‘rtacha don xosildorligi jaxonda-22,1 ts/ga. O‘zbekistonda oxirgi yillar bu ekinni o‘rganishda jiddiy e’tibor berilmoqda, ekish va parvarishlash texnologiyasiga, undan tashqari soyani takroriy ekin sifatida ekish uchun xujjatlar kabo‘l qilingan.
Sistematikasi. Soya Fabaceae oil shapalogi asiga, Papilionoidae, kenja
oilasiga ,Glycine L.,avlodiga qaysikim o‘ziga 40 turni birlashtirib juda ko‘pchiligi
Afrikada uchraydi.Enken bo‘yicha soyaning 5 ta geografik-ekologik kenja tullari mavjud.-Ssp.gracilis Enk –yarim madaniy kenja tur.-Ssp.indica Enk. –Xindiston kenja turi va u yerda uchraydi.-Ssp.chinensis Enk.
Bir fazodan ikkinchi davrga ya’ni vegetativ davrdan reprodo‘qtiv davrga o‘tishda aniq kun uzunligi talab qilinadi. Generativ davrga o‘tish uchun soyaga 2-6qisqa kun talab qilinadi, ba’zan ba’zi bir o‘zun kun bogliq.Gullash paytida gullash gormonining xosil bo‘lishi izlanishlarda aniqlangan,(florigen). Bu gormon bargda paydo bo‘lib, butuno‘simlik buylab xarakat qiladi.Issiqlikka talabi. Soya issiqsevar o‘simlik. Yoruglik va issiqlik uningo‘stirilishi mumkin bo‘lgan zonasini aniqlaydi.
Urugning pishganiga qadar o‘rtacha 20°issiqlik kerak. Lekin amal davrida
issiqlikka bo‘lgan talab bir xil emas. Maysalar 19-22°S xaroratda 6-7 kundan keyin
paydo bo‘ladi, 15-17°S-xaroratda esa 12 kundan keyin. Xaroratni 10°S dan 33°S
gacha kutarilganda unib chiqish davri-gullash 45 kundan 21 kungacha qisqargan.
Unib chiqish-gullash davrining davomiyligi erta muddatdan kech muddatga qarab jadal ko‘payadi.Takroriy ekinlarda unib chiqishgullash davri qisqaradi. Gul va mevalarning paydo bo‘lishi 11,5-27°S.xaroratda kechadi,lekin eng qulay va mu’tadil sharoit bu 21-23°Sva tuproqning namligi CHDNS ga nisbatan 75-
95% bo‘lib xisoblanadi.Faol xarorat yigindisi shu ekinning issiqsevar bo‘lgan munosabatini ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi. Soya uchun bu ko‘rsatkich 1700 dan 3500°S gacha bo‘lishimumkin..
Soyada transpiratsiyaning eng ko‘p koeffitsiyenti (915) maysalarning paydo
bo‘lishi va 4-chinbarg chiqarganda kuzatiladi, shoxlanish davrida-gullashda-457,
gullashning boshlanishida-do‘qkaklar xosil bo‘lishida -239, urugning shakllanishi
davrida yana -989.(1)Aniqlanishicha o‘rta rivojlangan o‘simliklar unib chiqqandan
gullash davrigacha bir sutkada 100-150 g.sarflaydi, gullashdan to urug to‘liq
shakllangunga kadar-300-350 g suv sarflaydi.Aynan shu davrda soya navlari juda
xavo va tuproq qurgoqchiligiga ta’sirchan bo‘ladi.
Oziq elementlariga talabi. Yuqori ko‘k massa xosili va don xosili yaratishi
uchun soyani ma’dan oziqalar bilan ta’minlash kerak. L.V.Gubanov va boshqalar
(1986) ma’lumotlariga ko‘ra 1,8 tonna soya doni xosilining shakllanishi uchun va
1,6 tonna somon uchun 1 ga 150-160 kg azot, 60-65 kg R2O5,110-120 kg K2O va
120-140 kg kaltsiy sarflanadi. 1tonna urug xosil qilish uchun esa 80-90 kg azot,
R2O5 -36-40, K2O-60-65 va kaltsiy-70-80 kg sarflanadi. Unib chiqqandan to gullashgacha o‘simliklar azotning 15%, fosforning 15% va kaliyning 25 % ni butun amal davrida beriladigan miqdorga nisbatan is’temol qiladi. Bu unsurlarning asosiy qismini o‘simliklar gullash davrigacha, dukkaklar xosil bo‘lguncha va urugning to‘lishishigacha o‘zlashtiradi.(azot va fosfor 80%,kaliy 50%)). TOSHdau o‘simlikshunoslik kafedrasining tajribalaridan aniqlanishicha 1 ts.don xosili va shunga mos kushimcha maxsulotidan soya tuproqdan 6,9-8 kg azot, 0,8-1,3 kg fosfor, 3,1-3,9 kg kaliy olib chiqib ketadi.(1,3) Tuproqka talabi. Soya tuproqka talabchan emas, tuproq reaktsiyasi rN 5-8 gacha bo‘lgan tuproqda o‘sadi va rivojlanadi. Tuproq reaktsiya rN 6,5 qulay xisoblanadi. Soya tuproqning xaydov qatlamii unchalik chuqur bo‘lmaganda xosil beradi.juda kam va botkoqli joylarni yoktirmaydi. Soya tuproq aeratsiyasiga juda talabchan. Soyaning o‘sish va rivojlanishiga kapillyar govakli 20-22% dan kam bo‘lmagan xolatda yaxshi sharoit tugiladi. Umumiysi 52% atrofida. Tuproqning kritik aeratsiyasi 9%. Rizobium tuganak bakteriyalar aerob, shuning uchun yaxshi aeratsiya qilingan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Zichlangan va ko‘proq namlangan tuproqlarda tuganak bakteriyalar rivojlanmaydi.
Soyaning o‘sishi va rivojlanishi.
Kurtak ildizcha ururgning qobigini yoradi va undan ildiz rivojlanadi.
Ildizchaning o‘zunlashishi bilan unda yon ildizlar va ildiz to‘qlari xosil bo‘la
boshlaydi. Ildiz to‘qchalarning o‘lchamlari juda kichik va o‘sish no‘qtasida xosil
bo‘ladi. Ildizning o‘sishi urug xosil bo‘lishning boshlanishiga kadar davom etadi.
Birinchi bo‘ginaklar unib chiqqandan keyin 7-10 kundan keyin paydo bo‘ladi, 2
xaftadan keyin ular o‘simliklarning azotga bo‘lgan talabini kondirish qobiliyatiga
ega. Urug palla va epikotil tuproqning yuzasigacha chiqadi. Tuproqning yuzasida
avval gipoqotil keyin urug palla paydo bo‘ladi. Kuyosh nurining ta’sirida ularda
xlorofil xosil bo‘ladi va ular yashil rangga buyaladi. Birinchi uchtalik chinbarg
ochila boshlaydi, bunda epikotil tuproq yuzasiga chiqadi. Avvaliga oddiy chinbarg
xosil bo‘ladi, keyin uchtalik.
Unib chiqqandan to gullashgacha bo‘lgan davrining davomiyligi 30-70 kun, u
foto davr va xaroratga bogliq. Gullash boshlangandan soya tezda o‘sa boshlaydi,
o‘sishning tezligi uni parvarishlashga va navning xususiyatlariga bogliq.
Olimlar soya navlarini ikki guruxga bo‘lgan: indeterminant va determinant.
Indeterminant navlarda o‘simlikning bo‘yi gullash boshlangandan keyin 2-4
marta ko‘payadi. Gullari avvaliga 4-5 bo‘ginlarda paydo bo‘ladi, keyin esa
yuqorigilari. Birinchi gullar paydo bo‘lgandan keyin o‘simlikda ko‘p bo‘ginlar va
barglar xosil bo‘ladi. Determinant navlarning gullash boshlangandan keyin
o‘simlik buylari kam o‘zgaradi. Birinchi gullar 8-10 bo‘ginlarda paydo
bo‘ladi va gullash yuqoriga va pastga tarqaladi. Birinchi gullar paydo bo‘lganda
Soya o‘z-o‘zini changlantiruvchi o‘simlik, shuning uchun tabiiy duragaylar
0,5-1 % dan oshmaydi. Gullash davri o‘zoq davom etadi -15-55 kun va bu davrda
soya juda noqulay sharoitlarga boshqa ekinlarga nisbatan chidamli.
6. Soyaning asosiy selektsiya yo‘nalishlari
Soya ekini selektsiyasining asosiy vazifalari:
-yuqori hosilli;
-tezpishar;
-yotib kolishga, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli;
-urug‘ining tarkibida moy va oksil moddasi ko‘p saqlaydigan navlarni yaratish.
Soya ekinining hosildorligi quyidagi ko‘rsatgichlar bilan ta’minlanadi:
- maydon birligidagi o‘simliklar soni,
- Bir o‘simlikda dukkaklar soni,
- Bir dukkakda donlar soni,
- 1000 dona donining vazni.
Do'stlaringiz bilan baham: |