– jadval O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ining umumiy holati
Ko‘rsatkichlar
|
2000 y.
|
2005 y.
|
2010 y.
|
2015 y.
|
2016 y.
|
2016 yilning 2000 yilga nisbatan o‘zgarishi (-,+)
|
Qurilish ishlari, mlrd. so‘m
|
388,4
|
1453,1
|
8246,0
|
25329,1
|
29265,8
|
28877,4
|
Korxona soni, ming birlik
|
14,1
|
16,1
|
21,7
|
23,3
|
23,8
|
9,7
|
Bandlar soni ming birlik
|
676
|
849
|
1 065
|
1227,5
|
1263,6
|
587,6
|
Kiritilgan investitsiya, mlrd. so‘m
|
3,6
|
27,3
|
219,7
|
1057,1
|
1132
|
|
Tarmoq foyda va zarari, mlrd. so‘m
|
16,0
|
43,6
|
83,5
|
138,2
|
141,6
|
125,6
|
Jadval ma’lumotlari asosida qurilish tarmog‘ida bajarilgan ishlar va uning natijalari bo‘yicha tahlil qilsak, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki 2000 yilda bajarilgan qurilish ishlari 388,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, u 14,1 ming korxonada faoliyat ko‘rsatgan 676 ming nafar ishchi bilan amalga oshirgan bo‘lib, buning natijasida tarmoq 16 mlrd. foyda olgan. 2016 yilda tarmoqda bajarilgan ishlar 2000 yilga nisbatan 28877,4 mlrd. so‘mga, tarmoqda band bo‘lgan aholi soni 587,6 ming birlikka oshib, bu davrda tarmoqdagi foyda dastlabki ma’lumotlarga 125,6 mlrd. so‘mga yetganligini ko‘rish mumkin. Agar 9.1 – jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2000-2016 yillar statistik ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi belgilashlar bo‘yicha qurilish ishlari bajarilgan:
𝑌 = −100,3+0,18∗𝑋1 +0,34∗𝑋2 −0,1∗𝑋3
Bu yerda;
Y – qurilish ishlari
𝑋1 – kiritilgan investitsiya;
𝑋2 – bandlar soni;
𝑋3 – korxona soni.
Aniqlangan regressiya tenglamasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tarmoqqa kiritilayotgan investitsiya hajmi va bandlar sonini bir-birlikka oshirish hisobidan qurilish tarmog‘ida bajarilgan ishlar hajmini mos ravishda 0,2 va 0,34 birlikka qo‘shimcha oshirish mumkin. Korxonalar sonini hozirgi sharoitda ko‘paytirish tavsiya qilinmaydi chunki, ular sonini bir foiz oshirish tarmoqda bajarilgan ishlar hajmini 0,1 foiz kamayishiga olib kelishi aniqlandi. Bu borada hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va qabul qilingan farmon hamda dasturlarda:
qishloq joylarida sanoat ishlab chiqarish va qurilishini jadal rivojlantirish hamda lokalizatsiyalashtirish;
qishloq hayotini tubdan yuksaltirish, aholi punktlarini me’moriy jihatdan loyihalashtirish;
qishloq uylari va ijtimoiy inshootlarini namunaviy loyihalash, qishloq obektlarini barpo etish;
zamonaviy uylar qurish, qishloq vrachlik punktlari, sport inshootlari, maktablar bo‘limini rivojlantirish, qurish, qishloq infratuzilmasini barpo etish kabi vazifalar belgilanganligi va ularni izchillik bilan amalga oshirilganligi bilan izohlash o‘rinli.
2019 yilning yanvar-martida 11179,7 mlrd. so‘m yoki 2018 yilning yanvar- martiga nisbatan 105,9 foiz qurilish ishlari bajarildi. Qurilish ishlari bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari quyidagi hududlarda kuzatildi: Navoiy viloyatida – 142,7 foiz va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 30,7 foiz punktga ko‘paydi, Buxoro viloyatida 131,3 foiz (54,7 foiz punkt), Surxondaryo viloyatida 125,5 foiz (33,3 foiz punkt) va Farg‘ona viloyatida 121,6 foiz (9,8 foiz punkt) ko‘paydi. Iqtisodiyotning nodavlat sektoridagi qurilish ishlari hajmi 2018 yilning yanvar-martiga nisbatan 1,6 foiz punktga kamaydi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami qurilish ishlari
nodavlat sektorining ulushi 94,8 foizni tashkil etdi, jumladan, Surxondaryo viloyatida
98,3 foiz darajaga yetdi, Namangan viloyatida– 95,0 foiz, Toshkent viloyatida – 97,8 foiz, Farg‘ona viloyatida– 97,4 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 97,2 foiz va Jizzax viloyatida – 96,7 foizni tashkil etdi. (9.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |