Ko‘ndalang-targ‘il muskullar, asosan, skelet muskullaridir, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul – muskul tolalarining yig‘indisidan tuzilgan bo‘lib, bu tolalar biriktiruvchi to‘qima yordamida o‘zaro birlashgan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan. Har qanday muskulning boshlanish qismi – boshi va birikish qismi – dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat bajariladi. - Ko‘ndalang-targ‘il muskullar, asosan, skelet muskullaridir, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul – muskul tolalarining yig‘indisidan tuzilgan bo‘lib, bu tolalar biriktiruvchi to‘qima yordamida o‘zaro birlashgan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan. Har qanday muskulning boshlanish qismi – boshi va birikish qismi – dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat bajariladi.
Muskullar tuzilishiga ko‘ra turlari Yurak muskuli Muskul tolalarining yo‘nalishiga ko‘ra muskullar duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni yoki muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin. Fassiya bilan paylar (bog‘lag‘ichlar) orasida harakatni yengillashtiradigan sinoviy suyuqligi bor. Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo‘lishi mumkin. - Muskul tolalarining yo‘nalishiga ko‘ra muskullar duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni yoki muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin. Fassiya bilan paylar (bog‘lag‘ichlar) orasida harakatni yengillashtiradigan sinoviy suyuqligi bor. Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |