Hozirgi kundagi axborot texnologiyalarining turlari
Saqlovchi
Jamiyatni axborotlashtirish davlat uchun qimmatga tushadi. Lekin u, kompyuter dasturi qimmatga yaratilib, keyin undan foydalanish ommalashtirilgandan song arzonlashadi.
Jamiyatni axborotlashtirish:
mehnat texnologiyalarini, ishlab chiqarish vositalarini avtomatlashtirish;
ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish;
aholiga xizmat korsatishni avtomatlashtirish;
tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish;
talimni va kadrlar tayyorlashni axborotlashtirish kabi sohalarini oz ichiga oladi.
Talimda yangi axborot texnologiyalaridan fanlarni oqitish va oquvchilar egallagan bilimlarini nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Axborot texnologiyalari vositalarining markazida kompyuter turishi hech kimga sir emas. Hozirgi kunda kompyuterlardan talim tizimida asosan tort yonalishda:
organish obekti sifatida;
oqitishning texnik vositalari sifatida;
talimni boshqarishda;
ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.
Oquv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan tort tartibda: passiv qollash kompyuter oddiy hisoblagich kabi; reaktiv muloqot kompyuter imtihon oluvchi sifatida; faol muloqot kompyuter talabaga yol-yoriq berish va imtihon qilishda; interfaol muloqot kompyuter suniy aql sifatida, yani talaba bilan muloqot qilishda foydalaniladi.
Talimni avtomatlashtirish:
talimda axborotlashtirish boginlarini taminlash;
bilim berishni avtomatlashtirish;
talimni avtomatlashtirishning meyoriy asoslarini yaratish;
telekommunikasiya tarmoqlarini joriy qilish;
taminot ashyolarini yaratish kabilarni qamrab oladi.
Talimni avtomatlashtirish uchun: kompyuter, modem, dasturiy taminot, matn konstruktorlari, modellar, axborotlar majmui va texnik konikmalar trenajerlari zarur.
Bugun Ozbekistonning umumiy orta talim maktablarida 1431 ta (2009 y/h.) kompyuter sinflari bolib, maktablarning 148 tasi Internetga ulangan. Respublika oliy oquv yurtlarida 16000 ga yaqin shaxsiy kompyuterlar mavjud bolib, bu esa 1 ta kompyuterga 14 nafar talaba togri kelishini bildiradi. Ushbu malumotlar asosida shuni aytish lozimki, mamlakatimiz talim tizimida Internet global tarmogiga ulanish va undan talim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar yaratilmoqda. Shuni takidlash kerakki, oliy talim muassasalari ichida Guliston Davlat universiteti kompyuterlar bilan eng yaxshi jihozlangan talim muassasasi hisoblanadi. Ushbu universitetda 4-5 nafar talabaga bitta kompyuter togri keladi. Respublikada 675000 kompyuter Internetga ulangan bolib, undan hozirgi kunda 3,2 milliondan ortiq kishi foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |