Ikkinchi usul: - Keyingi vaqtda vakuum texnikasining rivojlanishi natijasida metallarni olishda yangi vakuum-metallurgiya yuzaga keldi.
- Bu usulda litiy oksid bilan ohak aralashmasi alyuminiy yoki ferrosilitsiy ta'sirida qaytariladi:
- 2Li2O + 2CaO + Si --> 4Li + Ca3SiO4
- Prosess naysimon vakuum pechda yuqori haroratda (950o-1000°C da) olib boriladi. Vakuum pech nayning bir uchi sirtidan suv bilan sovutib turiladi. Reaksiya vaqtida hosil bo’lgan litiy pechning sovutilib turgan joyiga yig’iladi.
Litiy erkin holatda juda yengil, hatto benzinga ham botmaydigan kumushsimon - oq metall. - Litiy erkin holatda juda yengil, hatto benzinga ham botmaydigan kumushsimon - oq metall.
- Litiy juda aktiv metall.
- U odatdagi sharoitdayoq kislorod va azot bilan birikib Li2O va Li3N hosil qiladi. Shu xossaga ko’ra undan inert gazlarni tozalashda foydalaniladi.
- Litiy 200°C dan yuqori haroratda yonib ketadi.
- Litiy kislotalarning suyultirilgan eritmalarida yaxshi, konsentrlangan sulfat kislotada esa sekin eriydi; konsentrlangan nitrat kislota ta'sirida shiddat bilan oksidlanadi, hatto suyuqlanib yonib ketishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |