Mavzu: Mahoratli kurashchilarning texnik harakatlarini tezlikda amalga oshirish


Texnik-taktik harakatlarni amalga oshirish



Download 61,73 Kb.
bet3/7
Sana01.07.2022
Hajmi61,73 Kb.
#722685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mahoratli kurashchilarning texnik harakatlarini tezlikda amalga (1)

1.2. Texnik-taktik harakatlarni amalga oshirish
Yildan-yilga kurashning texnikasi va taktikasi yangi samarali usullar bilan boyib, rivojlanib, o’rgatish metodikasimukammallashtirishinitalabetmoqda. Xozirgi kunda musobaqa qoidalari va o’quv-mashg’ulot ishlari takomillashdi, jismoniy tarbiya kollektivlarining sektsiyalari uchun metodik qo’llanmalar bosmadan chiqmoqda. Ammo o’rgatish metodikasi va ko’pgina metodlarni tanlashdagi samarali usullarni qo’llashda xali ko’pchilikning bu fikrga qo’shilmayotganligi tufayli, bu masala ravshan bo’lganicha yo’q. O’quv mashgulotlarida texnik xolatlarning taktikasini o’rgatishga ham materiallar ham e’tibor berayotgani yo’q. Buningsababi – birinchidan, o’rgatish metodikasining kerakligicha yoritilmaganligi va taktik o’rgatish kuchlariga sportchilar va murabbiylarning ishonchsizligi (KuptsovA.P).
Kurashi sohasidagi mutaxassislarning fikricha, xozirgi kungacha kurashchining texnik-taktik tayyorgarligi yechilmagan bo’lib qolmoqda. Bunga misol, xozirgi kunda kurashchilar texnik-taktik vositalardagi ko’pgina diapazonlardan mukammal foydalana olmasligidir. Buning sababini o’smirlarga berib borilayotgan mashqlarda ko’rish mumkin. Ya’ni, ayrim elementlarning juda ohistalik bilan berib borilishi qiyin elementlarni o’rgatish vaqti bir necha yilga cho’zilib ketmoqda.
Uslubni ijobiy tomoni shundaki, harakat texnikasi to’laligi chaegallanadi, uning barcha qismlari o’zaro bog’liq holda o’rganiladi, harakat tarkibi, uning ritmiga zarar yetmaydi.
Birinchidan, o’rganilayotgan mashqni to’lalig’icha bajarilganda murabbiy sportchi yo’l qo’yayotgan xatolarning barchasiga e’tibor berolmay qoladi. Shuning uchun murabbiy asosiy ko’zga ko’ringan xatolarga e’tibor berib texnikadagi ayrim kelishmovchiliklarni ko’rmay qolishi mumkin, ularni tuzatishga e’tibor bermasligi mumkin.
Ikkinchidan, harakat faoliyatini to’laligicha takrorlayverish ayniqsa o’rganishning boshida sportchini tez charchashiga sabab bo’lishi mumkin.
Bu uslub odatda texnik jihatdan murakkab bo’lmagan yoki qismlarga bo’lganda texnikani qo’polravishda buzilishiga olib keluvchi mashqlardan foydalaniladi.
Yaxlitligicha o’rgatish metodi harakatni mustahkamlash va takomillashtirishda ayniqsa yaxshi samara beradi.
Yaxlitligicha bajarish uslubidan quyidagi ko’rinishlarda foydalaniladi.
a) harakatlar qismlarini sekin-asta ishlab borib qayta bajarish;
b) texnika qismlarga ishlov berish bilan bajarish;
v) ko’nikmani mustahkamlash maqsadida bajarish;
g) o’sib boruvchi kuchlanish yoki tezlik bilan bajarish (harakat tezligiga qarshilik, uni oshirish);
d) tashqimuhit (zal, maydon, tomoshabinlar, raqiblarvah.k.) o’zgargan sharoitda bajarish;
e)tananing turli xatolari bajarish.
Kurashchilarda harakatlarni faollashtirishga qaratilgan psixologik yo’nalishni tarbiyalash zarur. Bu ish hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatni yuzaga keltirish hamda bu vaziyatdan ustunlikka va g’alabaga erishish uchun foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Kurash davomida yuzaga keladigan qulay dinamik vaziyatlarni bilish va texnik harakatlarni hamda hujumlarni o’z vaqtida bajarishga tayyor turish psixologikyo’nalishningfaqatbirtomoniniaksettiradi, xolos. Yuqori malakali zamonaviy kurashchini tarbiyalash uchun qulay dinamik vaziyatni tayyorlashga va undan foydalanishga psixologik yo’naltirish yaxshi jismoniy hamda texnik tayyorgarlikka tayanish lozim, ya’ni kurashchi butun kurash mobaynida to’xtovsiz faol harakatlarga tayyorturishi zarur.
Sportchining oldinda turgan kurashni yuqori darajada emotsional kayfiyatda, raqibining kuchli va zaif tomonlarini hisobga olgan holda to’g’ri hamda o’z vaqtida ruhlana olish qobiliyati g’alaba qozonish uchun katta ahamiyatga ega. Katta ko’tarinki ruh yordamidagina kuchni maksimal ravishda rivojlantirish mumkin.
Sport musobaqalaridagi kuchayib borayotgan raqobatlashish sportchilarning nafaqat jismoniy va texnik tayyorgarligiga, balki mas’uliyatli musobaqalar sharoitlarida o’zlarining emotsional holatini boshqara olishiga ham katta talablar qo’yadi.
Chempionatdagi keskin vaziyat salbiy hayajonlar, musobaqa davomida vujudga keladigan ko’pgina ob’ektiv va sub’ektiv to’siqlar ba’ziy kurashchilar uchun texnik-taktik mahoratni muhim darajada pasaytiruvchi kuchli omilga aylanishi mumkin.
Texnik-taktik mahoratni takomillashtirish psixologik tayyorgarlik bilan ajralmasdir. Kurashchining taktik harakati ishonchliligi uning emotsional qobig’i va bilish jarayonlarida rejasi bilan ta’minlanadi. Texnik-taktik harakatlarga o’rgatish taktik fikrlash, koordinatsiya, tezkorlik, propriotseptiv sezuvchanlikni rivojlantiradi.
Birinchi tip - hatti-harakatning qat’iy dasturi bo’yicha harakatlar: bunda sportchi o’z raqibini muayyan bir usulni bajarayotgan vaqtida “qo’lga tushirish”ni oldindan mo’ljallab qo’yadi. Buning uchun xuddi o’sha paytning kelishini poylab turadi hamda hujumga o’tish uchun tug’ilgan imkoniyatlarning boshqa variantlarini tanolmay turadi.
Ikkinchi tipdagi sportchilarda dastlabki “model” sifatida birnechta “oldindan tayyorlangan” taktik harakatlar mavjud bo’ladi. Hujumga o’tish, odatda, “yoki-yoki” tamoyiliga asosan amalga oshiriladi.
Uchinchi tipdagi sportchilarning hatti-harakatlari ancha mulohazali bo’ladi: ular hal qiluvchi yo’lni oldindan o’ylab qo’ymaydilar va yuzaga kelgan vaziyatga, raqib harakatlariga qarab ish tutadilar.
To’rtinchi tipdagi kurashchilarni raqib harakatlariga bog’lanib qolmaslik hamda uning hal etuvchi hujum harakatlari uchun tayyorlangan paytdan tanaffussiz, darhol foydalanib qolish maqsadida o’sha dinamik vaziyatni tayyorlaydigan, ya’ni hujum qilish uchun qulay vaziyatni oldindan amalga oshiradigan harakatlarga o’rgatish zarur bo’ladi (23, 39).
Asosiy vazifa – harakatni bajarish texnikasini kutilgan aniqlikka yetkazish.
Bosqichdagi ta’lim metodikasi xususiyati harakat texnikasi xususiyatlari haqidagi aniq va to’liqroq ma’lumotlar olishga qaratilganligi hisoblandi.
Shuning uchun ta’limni tashkil qilishda harakatlarni to’laligicha bajarish uslubiyatini qo’llagan ma’qul. Bu bosqichda texnikani qismlarga ajratib qo’llash uslubi, harakatning qaysidir qismini aniqroq bajarishni aniqlash lozim bo’lganda qo’llaniladi. Amalda ko’rsati shusulidan tashqari rasmlar, kino-lavha, kino gramma kabilardan ko’proq foydalanish mumkin, shuningdek og’zaki tushintirish uslubiyati ham yaxshi natija beradi. Bosqichning oxirida musobaqa usulini qo’llash maqsadga muvofiq.
Kurash texnikasi asosiy usullarining yagona tasnifi va tizimini ishlab chiqishda quyidagi vazifalar oldinga qo’yilgan:
- kurash texnik harakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning turli-tumanligi va murakabligini ochib bergan holda uning mohiyatini aks ettirib;
- sodir etilayotganlarni kurash turiga qiyoslamagan holda aks ettirish;
- kurash uchun umumiylikni aniqlashga yordam berish;
- kurash o’ziga xoshususiyatlarini saqlab qolish;
- kurash texnika tushunchalari hamda ta’riflarni tuzish;
Kurash texnikasi – kurashchining g’alabaga erishish uchun qo’llaniladigan, qoidalarda ruxsat berilgan harakatlari yig’indisidir.
Yuqorida aytib o’tilganiday, yuqori klassdagi mahoratli sportchilarni tayyorlashda, albatta, o’rgatish metodikasini mukammallashtirish zarurdir. Buning uchun esa o’rgatish metodikasining umumiy didaktik qonunlarini bilmoq lozimdir.
O’rgatish shug’ullanuvchilarga nazariy, amaliy, izchil talab va malakalarni berib borishdir. Kurashga o’rgatishning boshlang’ich metodikasi jismoniy tarbiyaning umumiy vаzifalariga bo’ysundirilgan bo’lib, u dialektik materializm, o’zbek pedagogikasi didaktik printsiplari va harakatning ko’nikma hamda malakalarini takomillashtirish asosida qo’llaniladi. O’qituvchi va murabbiylar kurash mashg’ulotini uyushtirish xamda o’tkazishda mashg’ulot rejimi va sharoiti sanitariya-gigiena talablariga javob berishini qat’iy nazorat qilishlari lozim. Shuningdek, mashg’ulotni tashkil qilish, uni o’tkazish metodikasi asosiy maqsadga yo’naltirilmog’i, u shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va shaxsiy xususiyatlari, umumjismoniy va kurashdagi tayyorgarligini hisobga olgan xolda tanlanmog’i kerak.
Yuqorida aytib o’tilganidek, kurashda sport mahoratining o’sishi texnik harakatlarning o’rgatish metodikasiga bog’liqdir. Shuning uchun sport kurashi usullariga oid ilmiy-metodik adabiyotlarda berilgan texnik-taktik o’rgatish metodikalari va ko’pgina mutaxassis olimlarning fikr-mulohazalari bilan ham tanishib chiqishimiz lozimdir. Bu bilan fikr doiramiz va sport mahoratimiz o’sib borib, kerakli maslaxatlardan sport mashg’ulotida foydalanishimiz mumkin bo’ladi.
Kurash bo’yicha ilmiy-tekshirishishlarini olib borilib, kurashish davomidagi orqaga itqitish usullarining texnikasini taxlil etilib, uni o’rgatish metodikasini ishlab chiqildi. Оrqaga itqitishni o’rgatishning boshlang’ich davrida ikki tomonga ham itqitish o’rgatib borilmog’i lozimligi aytib o’tilgan. Kuzatishlar shuni ko’rsatganki, borayotgan kurash xolatlariga qarab, itqitishning har xil usullari qo’llanilishi zarurdir.
A.A. Novikovning fikricha, bir mashg’ulot davomida ikki usuldagi burilishni qo’llab bel uzra itqitish holatini o’rgatib, olishuvning samaradorligini va bajarish sonining o’sishiga ta’sir qilish ini tushuntirmoq zarurdir. Muallifning tavsiya qilishicha, xujum singari usulni, ya’ni javob berish faoliyatining tuzilishini o’rgatgandan so’ng uchinchi mashg’ulotda himoya qilish va qarshi xujumda qo’llaniladigan usullar o’rgatilmog’i zarurdir.
A.P. Kuptsov raqibni muvozanat xolatidan toydirishning texnik-taktik faoliyatini shakllantiruvchi qonuniyatni ochishga harakat etgan. Ammo muallif o’z ishida ba’zi o’rinlarda, ya’ni ayrim usullar yaxshilab o’rgatilgach, shundagina texnik harakatlarni butunligicha o’rgatib, raqibning ma’lum himoyaga tayyorlanish harakatining qonuniyatini o’lchov mezoni deb olish haqidagi muloxazalarida ikkilanadi.
Lekin A.P. Kuptsov redaktorligidagi sport kurashida o’quv qo’llanmasida ushbu o’rgatish usuli asos etib olinadi va murakkab texnik harakatlarning ritmlarini o’zlashtirishda vaqtinchalik (kichik, o’rtancha, katta) intervallarga chidash lozimligini aytiladi. Yuqori va malakali kurashchilar musobaqasi fatoliyatining analizi esa buni rad etadi.
Boshlang’ich ixtisoslashish yillarida mashg’ulot jarayoni kurash mashg’ulotining barcha xarakteri belgilarini faqat asta-sekin egallab borishga xizmat qiladi. Dastlabki paytlarda maxsus tayyorgarlikning salmog’I nisbatan katta bo’lmaydi. Mashg’ulot nagruzkalarining xajmi va intensivligi kelajakdagiga qaraganda ancha kam sur’atda o’sib boradi. Bu, ayniqsa, bolalar va o’smirlar mashg’ulotsiga taalluqlidir, chunki ularda organizmning tabiiy ravishda o’sib borishi tufayli plastikal mashinishni hoyatda yuksalgan bo’lib, buning o’zi ham bola uchun katta funktsional yuklama hisoblanadi.
Kurashida o’rgatish va takomillashtirish programmasining tuzilishi, asosan, taktik tayyorgarlik va har xil xujum harakatlariga oid kombinatsiyalar bilan bog’liq dir, deb ilmiy tekshirish natijasida olingan materiallarda izoh berilgan.



Download 61,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish